-
Tarkibi
Bitta kapsula tarkibida
faol modda – flukonazol 50 mg, 150 mg va 200 mg,
yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, makkajo‘xori kraxmali, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, magniy stearat, natriy laurilsulfat,
o‘ram: jelatin, ko‘k patentlangan V (E131), xinolin sariq (E104), temir (III) oksid qizil (E172), titan dioksid (E171), temir (III) oksid sariq (E172) (50 mg doza uchun),
o‘ram: jelatin, titan dioksid (E171) (150 mg doza uchun),
o‘ram: jelatin, titan dioksid (E171) (200 mg doza uchun).
-
Qo'llanilishi
- kriptokokkoz, jumladan kriptokokk meningiti va boshqa joylashuvdagi infeksiyalar (shu jumladan o‘pka, teri), immun javobi normal bo‘lgan bemorlarda ham, immunosupressiyaning turli shakllariga ega bemorlarda ham (shu jumladan OITS bilan kasallanganlarda, organ transplantatsiyasidan keyin); preparat OITS bilan kasallanganlarda kriptokokk infeksiyasining oldini olish uchun qo‘llanilishi mumkin
- generalizatsiyalashgan kandidoz, jumladan kandemiya, dissemine kandidoz va invaziv kandidoz infeksiyalarining boshqa shakllari (shu jumladan qorin bo‘shlig‘i, endokard, ko‘z, nafas va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari). Davolash yomon sifatli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, reanimatsiya bo‘limi bemorlarida, sitotoksik yoki immunosupressiv vositalar qabul qilayotgan bemorlarda, shuningdek kandidoz rivojlanishiga moyil boshqa omillar mavjud bo‘lsa ham o‘tkazilishi mumkin
- shilliq qavatlar kandidozi, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va halqum (shu jumladan tish protezlari taqish bilan bog‘liq atrofik og‘iz kandidozi), qizilo‘ngach, invaziv bo‘lmagan bronx-o‘pka infeksiyalari, kandiduriya, teri kandidozlari; OITS bilan kasallanganlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishini oldini olish
- genital kandidoz: vaginal kandidoz (o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi), vaginal kandidoz qaytalanish chastotasini kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash (yiliga 3 va undan ko‘p epizod); kandidoz balaniti (mahalliy terapiya samarali bo‘lmaganda)
- yomon sifatli o‘smalari bo‘lgan, sitotoksik kimyoterapiya yoki nurlanish terapiyasi natijasida bunday infeksiyalarga moyil bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infeksiyalarning oldini olish
- teri mikozlari, shu jumladan oyoq, tana, qov sohasining mikozlari, otrubovid lişay, onixomikoz va terining kandidoz infeksiyalari
- chuqur endemik mikozlar, koktsidioidomikoz, parakoktsidioidomikoz, sporotrixoz va gistoplazmoz immuniteti normal bo‘lgan bemorlarda
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- flukonazolga, preparatning boshqa komponentlariga yoki flukonazolga o‘xshash tuzilishga ega azol moddalarga yuqori sezuvchanlik
- Fobosni 400 mg/kun va undan yuqori dozalarda ko‘p martalik qabul qilish vaqtida terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish
- QT intervalini uzaytiruvchi va CYP3A4 fermenti orqali metabolizatsiyalanadigan dori vositalarini, masalan, tsisaprid, astemizol, pimozid, xinin, amiodaron va eritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilish
- irsiy galaktoza intoleransi, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi
- homiladorlik va laktatsiya davri
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi
-
Qo'llash usuli
Fobos preparati kattalarda qo'llaniladi, kapsulalarni og'iz orqali (butun holda yutib) qabul qilish kerak, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar.
Dozani tanlashda zamburug'li infeksiya turi va og'irligini hisobga olish zarur. Ko'p martalik doza qabul qilishni talab qiladigan infeksiyalarni davolash klinik ma'lumotlar yoki laboratoriya tekshiruvlari ko'rsatkichlari asosida zamburug'li infeksiya faolligi pasayganligi haqida xulosa chiqarish mumkin bo'lgunga qadar davom ettirilishi kerak. Davolashning yetarli davomiy emasligi kasallikning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Eng ko'p (> 1/10) quyidagi nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berilgan: bosh og'rig'i, qorin og'rig'i, diareya, ko'ngil aynishi, qusish, qonda alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, shuningdek, shchelochnaya fosfataza darajasining oshishi, toshma. Quyidagi nojo'ya reaksiyalar flukonazol bilan davolash vaqtida quyidagi tez-tezlikda kuzatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kamdan-kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); juda kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kamdan-kam (<1/10000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).
Tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha)
- bosh og'rig'i
- ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, diareya
- shchelochnaya fosfataza darajasining oshishi, zardob aminotransferazalari (ALT va AST) darajasining oshishi, anemiya
- toshma
Kamdan-kam (≥1/1,000 dan ≤1/100 gacha)
- uyqusizlik, uyquchanlik
- tutqanoq, bosh aylanishi, paresteziya, ta'm sezishning o'zgarishi
- vertigo
- dispepsiya, meteorizm, og'iz qurishi, ishtahaning pasayishi
- xolestaz, sariqlik, bilirubin darajasining oshishi
- qichishish, dori toshmasi (shu jumladan doimiy dori toshmasi), toksidermiya, eshakemi, terlashning oshishi,
- mialgiya
- charchoq, noqulaylik, holsizlik, isitma
Juda kam (≥1/10,000 dan ≤1/1,000 gacha)
- agranulositoz, leyopeniya, neyropatiya, trombotsitopeniya
- anafilaksiya
- gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, gipokaliemiya
- tremor
- taxikardiya, qorinchalar fibrillyatsiyasi/flatteri, QT intervalining uzayishi
- dispepsiya, meteorizm, og'iz qurishi
- gepatotoksiklik, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan kam uchraydigan holatlar, jigar yetishmovchiligi, gepatotsellyulyar nekroz, gepatit, gepatotsellyulyar shikastlanishlar
- toksik epidermal nekroliz, Stiven-Jonson sindromi, o'tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz püstulez, eksfoliativ dermatit, angionevrotik shish, yuz shishi, alopesiya.
OIV bilan kasallangan yoki yomon sifatli o'smalari bo'lgan bemorlarda flukonazol va unga o'xshash preparatlar bilan davolashda qon, buyrak va jigar ko'rsatkichlarida o'zgarishlar kuzatilgan, biroq ushbu o'zgarishlarning klinik ahamiyati va ularning dori vositasini qo'llash bilan bog'liqligi aniqlanmagan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Zamburug'larga qarshi vosita. Zamburug'larning sitoxrom P450 ga bog'liq fermentlari faolligini susaytiradi; zamburug' hujayrasidagi lanosterolning membrana lipidi ergosterolga aylanishini to'xtatadi. Natijada hujayra membranasining o'tkazuvchanligi oshadi, uning o'sishi va replikatsiyasi buziladi.
Flukonazol kuniga 50 mg dozada, 28 kungacha qabul qilinganda erkaklarda plazmadagi testosteron konsentratsiyasiga va fertil yoshdagi ayollarda steroid konsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatmagan. Flukonazol kuniga 200 mg dan 400 mg gacha dozada sog'lom erkak ko'ngillilarda endogen steroidlar darajasiga yoki AKTG bilan stimulyatsiyalangan reaksiyaga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmagan. Antipirin bilan o'zaro ta'sir tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, flukonazolning 50 mg bir yoki bir necha dozasi uning metabolizmiga ta'sir qilmaydi.
In vitro sezuvchanlikni o'rganish
In vitro, flukonazol klinik jihatdan keng tarqalgan Candida turlarining (shu jumladan C. albicans, C. parapsilosis, C. tropicalis) ko'pchiligiga qarshi zamburug'larga qarshi faollik ko'rsatadi. C. glabrata sezuvchanlikning keng diapazonini ko'rsatadi, C. krusei esa flukonazolga chidamli.
Flukonazol shuningdek, in vitro Cryptococcus neoformans va Cryptococcus gattii, shuningdek, endemik Blastomyces dermatiditis, Coccidioides, Histoplasma capsulatum va Paracoccidioides brasiliensis shakllariga qarshi faollik ko'rsatadi.
Farmakokinetik / farmakodinamik bog'liqlik
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda, maksimal susaytiruvchi konsentratsiya qiymatlari va Candida spp. guruhiga kiruvchi eksperimental mikozlarga qarshi samaradorlik o'rtasida bog'liqlik mavjud. Klinik tadqiqotlarda, AUC va flukonazol dozasining o'rtasida chiziqli bog'liqlik (deyarli 1:1) mavjud. Shuningdek, AUC/doza va og'iz bo'shlig'i kandidiozini davolashda klinik muvaffaqiyatli javob o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri, biroq to'liq bo'lmagan bog'liqlik mavjud (bu bog'liqlik flukonazolning yuqori maksimal susaytiruvchi konsentratsiyasiga ega shtammlar keltirib chiqargan infeksiyalar uchun kamroq xarakterlidir).
-
Maxsus ko'rsatmalar
O‘rab oluvchi temiratki Bolalarda sochli temiratkini davolashda flukonazol qo‘llanilgan tajriba mavjud. Aniqlanishicha, u samaradorlik bo‘yicha grizeofulvinni (umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi 20% dan kam) ortda qoldirmaydi, shuning uchun flukonazol kapsulalari sochli temiratkini davolash uchun qo‘llanilmasligi kerak. Kriptokokkoz Flukonazolning boshqa lokalizatsiyalardagi kriptokokkozni (masalan, o‘pka va teri kriptokokkozi) davolashdagi samaradorligi bo‘yicha dalillar cheklangan, bu esa preparatning dozasini tavsiya qilish imkonini bermaydi. Chuquq endemik mikozlar Flukonazolning parakoksidiomikoz, limfotsitozning teri shakli, sporotrixoz va gistoplazmoz kabi endemik mikozlarning boshqa shakllarini davolashdagi samaradorligi bo‘yicha dalillar cheklangan, bu esa aniq dozani tavsiya qilish imkonini bermaydi. Buyrak tizimi Fobos buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Gepatobiliar tizim Fobos jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Flukonazol kapsulalarini qo‘llash jigar faoliyatining og‘ir toksik zararlanishi (hatto o‘lim bilan yakunlangan) kamdan-kam hollarda, asosan og‘ir hamroh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan. Flukonazolga oid mavjud gepatotoksiklik holatlarida umumiy kunlik doza, davolash davomiyligi, bemorning jinsi yoki yoshi bilan aniq bog‘liqlik aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksikligi odatda davolash to‘xtatilgandan so‘ng qaytar edi. Flukonazol bilan davolash davrida jigar funksiyasini ko‘rsatuvchi testlarda og‘ishlar aniqlangan bemorlarni jigar faoliyatining og‘irroq zararlanishini oldini olish uchun diqqat bilan kuzatish zarur. Bemor og‘ir jigar zararlanishi simptomlari (asteniya, anoreksiya, doimiy ko‘ngil aynishi, qusish va sariqlik) haqida xabardor qilinishi kerak. Bunday hollarda Fobos preparati bilan davolash darhol to‘xtatilishi va bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Yurak-qon tomir tizimi Ba’zi azollar, shu jumladan flukonazol, elektrokardiogrammada QT intervalining uzayishiga olib kelishi mumkin. Post-marketing kuzatuv davrida, yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatining buzilishi va bunday buzilishlarni rivojlanishiga yordam beruvchi hamroh terapiya kabi ko‘plab xavf omillariga ega bo‘lgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va qorinchalar fibrillyatsiyasi/flatteri juda kam hollarda qayd etilgan. Potensial proaritmik holatlari bo‘lgan bemorlarda Fobos preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Avtomobil boshqarishda yoki texnikadan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bosh aylanishi yoki tutqanoq paydo bo‘lishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Amiodaron: amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llash amiodaron metabolizmining sekinlashishiga va QT intervalining uzayishiga olib kelishi mumkin. Fobos preparati va amiodaronni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (qarang «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limi).
Tsizaprid: flukonazol va tsizapridni bir vaqtda qabul qilgan bemorlarda yurak-qon tomir buzilishlari, shu jumladan QT intervalining uzayishi haqida xabarlar bo‘lgan. Flukonazolning kunlik 200 mg dozasi va tsizapridning kuniga to‘rt marta 20 mg dozasi bir vaqtda qo‘llanganda tsizapridning plazmadagi konsentratsiyasi va QT intervalining uzayishi sezilarli darajada oshadi. Flukonazol va tsizaprid bilan birga davolash mumkin emas.
Terfenadin: imidazol azollari va terfenadin birga qo‘llanganda bemorlarda QTc intervalining uzayishi bilan bog‘liq jiddiy yurak aritmiyalari rivojlangan. Flukonazolning kunlik 200 mg dozasi bilan o‘tkazilgan bir tadqiqotda QTc intervalining uzayishi kuzatilmagan. Boshqa tadqiqotda flukonazolning 400 mg va 800 mg kunlik dozalarida, 400 mg va undan yuqori dozada birga qabul qilinganda, terfenadinning plazmadagi darajasi sezilarli oshishi aniqlangan. Flukonazolning 400 mg yoki undan yuqori dozalarini terfenadin bilan birga qo‘llash mumkin emas. Flukonazolning 400 mg dan past dozalarini terfenadin bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish kerak.
Astemizol: flukonazol va astemizolni bir vaqtda qo‘llash astemizol klirensini kamaytirishi mumkin, astemizolning plazmadagi konsentratsiyasining oshishi QT intervalining uzayishiga va kamdan-kam hollarda hayot uchun xavfli aritmiyaga olib kelishi mumkin. Fobos preparati va astemizolni birga qo‘llash mumkin emas.
Pimozid: bu o‘zaro ta’sir tabiiy sharoitda yoki in vitro o‘rganilmagan bo‘lsa-da, Fobos preparatini pimozid bilan birga qo‘llash pimozid metabolizmining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Pimozidning plazmadagi konsentratsiyasining oshishi QT intervalining uzayishiga va kamdan-kam hollarda hayot uchun xavfli aritmiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun Fobos va pimozidni birga qo‘llash mumkin emas.
Xinidin: bu o‘zaro ta’sir tabiiy yoki laboratoriya sharoitida o‘rganilmagan bo‘lsa-da, flukonazol va xinidinni birga qo‘llash xinidin metabolizmining sekinlashishiga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida QT intervalining uzayishiga va kamdan-kam hollarda aritmiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Fobos va xinidinni birga qo‘llash mumkin emas.
Eritromitsin: flukonazol va eritromitsin birga qo‘llanganda kardiotoksiklik (QT intervalining uzayishi, qorinchalarning fibrillyatsiyasi/flatteri) xavfi oshadi va natijada yurak to‘xtashidan to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin. Flukonazol va eritromitsinni birga qo‘llash mumkin emas.
Quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Galofantrin: flukonazol CYP3A4 ni tormozlovchi ta’siri tufayli galofantrin plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Flukonazol (Fobos preparati) va galofantrinni birga qo‘llash kardiotoksiklik (QT intervalining uzayishi, fibrillyatsiya/flatter) xavfini oshirishi va natijada yurak to‘xtashidan to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin. Bunday kombinatsiyadan saqlanish kerak.
Bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish va zarur bo‘lsa Fobos dozasini tuzatish talab qilinadigan dori vositalari
Gidroxlorotiazid: gidroxlorotiazid va flukonazolni birga qo‘llash flukonazolning plazmadagi konsentratsiyasini 40% ga oshiradi, biroq bu oshish diuretiklarni birga qabul qilayotgan bemorlarda Fobos dozasini o‘zgartirishni talab qilmaydi.
Rifampitsin: flukonazol va rifampitsinni birga qo‘llash flukonazolning AUC (konsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon) ni 25% ga va yarim chiqarilish davrini 20% ga kamaytiradi. Rifampitsin bilan birga davolanayotgan bemorlarda Fobos dozasini oshirish talab qilinishi mumkin.
Flukonazolning peroral shakllarini ovqat, tsimetidin, antatsidlar bilan birga yoki suyak ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng butun tana nurlantirilgandan keyin birga qo‘llashda o‘zaro ta’siri klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan (Fobos preparati).
Fobos preparatining boshqa dori vositalariga ta’siri
Flukonazol sitoxrom P450 (CYP) 2C9 izofermentining kuchli, CYP3A4 fermentining o‘rtacha va CYP2C19 izofermentining ham ingibitori hisoblanadi. Quyida ko‘rsatilgan o‘zaro ta’sirlardan tashqari, Fobos preparati bilan birga qo‘llanganda CYP2C9 va CYP3A4 fermentlari orqali metabolizmlanadigan boshqa preparatlarning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi xavfi mavjud, shuning uchun bunday kombinatsiyalarda ehtiyotkorlik bilan foydalanish va bemorlarni diqqat bilan nazorat qilish kerak. Flukonazolning uzoq yarim chiqarilish davri tufayli uning ferment tizimlariga tormozlovchi ta’siri qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 4-5 kun davom etadi.
Alfentanil: Fobos preparati bilan birga davolashda alfentanil klirensi va taqsimlanish hajmi kamayadi, shuningdek alfentanilning T½ (yarim chiqarilish davri) uzayadi. Ehtimoliy mexanizm flukonazolning CYP3A4 fermentini tormozlashi bilan bog‘liq, shuning uchun alfentanil dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Amitriptilin, nortiptilin: flukonazol amitriptilin va nortiptilinning ta’sirini kuchaytiradi. Kombinatsiyalangan davolash boshida va bir hafta o‘tgach 5-nortiptilin va/yoki S-amitriptilin konsentratsiyasini o‘lchash mumkin. Zarur bo‘lsa, amitriptilin/nortiptilin dozalari tuzatilishi kerak.
Amfoteritsin B: flukonazol va amfoteritsin B ni birga qo‘llashda normal va susaygan immunitetli bemorlarda quyidagi natijalar mumkin: C. Albicans sababli tizimli infeksiyalarda kichik qo‘shimcha zamburug‘larga qarshi ta’sir; Cryptococcus neoformans sababli bosh ichidagi infeksiyada hech qanday o‘zaro ta’sir yo‘q; A. fumigatus sababli tizimli infeksiyada ikki preparat o‘rtasida antagonizm. Natijalarning klinik ahamiyati aniq emas.
Antikoagulyantlar: flukonazol varfarin bilan birga qo‘llanganda protrombin vaqtini 12% ga uzaytiradi. Boshqa azol zamburug‘larga qarshi preparatlar kabi, flukonazol va varfarinni birga qabul qilgan bemorlarda protrombin vaqtining uzayishi bilan bog‘liq qon ketish (gematoma, burundan qon ketish, me’da-ichak qon ketishi, gematuriya va melena) epizodlari haqida xabarlar bo‘lgan, shuning uchun kumarin qatoridagi antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini diqqat bilan nazorat qilish kerak (varfarin dozasini tuzatish ham talab qilinishi mumkin).
Benzodiazepinlar (qisqa ta’sirli), ya’ni midazolam, triazolam: peroral midazolam qabul qilinganda flukonazol midazolam konsentratsiyasini sezilarli oshiradi, bu psixomotor ta’sirlar bilan namoyon bo‘ladi. Flukonazol 200 mg va midazolam 7,5 mg peroral birga qabul qilinganda midazolam AUC 3,7 marta, yarim chiqarilish davri 2,2 marta oshadi. Flukonazol 200 mg kunlik doza va triazolam 0,25 mg peroral birga qabul qilinganda triazolam AUC 4,4 marta, yarim chiqarilish davri 2,3 marta oshadi. Triazolamning ta’siri kuchayishi va uzayishi flukonazol bilan birga davolashda kuzatilgan. Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda benzodiazepinlarni birga qo‘llashda benzodiazepin dozasini kamaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak, bemorlar tegishli nazorat ostida bo‘lishi kerak.
Karbamazepin: flukonazol karbamazepin metabolizmini tormozlaydi va uning qon zardobidagi konsentratsiyasini 30% ga oshiradi. Shu sababli karbamazepin toksikligi rivojlanish xavfi mavjud va karbamazepin konsentratsiyasi/ta’siriga qarab dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Kalsiy kanali blokatorlari: ba’zi kalsiy kanali antagonistlari (nifedipin, isradipin, amlodipin, verapamil va felodipin) CYP3A4 fermenti orqali metabolizmlanadi. Flukonazol kalsiy kanali antagonistlarining tizimli ta’sirini sezilarli oshirishi mumkin, shuning uchun davolash davrida nojo‘ya ta’sirlarni tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi.
Tselekoksib: Fobos preparati (200 mg/kun) va tselekoksib 200 mg birga qo‘llanganda tselekoksibning Cmax 68% ga, AUC 134% ga oshgan. Shu sababli, Fobos va tselekoksib birga qo‘llanganda tselekoksib dozasini 2 marta kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Tsiklofosfamid: tsiklofosfamid va flukonazolni birga qo‘llash qon zardobida bilirubin va kreatinin darajasining oshishiga olib keladi. Bu kombinatsiyani faqat qon zardobida bilirubin va kreatinin darajasini qat’iy nazorat qilgan holda qo‘llash mumkin.
Fentanil: fentanil va flukonazol o‘zaro ta’siri natijasida fentanil intoksikatsiyasidan bir o‘lim holati qayd etilgan. Flukonazol fentanil chiqarilishini sezilarli sekinlashtirishi aniqlangan. Fentanilning yuqori konsentratsiyasi nafas olishni susaytirishi mumkin, buni hisobga olish va bemorni nafas olish susayishi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun diqqat bilan kuzatish kerak, fentanil dozasini tuzatish ham talab qilinishi mumkin.
Gidroksimetilglutaril-koferment A-reduktaza (GMG-KoA-reduktaza) ingibitorlari: flukonazol CYP3A4 orqali metabolizmlanadigan (atorvastatin, simvastatin) yoki CYP2C9 orqali (fluvastatin) metabolizmlanadigan GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda, miopatiya va skelet mushaklarining o‘tkir nekrozi (rabdomioliz) rivojlanish xavfi oshadi. Agar bunday birga davolash zarur bo‘lsa, bemor miopatiya va rabdomioliz simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun kuzatuvda bo‘lishi, kreatinkinaza darajasi nazorat qilinishi kerak. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qabul qilish, agar kreatinkinaza darajasi sezilarli oshsa yoki miopatiya/rabdomioliz aniqlansa yoki gumon qilinsa, to‘xtatilishi kerak.
Immunosupressantlar (siklosporin, everolimus, sirolimus va takrolimus va boshqalar)
Siklosporin: flukonazol siklosporinning plazmadagi konsentratsiyasi va AUC ni sezilarli oshiradi. Flukonazol 200 mg/kun va siklosporin (2,7 mg/kg/kun) birga qo‘llanganda siklosporin AUC 1,8 marta oshgan. Bunday kombinatsiyani faqat siklosporinning plazmadagi konsentratsiyasiga qarab dozasini kamaytirgan holda qo‘llash mumkin.
Everolimus: bu o‘zaro ta’sir tabiiy yoki laboratoriya sharoitida o‘rganilmagan bo‘lsa-da, flukonazol CYP3A4 ni tormozlash orqali everolimusning zardobdagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Sirolimus: flukonazol sirolimusning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi, ehtimol sirolimus metabolizmining CYP3A4 va P-glikoprotein ferment tizimlari ishtirokida tormozlanishi orqali. Bu kombinatsiyani faqat sirolimus dozasini ta’sir/konsentratsiya ko‘rsatkichlariga qarab tuzatgan holda qo‘llash mumkin.
Takrolimus: ichakda CYP3A4 ishtirokida metabolizmni tormozlash hisobiga, flukonazol peroral qabul qilingan takrolimusning zardobdagi konsentratsiyasini 5 martagacha oshirishi mumkin. Takrolimus vena ichiga yuborilganda farmakokinetikada sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan (takrolimusning yuqori darajalari uning nefrotoksikligi bilan bog‘liq). Peroral takrolimus dozasini, uning qon konsentratsiyasiga qarab, kamaytirish kerak.
Lozartan: flukonazol lozartan va uning faol metaboliti (E-31 74) metabolizmini tormozlaydi, bu angiotenzin II retseptorlariga antagonizm uchun javobgar, shuning uchun davolash davrida bemorlarning arterial bosimini doimiy nazorat qilish kerak.
Metadon: flukonazol metadonning zardobdagi konsentratsiyasini oshiradi, shuning uchun metadon dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP): flurbiprofen bilan birga flukonazol qo‘llanganda Cmax va AUC mos ravishda 23% va 81% ga oshgan (flurbiprofen monoterapiyasi bilan solishtirganda). Xuddi shuningdek, flukonazol va ibuprofen (400 mg) racemik aralashmasi birga qo‘llanganda farmakologik faol izomer [S-(+)-ibuprofen] ning Cmax va AUC mos ravishda 15% va 82% ga oshgan (ibuprofen monoterapiyasi bilan solishtirganda).