Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Galavit 50 mg № 5 shamlar
Galavit 50 mg № 5 shamlar
Ishlab chiqaruvchi: ЦСМ
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari galavit 50 mg № 5 shamlar
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Shamlar
  • Dozalash
    50 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda - aminodigidroftalazindion natriy (Galavit) 50 mg, yordamchi moddalari – vitepsol W-35 (yog‘ kislotalari glitseridlari) - 575 mg, vitepsol H-15 (yog‘ kislotalari glitseridlari) - 575 mg.
  • Qo'llanilishi
    Immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida immunodefitsit holatlarini kompleks davolashda kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarda: - infeksion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiy va trixomonad etiologiyali uretrit, xlamidiy prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit); - yiringli-yallig‘lanishli kichik chanoq a’zolari kasalliklari; - gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar; - papilloma virusi chaqirgan kasalliklar; - bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi; - reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi asoratlar; - operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularning oldini olish (shu jumladan, onkologik bemorlarda); - surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, roja; - gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarning nonspecific profilaktikasi va davolash; - og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati yallig‘lanish kasalliklari, parodont kasalliklari; - virusli gepatitlar; - intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi infeksion ichak kasalliklari; - me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi; - astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ish qobiliyatining pasayishi (shu jumladan, sportchilarda); alkogol va narkotikga qaramlikda psixik, xulq-atvor va postabstinent buzilishlar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Galavit va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Rektal tarzda. Suppozitoriy konturli qadoqdan chiqariladi va so‘ng to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Avval ichakni bo‘shatib olish tavsiya etiladi. Preparatni qo‘llash doza va davomiyligi kasallikning xususiyati, og‘irligi va davomiyligiga bog‘liq. - Urogenital kasalliklarda - xlamidiy va trixomonad etiologiyali uretritda, xlamidiy prostatitda: 1 kun davomida 1 suppozitoriydan ikki marta, so‘ng bir kundan keyin bittadan. Kurs 10-15 suppozitoriy (patologik jarayon og‘irligiga qarab). - Salpingooforit, endometritning o‘tkir davrida: 2 kun davomida 2 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng 72 soatlik interval bilan bittadan. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng har 72 soatda bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy. - O‘tkir va surunkali yiringli kichik tos a’zolari kasalliklarida - o‘tkir davrda: 1 kun 2 suppozitoriy bir marta, 3 kun davomida har kuni bittadan, so‘ng 5 kun davomida bir kundan keyin bittadan. Kurs - 10 suppozitoriy. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng har 72 soatda bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy. - Surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda, gerpes virusi sababli: 1 suppozitoriydan har kuni 5 suppozitoriy, so‘ng bir kundan keyin bittadan - 15 suppozitoriy. - Papilloma virusi sababli kasalliklarda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng bir kundan keyin bittadan. Kurs – 20 suppozitoriy. - Bachadon miomasi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiya va reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi asoratlarda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng bir kundan keyin bittadan. Kurs - 15 suppozitoriy. - Jarrohlik asoratlarini oldini olish va davolash uchun operatsiyadan oldin va keyin (shu jumladan, onkologik bemorlarda): 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga - operatsiyadan oldin 5 suppozitoriy, operatsiyadan keyin bir kundan keyin 5 suppozitoriy va 72 soatlik interval bilan 5 suppozitoriy. Kasallik og‘ir kechsa, boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta yoki 2 marta kuniga bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy. - Surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, roje: 5 kun davomida bittadan 1 marta kuniga, so‘ng bir kundan keyin bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy. - Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarni nonspefik profilaktikasi va davolash uchun: bittadan 1 marta kuniga. Kurs 5 kun. - Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati yallig‘lanish kasalliklarida, parodont kasalliklarida: boshlang‘ich doza 1 suppozitoriydan har kuni - 5 suppozitoriy, so‘ng 72 soatlik interval bilan bittadan. Kurs 15 suppozitoriy. - Virusli gepatitlarda: boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta, so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari bartaraf bo‘lguncha. Keyingi kurs davomida 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 20-25 suppozitoriy. - O‘tkir infeksion ichak kasalliklarida, diareya sindromi bilan kechuvchi: boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta, so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari bartaraf bo‘lguncha. Keyingi kurs davomida 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 20-25 suppozitoriy. - O‘tkir davrda me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligida: 2 kun davomida 2 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng 72 soatlik interval bilan 1 suppozitoriydan. Kurs 15-25 suppozitoriy. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan 1 marta kuniga, so‘ng 72 soatda bittadan. Kurs 20 suppozitoriy. - Astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlarda, psixik, xulq-atvor va postabstinent buzilishlarda, alkogol va narkotikga qaram bemorlarda: 5 kun davomida bittadan har kuni, so‘ng 72 soatda bittadan. Kurs 15-20 suppozitoriy. - Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun: 1 suppozitoriydan bir kundan keyin – 5 suppozitoriy, so‘ng 72 soatda bittadan, kurs - 20 suppozitoriygacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyalar mumkin. Agar sizda ko'rsatmalarda keltirilgan nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchayib ketsa, yoki siz ko'rsatmalarda keltirilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, buni shifokorga xabar qiling.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Preparatning ta’sir mexanizmi makrofaglarning funksional-metabolik faolligiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati bilan bog‘liq. Yallig‘lanish kasalliklarida preparat 6-8 soat davomida o‘tkir yallig‘lanish reaksiyalarining darajasini, ularning tsiklikligini va intoksikatsiya og‘irligini belgilovchi giperaktivlangan makrofaglar tomonidan o‘ta ko‘p ishlab chiqariladigan o‘sma nekrozi omili, interleykin-1 va boshqa proyallig‘lanish sitokinlari, kislorodning faol shakllarining sintezini qaytar tarzda ingibitsiya qiladi. Makrofaglarning funksional holatini normallashtirish makrofaglarning antigen taqdim etuvchi va regulyator funksiyasini tiklanishiga, autoagressiya darajasining pasayishiga olib keladi. Neytrofilli granulositlarning bakteritsid faolligini stimulyatsiya qiladi, fagotsitozni kuchaytiradi va organizmning infeksion kasalliklarga nisbatan noxos o‘ziga xos bo‘lmagan rezistentligini oshiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Ko‘rsatilgan doza va davolash kursi davomiyligini davolovchi shifokor bilan maslahatlashmasdan oshirmaslik kerak. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Galavitâ rektal supozitoriylari 50 mg preparatini qo‘llash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa ish turlariga ta’sir qilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Bir vaqtda qo‘llanilganda antibiotiklarning kursli dozalari kamayishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Dozalashdan ortiqcha ma’lumotlar mavjud emas.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Я довольна покупкой. Эффективное лекарство, результат заметен после нескольких применений. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Суппозитории Галавит помогли справиться с проблемами пищеварения.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico