Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
12 yoshdan
Ruxsat
Ehtiyotkorlik bilan
portal gipertenziya, arterial gipertenziyali bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga og‘iz orqali bir martalik dozada kuniga 3 marta buyuriladi.
Qo‘llash davomiyligi 6 oygacha, o‘rtacha 3 oy bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, burun nafas olishning qiyinlashishi, kon'yunktivit, yo'tal.
Yurak-qon tomir tizimidan: tranzitor (o'tkinchi) qon bosimining oshishi, periferik shishlar.
Ovqat hazm qilish tizimidan: dispepsiya (qayt qilish, ko'ngil aynishi, qorin shishishi), qorin og'rig'i.
Kombinatsiyalangan dori vositasi.
Membranostabilizatsion, gepatoprotektor va antivirus ta'sirga ega.
Fosfatidilxolin (fosfolipidlarning faol moddasidir) hujayra va ichki hujayra membranalarining asosiy strukturaviy elementi bo‘lib, ularning tuzilmasi va funksiyalarini shikastlanishda tiklashga qodir, tsitoprotektor ta'sir ko‘rsatadi. Oqsil va lipid almashinuvini normallashtiradi, gepatotsitlar tomonidan fermentlar va boshqa faol moddalarning yo‘qolishini oldini oladi, jigarni detoksikatsiya funksiyasini tiklaydi, biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishini ingibitsiya qiladi, jigar fibroz va sirrozi rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Glitsirat (glitsirrizinat kislota va tuzlari) yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, interferonlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, fagotsitozni kuchaytirish, tabiiy killer hujayralar faolligini oshirish hisobiga jigar va boshqa organlarda viruslar ko‘payishini bostiradi. Antioksidant va membranostabilizatsion faolligi tufayli gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi. Endogen glyukokortikosteroidlar ta'sirini potentsiyalaydi, jigar infeksion bo‘lmagan shikastlanishlarida yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Teri shikastlanishlarida komponentlarning membranostabilizatsion va yallig‘lanishga qarshi ta'siri hisobiga jarayonning tarqalishini cheklaydi va kasallikning regressiga yordam beradi.