Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan anti-anemik preparat, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Temir sulfat - gemoglobin sintezi uchun zarur bo‘lgan mikroelement bo‘lgan temir tuzi.
Temir gemoglobin, mioglobin va bir qator fermentlar tarkibiga kiradi. Temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanilganda, organizmda uning yetishmovchiligi tezda to‘ldiriladi, bu esa anemiya klinik (zaiflik, charchoq, bosh aylanishi, taxikardiya, terining og‘rishi va qurishi) va laborator simptomlarining asta-sekin orqaga qaytishiga olib keladi.
Folat kislotasi megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlarning hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni stimulyatsiya qiladi, aminokislotalar, nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvda ishtirok etadi. Homiladorlikda organizmni teratogen omillar ta’siridan himoya qiladi.
Mukoproteoza, hayvonlarning ichak shilliq qavatidan olingan va ma’lum miqdorda aminoshakarlar va organik bog‘langan sulfatga ega bo‘lgan tabiiy yuqori molekulyar fraksiya bo‘lib, preparatning me’da-ichak yo‘llari tomonidan yaxshi ko‘tarilishini va temir ionlarining biokiraolishligini oshiradi. Askorbin kislotasi temirning so‘rilishini yaxshilashga yordam beradi. Tabletkalarning maxsus neytral qobig‘i faol komponentlarning asosan ingichka ichakning yuqori bo‘limidan so‘rilishini ta’minlaydi. Me’da shilliq qavatiga mahalliy ta’sir qilmaydigan xususiyati preparatning me’da-ichak yo‘llari tomonidan yaxshi ko‘tarilishini ta’minlaydi.