Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan antimikrob preparat, ftorxinolon hosilasi. Tsiprofloksatsin bakterial DNK-girazani bostiradi, DNK sintezini, bakteriyalarning o‘sishi va bo‘linishini buzadi; yaqqol morfologik o‘zgarishlarni (shu jumladan hujayra devori va membranalarini) va bakterial hujayraning tez nobud bo‘lishini chaqiradi.
Gramnomanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi, tinchlik va bo‘linish davrida (chunki faqat DNK-girazaga emas, balki hujayra devorining lizisiga ham ta’sir qiladi), gramijobiy mikroorganizmlarga esa faqat bo‘linish davrida ta’sir ko‘rsatadi.
Makroorganizmlar hujayralariga nisbatan past toksiklik ular tarkibida DNK-giraza yo‘qligi bilan izohlanadi. Tsiprofloksatsin qabul qilinishi fonida giraza ingibitorlari guruhiga kirmaydigan boshqa antibiotiklarga nisbatan parallel ravishda chidamlilik rivojlanmaydi, bu esa uni, masalan, aminoglikozidlar, penisillinlar, sefalosporinlar, tetratsiklinlar va boshqa ko‘plab antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi.
Tsiprofloksatsinga quyidagi gramnomanfiy aerob bakteriyalar sezgir: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa gramnomanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), ayrim hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilar Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynebacterium diphtheriae; gramijobiy aerob bakteriyalar Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae).
Metitsillinga chidamli stafilokokklarning aksariyati tsiprofloksatsinga ham rezistentdir. Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium sezgirligi o‘rtacha (ularni bostirish uchun yuqori konsentratsiyalar talab qilinadi).
Preparatga quyidagilar rezistent: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides.
Rezistentlik juda sekin rivojlanadi, chunki, bir tomondan, tsiprofloksatsin ta’siridan so‘ng deyarli perzistent mikroorganizmlar qolmaydi, ikkinchi tomondan esa bakterial hujayralarda uni inaktivatsiya qiluvchi fermentlar yo‘q.
Preparat Treponema pallidum ga nisbatan samarali emas.