Nojo´ya ta´sirlar
Hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, "jigar" transaminazalarining faolligi oshishi, giperbilirubinemiya. Qon hosil qilish organlari tomonidan: anemiya, leykopeiya, granulositopeniya, trombotsitopeniya. Asab tizimi tomonidan: mushaklarning qisilishi, paresteziya, uvishish hissi, epileptik tutqanoq, bosh og'rig'i, uyquchanlik, bolalarda – psixoz, nerv-mushak o'tkazuvchanligi blokadasi. Siydik ajratish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik - buyrak funksiyasi buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya), kam hollarda - buyrak tubulyar nekrozi. Sezgi organlari tomonidan: ototoksiklik - quloqda shovqin, eshitishning pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlari, qaytmas karsoqlik. Nafas olish organlari tomonidan: nafas olishning susayishi. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, isitma, angionevrotik shish, eozinofiliya. Bolalarda laborator ko'rsatkichlar: gipokaltsemiya, gipokalemiya, gipomagniemiya. Boshqalar: isitma, superinfeksiya rivojlanishi, preparat yuborilgan joyda og'riqlilik, i/v yuborishda periflebity va flebitlar rivojlanishi.