Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Fordpim, 1,0 g, №1 shisha
Fordpim, 1,0 g, №1 shisha
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari fordpim, 1,0 g, №1 shisha
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Shisha(idish)
  • Dozalash
    1 g
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    1 shisha
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi

    Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: w Streptococcus pneumoniae (shu jumladan, hamroh bakteriemiya bilan bog‘liq holatlar), Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae yoki Enterobacter spp. chaqirgan o‘rtacha og‘ir va og‘ir pnevmoniya; w febril neyropeniya (empirik terapiya); w Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis chaqirgan asoratli va asoratsiz siydik yo‘llari infeksiyalari (shu jumladan, pielonefrit); w Staphylococcus aureus (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Streptococcus pyogenes chaqirgan asoratsiz teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari; w Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp. chaqirgan asoratli intraabdominal infeksiyalar (metronidazol bilan kombinatsiyada).

    Bo‘shliq jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilganda infeksiyalar profilaktikasi.

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

    Tsepfepimga, shuningdek, tsefalosporin antibiotiklariga, penisillinlarga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga, L-argininga yuqori sezuvchanlik.

    Bolalar yoshi 2 oygacha (tomir ichiga yuborish usuli uchun) (2 oydan kichik bolalarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan); bolalar yoshi 12 yoshgacha (mushak ichiga yuborish usuli uchun).

    Ehtiyotkorlik bilan

    Ovqat hazm qilish yo‘llari kasalliklari (jumladan, anamnezda): soxta membranoz kolit, yara koliti; mintaqaviy enterit yoki antibiotik bilan bog‘liq kolit; surunkali buyrak yetishmovchiligi.

  • Nojo´ya ta´sirlar

    Allergik reaksiyalar: teri toshmalari (jumladan, eritematoz toshmalar), qichishish, isitma, anafilaktoid reaksiyalar, anafilaktik shok, eozinofiliya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

    Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, paresteziya, bezovtalik hissi, ongning chalkashligi, tutqanoq, ensefalopatiya (buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatishsiz).

    Siydik-jinsiy tizim tomonidan: genital qichishish, vaginit.

    Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasi buzilishi, toksik nefropatiya.

    Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki ich ketishi, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, soxta membranoz kolit. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: anemiya (jumladan, gemolitik, aplastik), trombotsitopeniya, leykopeiya, neytropeniya, pansitopeniya, qon ketish, qonash.

    Nafas olish tizimi tomonidan: yo‘tal, nafas qisishi, ko‘krakda og‘riq.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, nafas qisishi, periferik shishlar.

    Laborator ko‘rsatkichlar: gematokritning pasayishi, protrombin vaqti yoki qisman tromboplastin vaqtining oshishi, siydikda karbamid konsentratsiyasining oshishi, giper kreatininemiya, giperkaltsiemiya, "jigar" transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, Kumbs testining soxta musbat natijasi (gemolizsiz).

    Mahalliy reaksiyalar: tomir ichiga yuborilganda - flebitlar, mushak ichiga yuborilganda - yuborilgan joyda giperemiya va og‘riqlilik.

    Boshqalar: tomoq og‘rig‘i, ta'm o‘zgarishi, ortiqcha terlash, bel og‘rig‘i, asteniya, superinfeksiya rivojlanishi, kandidoz (jumladan, orofaringeal kandidoz).

  • Farmakologik xususiyatlari

    IV avlod tsefalosporin antibiotigi. Gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga, aminoglikozidlarga yoki III avlod tsefalosporin antibiotiklariga chidamli bo‘lganlarga nisbatan keng ta’sir doirasiga ega. Tsepepim ko‘pchilik beta-laktamazalar tomonidan gidrolizga yuqori darajada chidamli, xromosomal genlar tomonidan kodlanadigan beta-laktamazalarga nisbatan past affinitetga ega va gram-manfiy bakterial hujayralarga tez kirib boradi. Tsepepim in vivo va in vitro sharoitida quyidagi gram-musbat aerob bakteriyalarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi), Streptococcus viridans guruhi; gram-manfiy aerob bakteriyalarga: Enterobacter spp., Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.

    In vitro sharoitida faol (lekin klinik ahamiyati noma’lum) quyidagi gram-musbat aerob bakteriyalarga nisbatan: Staphylococcus epidermidis (faqat metitsillin sezgir shtammlar), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (B guruhi); gram-manfiy aerob bakteriyalarga: Acinetobacter lwoffii, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini ham o‘z ichiga oladi), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarini ham o‘z ichiga oladi), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.

