Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari follikulin 0,05% eritmasi 1ml no 10
1 ml eritma tarkibida faol modda - estron 100% modda hisobida 1 mg, yordamchi modda - shaftoli yog‘i.
Qo'llanilishi
- tuxumdonlar funksiyasining yetishmovchiligi bilan bog‘liq holatlar: birlamchi va ikkilamchi amenoreya, jinsiy a’zolar gipoplaziyasi va ikkilamchi jinsiy belgilarining yetarlicha rivojlanmaganligi - klimakterik va postkastratsion buzilishlar - tuxumdonlarning estrogen funksiyasi pasayishi bilan bog‘liq bepushtlik - tug‘ruq faoliyatining sustligi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- yuqori sezuvchanlik - 60 yoshgacha bo‘lgan ayollarda jinsiy a’zolar va sut bezlarining (yaxshi va yomon sifatli) yangi o‘smalari - mastopatiya - ayollarning jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari - noma’lum etiologiyali vaginal va bachadon qon ketishlari - bachadon qon ketishiga moyillik - klimakterik davrning giperoestrogen fazasi - jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi - tromboflebit va anamnezda qaytalanuvchi tromboemboliyalar - homiladorlik va erta tug‘ruqdan keyingi davr.
Qo'llash usuli
Dori vosita mushak ichiga buyuriladi. Doza individual tarzda belgilanadi. Birinchi darajali amenoreya jinsiy a'zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanmaganida. 1–2 ml har kuni yoki kun ora 1–2 oy va undan ko‘proq (bachadon sezilarli kattalashguncha) buyuriladi. So‘ngra progesteron (mushak ichiga, 5 mg har kuni 6–8 kun davomida) buyuriladi. Zarur bo‘lsa, gormonterapiya kurslari takrorlanadi. Ikkilamchi amenoreya. 1 ml har kuni 15–16 kun davomida, so‘ngra 6–8 kun davomida progesteron buyuriladi. Barqaror ta’sir bo‘lmasa, davolash kursi takrorlanadi. Gipo- va oligomenoreya, algodisminoreya, tuxumdon gipofunksiyasi yoki bachadon rivojlanmaganligi bilan bog‘liq bepushtlik. Hayz tugaganidan so‘ng 0,5–1 ml har kuni 15–16 kun davomida buyuriladi, so‘ngra ko‘rsatmalar bo‘lsa, 6–8 kun davomida progesteron buyuriladi. Davolash kursi hayz tugaganidan so‘ng shu muddatlarda takrorlanishi mumkin. Klimakterik davr va ooforektomiya (depressiya, angionevrotik buzilishlar va boshqalar) bilan bog‘liq funksional buzilishlar. 0,5–1 ml har kuni yoki 1–2 kunda bir marta 10–15 in'ektsiya kursi buyuriladi. Simptomlar qaytalanishida davolash kursi takrorlanadi. Dozalar bu holda individual tarzda (minimal samarali dozalarni tanlash zarur) klimakterik davr fazasi va simptomlar og‘irligiga qarab tanlanadi. Mehnat faoliyati sustligi va homiladorlikning muddatidan oshib ketishi. 4–5 ml tug‘ruqni rag‘batlantiruvchi vositalar qo‘llanilishidan 2–3 soat oldin buyuriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
- ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi - allergik reaksiyalar, qovoq shishishi, eritropeniya - uzoq muddat qo‘llanganda bachadon qon ketishi, tuxumdon sklerozi mumkin - natriy, kaltsiy va suv almashinuvining buzilishi - turg‘un sariqlik.
Farmakologik xususiyatlari
Estron – tabiiy follikulyar gormon, ayol reproduktiv tizimining normal rivojlanishini tartibga soladi, jinsiy yetilish boshlanishidan klimakterik davr boshlanishigacha tuxumdonlarda ishlab chiqariladi. Ta’siri jinsiy a’zolar, sut bezlari, gipotalamus va gipofizdagi estrogen sezgir retseptorlar orqali amalga oshiriladi. Maxsus estrogen ta’siriga ega – endometriyning proliferatsiyasini (bachadon naychalari, bachadon bo‘yni, qin, tashqi jinsiy a’zolar, sut bezlarining chiqaruvchi yo‘llarida) rag‘batlantiradi, bachadon va ikkilamchi ayol jinsiy belgilarining rivojlanishini ularning yetarlicha rivojlanmaganida ta’minlaydi, ayol organizmida klimakterik davrda yoki ginekologik operatsiyalardan keyin jinsiy bezlar funksiyasining yetishmovchiligi bilan bog‘liq buzilishlarni bartaraf etadi yoki ularning og‘irligini kamaytiradi. Progesteron bilan birga hayz ko‘rish sikli va nasl berish funksiyasini tartibga solishda ishtirok etadi. Kichik dozalarda follikulostimulyatsion gormon sekretsiyasini faollashtiradi, katta dozalarda esa uni tormozlaydi, shuningdek, organizmda suv va natriy ionlarini ushlab turadi, eritropoezni susaytiradi. Gipoxolesterinemik ta’sir ko‘rsatadi, glyukozaning utilizatsiyasini yaxshilaydi, periferik to‘qimalarning insulinga sezuvchanligini oshiradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Gipoxolesterinemik, antiaritmik, gipotenziya vositalari, diuretiklar, antikoagulyantlar, tritsiklik antidepressantlar, glyukokortikoidlar, qalqonsimon bez gormonlari ta’sirini kuchaytiradi. Estron ta’sirini foliy kislotasi va qalqonsimon bez preparatlari kuchaytiradi, antiestrogen dorilar (klomifen va boshqalar), bepushtlikni davolashda qo‘llaniladigan fenobarbital, rifampitsin va boshqa monoooksigenaza induktorlari susaytiradi. Preparatning qon zardobidagi konsentratsiyasini ampisillin, levomitsetin, tetratsiklin, neomitsin, sulfanilamidlar kamaytiradi; askorbin kislotasi oshiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasi arterial gipertoniya, o'tkazilgan tromboembolik kasalliklar, epilepsiya, depressiya (shu jumladan anamnezda), o't pufagi kasalliklari, otosklerozda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Dori vositasi bilan davolash shifokor nazorati ostida o'tkazilishi kerak. Dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin umumiy tibbiy va ginekologik tekshiruv, shu jumladan sut bezlarini tekshirish o'tkazilishi kerak. Bunday tekshiruvlar har 6 oyda bir marta davolash davomida o'tkazilishi lozim. Ko'rish va eshitishning o'tkir buzilishlarida, o'tkir trombozda, flebit belgilari, o't dimlanishi yoki gepatit paydo bo'lsa, dori vositasini qo'llashni to'xtatish kerak. Pediatriyada qo'llanilishi 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi. Agar kristallar tushib qolsa, ampula ichidagisini in'ektsiyadan oldin suv hammomida 15-20 daqiqa davomida isitish kerak. Agar kristallar yo'qolsa va eritma shaffof bo'lsa, va (37±1)°S gacha sovutilganda kristallar yana paydo bo'lmasa, dori vositasi ishlatishga yaroqli. 14 yoshgacha bo'lganlarda qo'llanilmaydi
Dozani oshirib yuborilishi
Sintomlar bosh og‘rig‘i kuchayishi, ko‘ngil aynishi. Uzoq muddat qo‘llanganda bachadon qon ketishi mumkin. Davolash simptomatik.
Saqlash shartlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 8°C dan 15°C gacha haroratda saqlansin. Transportirovka vaqtida muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin. Bolaning qo‘li etmaydigan joyda saqlansin!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!