Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari hepa-l 5 g/10 ml 10 ml № 5 infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat.
faol modda: L-ornitin L-aspartat - 5 g;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 10 ml gacha.
Qo'llanilishi
O‘tkir va surunkali jigar kasalliklari, gipermonniemiya bilan kechadigan. Jigar ensefalopatiyasi, shu jumladan, ong buzilishlari (prekom va koma bosqichida) kompleks terapiyasida.
Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga korreksion qo‘shimcha sifatida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
L-ornitin-L-aspartat yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Kreatinin ko‘rsatkichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi. Laktatsiya davri.
Qo'llash usuli
Vena ichiga kuniga 40 ml gacha (4 ampula) yuboriladi, ampulalarning tarkibi 500 ml infuzion eritmada eritiladi. Jigar ensefalopatiyasida holat og‘irligiga qarab kuniga 80 ml gacha (8 ampula) yuboriladi. Infuziya davomiyligi, tez-tezligi va davolash muddati individual belgilanadi, vena ichiga yuborishning maksimal tezligi soatiga 5 g. 500 ml infuzion eritmada 60 ml (6 ampula) dan ortiq eritmang! Arteriya ichiga yubormang!
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda - allergik reaksiyalar, ayrim hollarda ko‘ngil aynishi va qusish, qorin og‘rig‘i, meteorizm, diareya mumkin. Ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar odatda o‘tkinchi bo‘lib, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Ular yuzaga kelganda preparat dozasini va yuborish tezligini optimallashtirish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
Detoksikatsion ta'sirga ega. Plazmadagi oshgan ammoniy darajasini, xususan, jigar kasalliklarida kamaytiradi. Preparatning ta'siri uning ornitin sikli orqali Krebbsning siydikchiq hosil bo'lishida (ammoniydan siydikchiq hosil bo'lishi) ishtirok etishi bilan bog'liq. Insulin va somatotrop gormon ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi. Parenteral oziqlanish talab qiladigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi. Astenik, dispeptik va og'riq sindromlarini kamaytirishga, shuningdek, ortiqcha tana vaznini normallashtirishga yordam beradi (steatoz va steatogepatitda).
Maxsus ko'rsatmalar
Potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi, yuqori e'tibor va tez psixomotor reaksiyalar talab qilinadigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatning yuqori dozalari qo'llanilganda, zardob va siydikdagi siydikchiq darajasini nazorat qilish zarur. Agar jigar funksiyasi sezilarli darajada buzilgan bo'lsa, kiritish tezligini bemorning individual holatini hisobga olgan holda to'g'rilash kerak, ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun.
Bolalarda qo'llanilishi
Bolalarda preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Homiladorlik va emizish davrida
Preparatning homilaga ta'siri bo'yicha yetarli ma'lumotlar mavjud emasligi sababli, uni faqat shifokor qat'iy nazorati ostida qo'llash mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!