Qo'llash usuli
O‘tkir miokard infarktida:
birinchi sutkada preparat 2-4 g (200–400) mL/vena ichiga tez yuboriladi, so‘ngra 8-16 g (400–800 ml) tomchilab infuziya qilinadi 2 soat davomida. Ikkinchi sutkada - 2-4 g (100 – 200 ml) vena ichiga tomchilab kuniga 2 marta yuboriladi. Zarur bo‘lsa, davolash kursi 2 g (100 ml) kuniga 2 marta 6 kun davomida davom ettiriladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida:
preparat vena ichiga tomchilab 1-2 g (100 – 200 ml) kuniga 2 marta 10-14 kun davomida yuboriladi.
Intraoperatsion miokard ishemiyasida:
preparat odatdagi infuzion eritma tarkibida 3 g (150 ml) 1 litrga qo‘shiladi. Foscardin eritma tarkibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishdan oldin qo‘shiladi. Preparat infuziyasi kursini 2 g (100 ml) kuniga 2 marta 3-5 kun davomida, jarrohlik aralashuvdan oldin va 1-2 kun operatsiyadan keyin o‘tkazish tavsiya etiladi.
Intraoperatsion oyoq-qo‘l ishemiyasi rivojlanish ehtimolida:
operatsiyadan oldin vena ichiga tez 2-4 g (100–200 ml) preparat yuborish, so‘ngra operatsiya va reperfuziya davrida 8-10 g (400–500 ml) infuziya qilish tavsiya etiladi.