    Enterococcus spp. ning ko‘pchilik shtammlari, shu jumladan Enterococcus faecalis, metitsillinrezistent stafilokokklar, Stenotrophomonas maltophilia (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia nomi bilan ma’lum bo‘lgan), Clostridium difficile tsepepimga sezgir emas.

  • Maxsus ko'rsatmalar

    Psevdomembranoz kolit va uzoq davom etuvchi diareya yuzaga kelganda tsefepim qabul qilish to‘xtatiladi va vankomitsin (og‘iz orqali) yoki megronidazol buyuriladi.

    Tsefepim har qanday allergiya shakllari, ayniqsa dori vositalariga allergik reaksiyalar tarixi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni bekor qilish kerak. Og‘ir darajadagi darhol yuzaga keladigan gipersensitivlik reaksiyalarida adrenalin (epinefrin) va boshqa qo‘llab-quvvatlovchi davolash usullarini qo‘llash talab qilinishi mumkin.

    Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida preparatning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak (doza YUQ ga qarab tuzatiladi).

    Uzoq muddatli davolashda periferik qon, jigar va buyrak funksional holatini muntazam nazorat qilish zarur.

    Aralash aerob-anaerob infeksiyada patogenlar aniqlanmaguncha anaeroblarga nisbatan faol bo‘lgan dori vositalari bilan kombinatsiya maqsadga muvofiqdir.

    Infeksiya o‘chog‘idan meningeal dissimenatsiya sodir bo‘layotgan, meningitga gumon qilinayotgan yoki meningit tashxisi tasdiqlangan bemorlarga ushbu holat uchun klinik samaradorligi tasdiqlangan muqobil antibiotik buyurish kerak.

    Kumbs testi va siydikda glyukoza uchun soxta musbat natija aniqlanishi mumkin.

    Tsefepim (boshqa antibiotiklar kabi) qo‘llanilganda superinfeksiya rivojlanishi mumkin, bu preparatni bekor qilish va mos davolash tayinlashni talab qiladi.

    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri

    Tsefepim bilan davolash vaqtida avtotransport boshqarish va yuqori psixomotor tezlik talab qiladigan ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.

  • Dorilarning o'zaro ta'siri

    Farmatsevtik jihatdan boshqa antimikrob dori vositalari va geparin bilan mos kelmaydi.

    Diuretiklar, aminoglikozidlar, polimiksin V tsepfepimning naychali sekretsiyasini kamaytiradi va uning qon zardobidagi konsentratsiyasini oshiradi, T1/2 ni uzaytiradi, nefrotoksikligini kuchaytiradi (nefronekroz rivojlanish xavfi oshadi). Tsepfepim aminoglikozidlarning ototoksikligini oshiradi.

    Nosteroyd yallig‘lanishga qarshi preparatlar tsefalosporinlarning chiqarilishini sekinlashtirib, qon ketish xavfini oshiradi. Bakteritsid antibiotiklar (aminoglikozidlar) bilan bir vaqtda buyurilganda sinergizm, bakteriostatiklar (makrolidlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar) bilan - antagonizm kuzatiladi.

    Metronidazol eritmasi bilan mos kelmaydi (jarrohlik aralashuvlarida infeksiyalar profilaktikasi uchun metronidazol eritmasi yuborilishidan oldin infuzion tizim tsepfepim eritmasidan tozalanishi kerak). Dori vositalari bilan mumkin bo‘lgan dori o‘zaro ta’sirini oldini olish uchun tsepfepim eritmalari (aksariyat boshqa beta-laktam antibiotiklar kabi) vankomitsin, gentamitsin, tobramitsin, netilmisin eritmalari bilan bir vaqtda yuborilmasligi kerak. Tsepfepim yuqorida sanab o‘tilgan preparatlar bilan buyurilganda har bir antibiotik alohida yuborilishi kerak.

  • Saqlash shartlari

    Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

    Yaroqlilik muddati

    2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmang.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Belgilar (ko‘proq surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda uchraydi): tutqanoq, ensefalopatiya, nerv-mushak qo‘zg‘alishi.

    Davolash: gemodializ va yordamchi terapiya.

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Качество товара на высоте! Флакон удобный в использовании и действительно эффективен.
    06 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Очень доволен покупкой! Фордпим №1 прекрасно справляется с задачей и имеет приятный аромат.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico