-
Tarkibi
Faol modda: aminodigidroftalazindion natriy - 50 mg va 100 mg.
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 50 mg va 100 mg, 1 gidrolitik sinfli shisha flakonlarga, havo o'tkazmaydigan qilib rezina tiqinlar bilan yopilgan va alyuminiy qopqoqlar bilan mahkamlangan. 5 ta flakon preparat va qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
-
Qo'llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarda immunodefitsit holatlarda kompleks davolash tarkibida immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida:
- infeksion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiy va trixomonad etiologiyali uretrit, xlamidiy prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit);
- tos a’zolarining yiringli-yallig‘lanishli kasalliklari;
- gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
- papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;
- bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;
- reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi asoratlar;
- operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularning oldini olish (shu jumladan, onkologik bemorlarda);
- surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, ro‘ja;
- gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarni nonspefik profilaktikasi va davolash.
- og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishli kasalliklari,
parodont kasalliklari;
- virusli gepatitlar;
- intoksikatsiya va/yoki diareya bilan kechuvchi infeksion ichak kasalliklari;
- me’da va 12 barmoqli ichakning yara kasalligi;
- astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ish qobiliyatining pasayishi (shu jumladan, sportchilarda); alkogol va narkotikga qaramlikda psixik, xulq-atvor va postabstinent buzilishlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Galavit va preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Rektal tarzda. Suppozitoriy konturli o‘ramdan chiqariladi va to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Avval ichakni bo‘shatish tavsiya etiladi.
Preparatni qo‘llash doza va davomiyligi kasallikning xususiyati, og‘irligi va davomiyligiga bog‘liq.
- Urogenital kasalliklarda - xlamidiy va trixomonad etiologiyali uretritda, xlamidiy prostatitda: 1 kun davomida 1 suppozitoriydan ikki marta, so‘ngra bir kundan keyin bittadan. Kurs 10-15 suppozitoriy (patologik jarayon og‘irligiga qarab).
- Salpingooforit, endometritning o‘tkir davrida: 2 kun davomida 2 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan 72 soatlik interval bilan. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan har 72 soatda. Kurs - 20 suppozitoriy.
- Kichik chanoq a’zolarining o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarida - o‘tkir davrda: 1 kun 2 suppozitoriy bir marta, 3 kun davomida bittadan har kuni, so‘ngra bittadan bir kundan keyin 5 kun. Kurs - 10 suppozitoriy. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan har 72 soatda. Kurs - 20 suppozitoriy.
- Surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda, gerpes virusi sababli: 1 suppozitoriydan har kuni 5 suppozitoriy, so‘ngra bir kundan keyin bittadan - 15 suppozitoriy.
- Papilloma virusi sababli kasalliklarda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bir kundan keyin bittadan. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Bachadon miomasi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiya va reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi asoratlarda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bir kundan keyin bittadan. Kurs - 15 suppozitoriy.
- Jarrohlik asoratlarini oldini olish va davolash uchun operatsiyadan oldin va keyin (shu jumladan, onkologik bemorlarda): 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta - operatsiyadan oldin 5 suppozitoriy, operatsiyadan keyin 5 suppozitoriy bir kundan keyin va 5 suppozitoriy - 72 soatlik interval bilan. Kasallik og‘ir kechsa, boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta yoki 2 marta kuniga bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy.
- Surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, roje kasalligida: 5 kun davomida bittadan kuniga 1 marta, so‘ngra bir kundan keyin bittadan. Kurs - 20 suppozitoriy.
- Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalarni nonspefik profilaktika va davolash uchun: bittadan kuniga 1 marta. Kurs 5 kun.
- Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati yallig‘lanish kasalliklarida, parodont kasalliklarida: boshlang‘ich doza 1 suppozitoriydan har kuni - 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan 72 soatlik interval bilan. Kurs 15 suppozitoriy.
- Virusli gepatitlarda: boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta, so‘ngra bittadan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari bartaraf bo‘lguncha. Keyingi kurs davomida 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 20-25 suppozitoriy.
- O‘tkir infeksion ichak kasalliklarida, diareya sindromi bilan kechadigan: boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta, so‘ngra 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari bartaraf bo‘lguncha. Keyingi kurs davomida 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 20-25 suppozitoriy.
- Oshqozon va 12 barmoqli ichakning yara kasalligida o‘tkir davrda: 2 kun davomida 2 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 15-25 suppozitoriy. Surunkali davrda: 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan 72 soatda. Kurs 20 suppozitoriy.
- Astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlarda, psixik, xulq-atvor va postabstinent buzilishlarda, alkogol va narkotikga qaram bemorlarda: 5 kun davomida bittadan har kuni, so‘ngra 72 soatda bittadan. Kurs 15-20 suppozitoriy.
- Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun: 1 suppozitoriydan bir kundan keyin – 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan 72 soatda, kurs - 20 suppozitoriygacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar mumkin. Agar sizda ko'rsatmalarda keltirilgan nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchayib ketsa, yoki siz ko'rsatmalarda keltirilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, buni shifokorga xabar qiling.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir mexanizmi uning tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralarining (monotsitlar, makrofaglar, neyrofillar, tabiiy killerlar va boshqalar) funksional-metabolik faolligini tartibga solish qobiliyati bilan bog‘liq. Galavit preparati monotsitlar/makrofaglarning fagotsitar faolligini, neyrofillarning bakteritsid faolligini va NK-hujayralarning sitotoksik faolligini normallashtiradi. Shu bilan birga, tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralarining pasaygan faolligini tiklab, preparat organizmning infeksion kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Bundan tashqari, Galavit preparati antitelolar hosil bo‘lishini normallashtiradi, endogen interferonlar (IFN-α, IFN-γ) ishlab chiqarilishini bilvosita rag‘batlantiradi, antitelolarning funksional faolligini (affinitetini) oshiradi.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat giperaqtivlashgan makrofaglar tomonidan o‘sma nekrozi omili-α, interleykin-1, interleykin-6 va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning ortiqcha sintezini 6-8 soatga qaytariladigan tarzda ingibitsiya qiladi, ularning darajasi yallig‘lanish reaksiyalari darajasini, ularning tsiklikligini, shuningdek, organizm intoksikatsiyasi og‘irligini belgilaydi.
Galavit preparati giperaqtivlashgan makrofaglar tomonidan faol kislorod shakllarining ishlab chiqarilishini kamaytiradi, shu bilan oksidant stress darajasini pasaytiradi va to‘qimalar hamda organlarni radikallarning vayron qiluvchi ta’siridan himoya qiladi.
Fagotsitar hujayralarning ortiqcha oshgan funksional faolligini normallashtirish ularning antigen taqdim etuvchi va tartibga soluvchi funksiyasini tiklanishiga, autoagressiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Preparat allergizatsiyalovchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va karsinogen ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ko‘rsatilgan dozalardan va davolash kursi davomiyligidan shifokor bilan maslahatlashmasdan oshmaslik kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Galavit® rektal supozitoriylari 50 mg preparatini qo‘llash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa ish turlariga ta’sir qilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo'llanganda antibiotiklarning kurs dozalarini kamaytirish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.