-
Tarkibi
1 vaginal sham quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol moddalar: metronidazol mikronizatsiyalangan - 300 mg, mikonazol nitrat mikronizatsiyalangan - 100 mg, neomitsin sulfat - 48,80 mg, polimiksin sulfat - 4,40 mg, Sentella aziatika - 15 mg.
yordamchi modda: vitepsol S 58 D.k.
-
Qo'llanilishi
vulvitlar;
vaginitlar;
vulvovaginitlar;
servikovaginitlar;
kandidozlar;
leykoreya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparatning har qanday komponentiga yoki kimyoviy tarkibi o‘xshash moddalarga yuqori sezuvchanlik;
homiladorlikning birinchi trimestri va laktatsiya davri;
gematologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga;
markaziy asab tizimining o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga;
markaziy asab tizimining organik kasalliklari, epilepsiya.
-
Qo'llash usuli
Kuniga 1 dona sham, uxlashdan oldin.
Sham chuqurroq qin ichiga, yotgan holatda, kechki gigiyenik muolajadan so‘ng qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 5-10 kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya ta’sirlar juda kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Ba’zan quyidagilar mumkin: kuydiruvchi his, mahalliy tirnash xususiyati, qin qichishi, allergik reaksiyalar.
Preparatning mahalliy qo‘llanilishida tizimli so‘rilishi past bo‘lishiga qaramay, tizimli ta’sir istisno qilinmaydi, belgilangan dozalarga qat’iy rioya qilish zarur.
Har qanday noxush ta’sir paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamiка
Fortejin ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat.
Faol komponentlari tufayli antimikrob, antiprototozoy, zamburug‘larga qarshi, regenerativ ta’sir ko‘rsatadi.
Metronidazol 5-nitroimidazol hosilasi bo‘lib, antiprototozoy va antimikrob ta’sirga ega.
Ta’sir mexanizmi biokimyoviy: metronidazolning 5-nitro guruhi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan qaytarilishi bilan bog‘liq. Qaytarilgan metronidazolning 5-nitro guruhi mikroorganizmlarning DNKsiga ta’sir qilib, uning sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning o‘limiga olib keladi.
Quyidagilarga nisbatan faol: Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, shuningdek, obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., ayrim gram-musbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus spp.).
Mikonazol nitrat imidazol va triazol hosilasi bo‘lib, zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: hujayra membranasining ergosterol sintezini ingibitsiya qiladi.
Dermatofitlar, xamirturush va ayrim boshqa zamburug‘larga nisbatan faol.
Gram-musbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollik ko‘rsatadi. Vaginal mikroflora tarkibi va pH ni o‘zgartirmaydi. Neomitsin sulfat aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik.
Gram-musbat (Staphylococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va gram-manfiy (Escherichia coli, Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp., Proteus spp.) mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Neomitsinning bakteritsid ta’sir mexanizmi ribosomalar va bakterial hujayra oqsili sintezini bostirish bilan bog‘liq.
Streptococcus spp.ga nisbatan kam faol.
Mikroorganizmlarning neomitsinga chidamliligi sekin va kam darajada rivojlanadi.
Polimiksin sulfat Bacillus polymyxa sporali bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladigan antibiotik.
Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi, bu mikroblar hujayra membranasining yaxlitligini buzish bilan bog‘liq.
Membrana fosfolipidlariga adsorbsiyalanadi, uning o‘tkazuvchanligini oshiradi, bakteriyalarning lizisiga olib keladi.
Gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Pseudomonas aeruginosa, Salmonella spp., Shigella spp., Escherichia coli, Klebsiella spp., Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Enterobacter. Fusobakteriyalar va bakteroidlar (Bacteroides fragilis) o‘rtacha sezgir. Kokkusli aerob (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis) va anaerob mikroorganizmlarga, Proteus spp.ning ko‘pchilik shtammlariga, Mycobacterium tuberculosis, Corynebacterium diphtheriae va zamburug‘larga ta’sir qilmaydi.
Centella asiatica yarani bitiruvchi ta’sirga ega, granulyatsiya jarayonini va kollagen hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, epitelizatsiyaga yordam beradi.
Farmakokinetika
Tizimli so‘rilish pastligi sababli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Fortejin jigar funksiyasining yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Fortejin ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor nazorati ostida qo‘llanilishi kerak.
Jinsiy aloqadan oldin ishlatilmaydi. Preparatni qo‘llash urug‘lanishda qiyinchilikka olib kelishi mumkin.
Fortejin hayz ko‘rish tugaganidan keyin buyurilishi tavsiya etiladi. Agar davolash vaqtida hayz ko‘rish boshlangan bo‘lsa, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi, gigiyenik prokladkalar, tamponlar emas, ishlatilishi kerak.
Fortejin qo‘llanilishi venerik kasalliklarning rivojlanishini oldini olmaydi.
Suppozitoriy tarkibiga kiruvchi ingredientlar lateks prezervativlar va qin diafragmasiga zarar yetkazishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
II va III trimestrlarda faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Bolalar
Mazkur yosh guruhida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat terapevtik dozalarda qo‘llanilganda dozani oshirib yuborish xavfi yo‘q.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Ishlatmang ishqoriy eritmalar bilan chayishda. Bir vaqtda buyurilmaydi
Og'iz orqali qabul qilinadigan antikoagulyantlar (varfarin, dikumarin) bilan, ular protrombin vaqtini va qon ketishini oshiradi. Davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish qusish, terlash, gipotoniyani (antabus-effekt) chaqirishi mumkin.