Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Fordpim-T, 1,125 g, №1 shisha
Fordpim-T, 1,125 g, №1 shisha
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari fordpim-t, 1,125 g, №1 shisha
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Shisha(idish)
  • Dozalash
    1,125 g
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    1 shisha
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 flakonda quyidagilar mavjud:

    faol modda: tsefeshsha gidroxlorid monogidrat tsefepim hisobida - 1,0 g.

    tazobaktam natriy (tazobaktamga ekvivalent) - 125 mg.

  • Qo'llanilishi

    Tsepfepim-tazobaktamga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: pnevmoniya (o‘rtacha og‘ir va og‘ir), Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, hamroh bakteriemiya bilan bog‘liq holatlar), Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae yoki Enterobacter spp. tomonidan chaqirilgan;

    Febril neyitropeniya (empirik terapiya);

    Murakkab va murakkab bo‘lmagan siydik yo‘llari infeksiyalari (pyelonefritni o‘z ichiga olgan holda), Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis tomonidan chaqirilgan;

    Murakkab bo‘lmagan teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, Staphylococcus aureus (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan;

    Murakkab intraabdominal infeksiyalar (metronidazol bilan kombinatsiyada), Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp. tomonidan chaqirilgan.

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

    Tsefpem+tazobaktamga, preparat komponentlariga, boshqa tsefalosporinlarga, penisillinlarga, boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, 2 oygacha bo‘lgan bolalar yoshi (vena ichiga yuborish uchun), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi (mushak ichiga yuborish uchun), laktatsiya davri.

  • Qo'llash usuli

    Vena ichiga infuzion tarzda (kamida 30 daqiqa davomida) yoki mushak ichiga (faqat Escherichia coli tomonidan chaqirilgan yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi asoratli yoki asoratsiz siydik yo‘llari infeksiyalarida) yuboriladi.

    Pneumoniya (o‘rtacha og‘ir va og‘ir), Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, hamroh bakteriemiya bilan bog‘liq holatlar), Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae yoki Enterobacter spp. tomonidan chaqirilgan: vena ichiga 1 - 2 g har 12 soatda 10 kun davomida.

    Febril neyropeniya (empirik terapiya): vena ichiga 2 g har 8 soatda 7 kun yoki neyropeniya bartaraf bo‘lguncha. Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis tomonidan chaqirilgan yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi asoratli yoki asoratsiz siydik yo‘llari infeksiyalari: vena ichiga yoki mushak ichiga (faqat Escherichia coli tomonidan chaqirilgan infeksiyalar uchun) 0,5-1 g har 12 soatda 7-10 kun davomida.

    Og‘ir asoratli yoki asoratsiz siydik yo‘llari infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit), Escherichia coli yoki Klebsiella pneumoniae tomonidan chaqirilgan: vena ichiga 2 g har 12 soatda 10 kun davomida.

    O‘rtacha og‘ir va og‘ir teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, Staphylococcus aureus (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan: vena ichiga 2 g har 12 soatda 10 kun davomida.

    Asoratli intraabdominal infeksiyalar (metronidazol bilan kombinatsiyada), Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp. tomonidan chaqirilgan: vena ichiga 2 g

    har 12 soatda 7-10 kun davomida.

    2 oydan 16 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 40 kg gacha bo‘lgan bolalarda barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya etilgan dozalash rejimi (febril neyropeniyadan tashqari) - har 12 soatda vena ichiga 50 mg/kg; febril neyropeniyada - har 8 soatda 50 mg/kg. Davolash davomiyligi kattalardagi kabi.

    Surunkali buyrak yetishmovchiligida doza infeksiya og‘irligi va kreatinin klirensi (KK) ga qarab belgilanadi: 60 ml/min dan yuqori - har 12 soatda 0,5-1-2 g yoki har 8 soatda 2 g, KK 30 - 60 ml/min - har 24 soatda 0,5-1-2 g yoki har 12 soatda 2 g, KK 11-29 ml/min - har 24 soatda 0,5-1-2 g, 11 ml/min dan kam - har 24 soatda 0,25-0,5-1 g; doimiy ambulator 11eritoneal dializ - har 48 soatda 0,5-1-2 g. Gemodializda bo‘lgan bemorlarga birinchi kuni 1 g, so‘ngra barcha infeksiyalar uchun har 24 soatda 0,5 g va febril neyropeniya davolashda har 24 soatda 1 g yuboriladi. Gemodializ kuni preparat gemodializ seansi tugagandan so‘ng yuboriladi; cefepim+gazobaktamni har kuni bir vaqtda yuborish maqsadga muvofiq. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas, biroq bolalar va kattalardagi farmakokinetika o‘xshashligini hisobga olib, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarda dozalash rejimi (dozani kamaytirish yoki yuborish oralig‘ini oshirish) kattalardagi dozalash rejimiga o‘xshash. Inyeksion eritmalar tayyorlash

    Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlashda preparat (1,0 g) 10 ml steril inyeksiya uchun suvda, 5 % dekstroza eritmasida yoki 0,9 % natriy xlorid eritmasida eritiladi. Vena ichiga infuziya uchun tayyorlangan eritma boshqa vena ichiga infuziya eritmalari (0,9 % natriy xlorid eritmasi, 5 % yoki 10 % dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi laktat va 5 % dekstroza eritmasi bilan; maksimal konsentratsiya 40 mg/ml) bilan birlashtiriladi va kamida 30 daqiqa davomida yuboriladi.

    Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlashda preparat (1,0 g) 2,4 ml steril inyeksiya uchun suvda, 0,9 % natriy xlorid eritmasida, parabenga yoki benzil spirti bo‘lgan bakteriostatik inyeksiya uchun suvda, 0,5 % yoki 1 % lidokain gidroxlorid eritmasida eritiladi.

  • Nojo´ya ta´sirlar

    Allergik reaksiyalar: teri toshmalari (shu jumladan eritematoz toshmalar), qichishish, isitma, anafilaktoid reaksiyalar, anafilaktik shok, soxta musbat Kumbs testi, eozinofiliya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

    Mahalliy reaksiyalar: tomir ichiga yuborilganda - flebitlar, mushak ichiga yuborilganda - yuborilgan joyda giperemiya va og‘riqlilik.

    Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, paresteziya, bezovtalik hissi, ongning chalkashishi, tutqanoq, ensefalopatiya.

    Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: vaginit.

    Siydik ajratish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi.

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, soxta membranoz kolit.

    Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, leyopeniya, neytropeniya, pansitopeniya, gemolitik anemiya, qon ketishlar, protrombin vaqti yoki qisman tromboplastin vaqtining oshishi.

    Nafas olish tizimi tomonidan: yo‘tal.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, nafas qisishi, periferik shishlar.

    Laborator ko‘rsatkichlar: gematokritning pasayishi, protrombin vaqtining oshishi, siydikda mochevina konsentratsiyasining oshishi, giperkreatininemiya, giperkaltsiemiya, "jigar" transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya.

    Boshqalar: tomoq og‘rig‘i, ko‘krak og‘rig‘i, ta'mning o‘zgarishi, ko‘p terlash, bel og‘rig‘i, asteniya, superinfeksiya rivojlanishi, orofaringeal kandidoz.

  • Farmakologik xususiyatlari

    Tsepfepim - IV avlod tsefalosporinlar guruhiga mansub antibakterial vosita. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini buzadi. Gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga, aminoglikozidlarga va/yoki III avlod tsefalosporin antibiotiklariga chidamli shtammlarga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega. Ko'pgina beta-laktamazalarning gidroliziga yuqori darajada chidamli va gram-manfiy bakterial hujayralarga tez kirib boradi. Bakterial hujayra ichida molekulyar nishon penitsillin bilan bog'lovchi oqsillardir.

    In vivo va in vitro gram-musbat aeroblarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi), Streptococcus viridans guruhi; gram-manfiy aeroblarga: Enterobacter spp., Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.

    In vitro faol (lekin klinik ahamiyati noma'lum) gram-musbat aeroblarga nisbatan: Staphylococcus epidermidis (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (B guruhi); gram-manfiy aeroblarga: Acinetobacter lwoffii, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini ham o'z ichiga oladi), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini ham o'z ichiga oladi), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.

    Enterococcus spp. ning ko'pchilik shtammlari, shu jumladan Enterococcus faecalis, metitsillinrezistent stafilokokklar, Stenotrophomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia nomi bilan ma'lum), Clostridium difficile tsefepimga sezgir emas.

    Tazobaktam - penitsillinat sul'fon, tuzilishi bo'yicha sul'baktamga o'xshash. Beta-laktamaza inhibitörü bo'lib, ushbu ferment ta'sirida parchalanadigan ko'plab preparatlar, masalan, penitsillinlar va tsefalosporinlar bilan sinergizm ko'rsatadi. Tazobaktam klavulan kislotasi inhibe qila oladigan barcha beta-laktamazalarni inhibe qiladi va bundan tashqari, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Serratia marcescens va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalarining induktsiyalangan fermentlariga nisbatan ma'lum faollikka ega. Tazobaktam boshqa beta-laktamazalarga nisbatan zaif ferment induktori hisoblanadi. Tsefpem va tazobaktam kombinatsiyasi

    Tazobaktam va tsefepim kombinatsiyasi tseftriaksonga sezgir barcha mikroorganizmlarga nisbatan faol. Bundan tashqari, kombinatsiya turli mikroorganizmlarga nisbatan alohida komponentlarga nisbatan sinergizm (minimal inhibe qiluvchi konsentratsiyalarni kamaytirish) ko'rsatadi. gryaltttrttttrtyatttr.ptdr; yazroblar: Acinetobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (ampitsillinrezistent va beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini o'z ichiga oladi), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlarini o'z ichiga oladi), Neisseria meningitides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

    Tsefpem shuningdek Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan ham faol. Yuqorida ko'rsatilgan mikroorganizmlarning ko'plab shtammlari, odatda boshqa antibiotiklarga, masalan, penitsillinlar, tsefalosporinlar va aminoglikozidlarga chidamli bo'lganlari, tsefepimga sezgir.

    penitsillinaza ishlab chiqaruvchi), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci

    Metitsillin rezistent stafilokokklar tsefalosporinlarga, shu jumladan tseftriaksonga ham chidamli.

    Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Clostridium turlari, Peptostreptococcus

    turlari.

    Ko'plab Clostridium difficile shtammlari chidamli.

    Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar: Citrobacter diversus, Citrobacter freundii,

    Providencia turlari (Providencia rettgeri ni o'z ichiga oladi). Salmonella turlari (Salmonella typhi ni o'z ichiga oladi). Shigella turlari.

    Aerob gram-musbat mikroorganizmlar: Streptococcus agalactiae, Prevotella (Bacteroides) bivius, Porphyromonas (Bacteroides) melanmogenicus.

    Listeria monocytogenes va penitsillinga chidamli S. pneumoniae ga nisbatan kam faol, ular shuningdek meningit chaqiradi.

  • Maxsus ko'rsatmalar

    Psevdomebranli kolit va uzoq davom etadigan diareya yuzaga kelganda qabul qilish to‘xtatiladi va vankomitsin (og‘iz orqali) yoki metronidazol buyuriladi.

    Penitsillinlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarda o‘zaro giperchuvsizlik mumkin.

    Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi birga bo‘lsa, preparatning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak (doza kreatinin klirensiga qarab tuzatiladi). Uzoq muddatli davolashda periferik qon, jigar va buyrak funksional holatini muntazam nazorat qilish zarur.

    Aralash aerob-anaerob infeksiyada qo‘zg‘atuvchilar aniqlanmaguncha anaeroblarga nisbatan faol bo‘lgan dori vositalari bilan kombinatsiya maqsadga muvofiq.

    Infeksiya o‘chog‘idan meningeal dissimenatsiya bo‘layotgan, meningitga gumon yoki meningit tashxisi tasdiqlangan bemorlarga ushbu holat uchun klinik samaradorligi tasdiqlangan antibiotik buyurish kerak.

    Kumbs testi va siydikda glyukoza uchun testda soxta musbat natijalar aniqlanishi mumkin.

    Ehtiyotkorlik bilan

    Me’da-ichak trakti kasalliklari (shu jumladan anamnezda), ayniqsa kolit, mintaqaviy enterit yoki antibiotik bilan bog‘liq kolit, og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi.

    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri

    Davolash davrida avtotransport boshqarish va yuqori diqqat hamda tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri

    Farmatsevtik jihatdan boshqa antimikrob dori vositalari va geparin bilan mos kelmaydi.

    Diuretiklar tsefpem va tazobaktamning naychali sekretsiyasini kamaytiradi va uning qon zardobidagi konsentratsiyasini oshiradi, yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, nefrotoksikligini kuchaytiradi (nefronekroz rivojlanish xavfi oshadi).

    Nesteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar tsefalosporinlarning chiqarilishini sekinlashtirib, qon ketish xavfini oshiradi. Metronidazol eritmasi bilan mos kelmaydi (jarrohlik aralashuvlarida infeksiyalar profilaktikasi uchun metronidazol eritmasi yuborilishidan oldin infuzion tizim tsefpem eritmasidan tozalanishi kerak).

    Aminoglikozidlarning nefro- va ototoksikligini oshiradi.

  • Saqlash shartlari

    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati

    Zgoda.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Belgilari (ko'proq surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda uchraydi): tutqanoq, ensefalopatiya, nerv-mushak qo'zg'alishi.

    Davolash: gemodializ va simptomatik terapiya.

Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruh
    ico ico ico ico ico
    Качественная упаковка, отличный продукт, заказала еще раз!
    06 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, упакован хорошо, быстрая доставка. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico