-
Tarkibi
1 tuba tarkibida: faol moddalar: dietilamin diklofenak - 1,16% (natriy diklofenakka ekvivalent 1%), metilsalisilat - 10%, mentol - 5%, zig‘ir yog‘i - 3%; yordamchi moddalar: dietanolamin, izopropil spirti, karbomer 940, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy laurilsulfat, propilenglikol, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Flexiparum® Neo - bu og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi mahalliy ta’sirga ega gel bo‘lib, mushak-skelet shikastlanishlari bilan bog‘liq og‘riq, shish va yallig‘lanishda qo‘llaniladi: cho‘zilish, tendinit, bursit, qo‘llarda, bo‘ynda, yelkada og‘riq, ishiyalgiya, bo‘g‘imlarning qattiqligi, orqa og‘rig‘i va lumbago.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Flexiparum* Neo quyidagi holatlarda qo'llash mumkin emas: diklofenakka, aspirin, boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalariga va preparatning boshqa ingredientlariga yuqori sezuvchanlik bo'lgan bemorlarga.
-
Qo'llash usuli
Flexiparum® Neo kuniga 3-4 marta zararlangan joylarga surtiladi, massaj qilinadi, dori massasi yo‘qolguncha davom ettiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar bo‘lishi mumkin: toshma, qichishish va qizarish. Nojo‘ya ta’sirlar odatda preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi. Agar simptomlar saqlanib qolsa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
-
Farmakologik xususiyatlari
Flexiparum® Neo tarkibida natriy diklofenak mavjud bo'lib, u nosteroid tuzilishga ega bo'lgan, aniq yallig'lanishga qarshi, analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Diklofenakning asosiy ta'sir mexanizmi, tajriba sharoitida aniqlanganidek, prostaglandinlar biosintezini tormozlash hisoblanadi. Prostaglandinlar yallig'lanish, og'riq va isitma rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Revmatik kasalliklarda diklofenakning yallig'lanishga qarshi va analgetik xususiyatlari quyidagi simptomlar va shikoyatlarning sezilarli darajada kamayishi bilan tavsiflanadigan klinik effektni ta'minlaydi: dam olish va harakat paytida og'riq, ertalabki qotishish va bo'g'imlarning shishishi, shuningdek, funksiyaning yaxshilanishi. In vitro sharoitida natriy diklofenak, bemorlarni davolashda erishiladigan konsentratsiyalarga ekvivalent konsentratsiyalarda, xaftaga to'qimalarining proteoglikanlar biosintezini bostirmaydi. Travmadan keyingi va operatsiyadan keyingi yallig'lanish holatlarida diklofenak tezda og'riqni (spontan va harakat paytida yuzaga keladigan) bartaraf etadi, yallig'lanishli shish va operatsiyadan keyingi yara shishini kamaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatning mahalliy qo'llanilishi natijasida diklofenakning tizimli so'rilishi juda past bo'lganligi sababli, o'zaro ta'sirlar yuzaga kelish ehtimoli juda past. Preparatni boshqa NSYAV bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Diklofenak tomonidan fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi vositalarning ta'siri kuchayishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Diklofenakni mahalliy qo‘llashda tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish ehtimoli uni og‘iz orqali qabul qilishga nisbatan past, biroq Flexiparum* Neo preparatini nisbatan katta teri yuzalariga uzoq vaqt davomida surtishda oshadi. Flexiparum* Neo faqat butun (zararlangan emas) teri sohalariga surtish tavsiya etiladi, uni shikastlangan, yallig‘langan yoki infeksiyalangan sohalarga va ochiq yaralarga tushishidan saqlanish kerak. Uni ko‘zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatni og‘iz orqali qabul qilish mumkin emas. Har qanday teri toshmasi paydo bo‘lsa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Flexiparum* Neo ni namlik o‘tkazmaydigan okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pay cho‘zilishi holatida zararlangan soha ustiga bint bog‘lam qo‘yilishi mumkin. Flexiparum* Neo ochiq yaralarda qo‘llanilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Preparatni homilador yoki emizikli ayollarda qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba cheklanganligi sababli, uni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ayniqsa, bu homiladorlikning III trimestriga taalluqlidir, chunki miometriyning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ehtimoliy ta’siri va tug‘ruq faoliyatining sustligi va/yoki arterial kanalning muddatidan oldin yopilishi rivojlanishi mumkinligi bilan bog‘liq. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik davriga, homila rivojlanishiga, tug‘ruq davriga va postnatal rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar aniqlanmagan.
Agar emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilib, kutilayotgan foyda potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni ko‘krak sohasiga yoki katta teri yuzasiga surtmaslik, uzoq vaqt davomida qo‘llamaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish ehtimoli juda past, chunki komponentlarning tizimli so‘rilishi nihoyatda past. Tasodifan og‘iz orqali qabul qilinganda darhol oshqozonni yuvish va adsorbent qabul qilish kerak. Davolash simptomatik, umumiy mustahkamlovchi vositalar, YOKI NPVP intoksikatsiyasida qo‘llaniladigan vositalar.