Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Hexosept-Rn 16 mg № 10 vaginal shamlar
Hexosept-Rn 16 mg № 10 vaginal shamlar
Ishlab chiqaruvchi: Рубикон, ООО
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    14 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari hexosept-rn 16 mg № 10 vaginal shamlar
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Vaginal shamchalar
  • Dozalash
    16 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Torpeda shaklidagi, oq yoki sarg‘ish-oq rangli suppozitoriyalar. Rangning bir xil bo‘lmasligi marmar ko‘rinishida va voronkaga o‘xshash chuqurlik bo‘lishi mumkin. Uzunasiga kesilganda havo tayoqchasi bo‘lishi mumkin.
  • Tarkibi
    Xlorgeksidin diglyukonat 16 mg xlorgeksidin diglyukonatning 20 % li eritmasi ko‘rinishida; Makrogol 1000 - 3,10 g gacha.
  • Qo'llanilishi
    Akusherlik va ginekologiyada infeksion-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish: tug‘ruq va abortdan oldin, bachadon ichki tekshiruvlaridan oldin, ginekologik kasalliklarni operativ davolashdan oldin, bachadon ichiga spiral o‘rnatishdan oldin va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyatsiya qilishdan oldin va keyin. Venerik kasalliklarni (gonoreya, sifilis, trixomoniaz, xlamidioz, ureaplazmoz) oldini olish. Vaginitlarni (jumladan, noaniq, aralash, trixomonadli), surunkali ekzo- va endoservitsitlarni davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Dori vositasining komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Preparat intravaginal qo'llaniladi. Suppozitoriyani qobig'idan chiqarib, chuqurroq qin ichiga kiritish kerak. Davolash uchun 1 dona suppozitoriyadan kuniga 2 marta 7-10 kun davomida buyuriladi. Zaruriyat tug'ilganda kurs 20 kungacha uzaytirilishi mumkin. Jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalarni oldini olish uchun: himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kechiktirmay 1 dona suppozitoriy qo'llaniladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Kam hollarda allergik reaksiyalar, qichishish mumkin, ular preparatni bekor qilgandan so‘ng o‘tib ketadi. Ushbu yoki boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    14 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshida dori vositasi qo‘llanilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Dori vositasi anion guruhini o‘z ichiga olgan detarjenlar (saponinlar, natriy laurilsulfat, natriy karboksimetilsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular intravaginal qo‘llansa, mos kelmaydi. Kation guruhini o‘z ichiga olgan dori vositalari (tsetrimoniy bromid, benzalkoniy xlorid) bilan mos keladi.
  • Saqlash shartlari
    Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, +8 °S dan +15 °S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan. Agar siz tasodifan tavsiya etilgan dozani oshirib yuborgan bo'lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Суппозитории Гексосепт-Рн работают чудесно, спасибо магазину Oxymed за быструю доставку.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, помогает быстро и эффективно. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico