-
Tarkibi
Tabletkalar - 1 tab.:
Faol modda: Diosmin quruq modda hisobida - 600 mg;
Yordamchi modda: talk - 10,24 mg; kremniy dioksid kolloid - 3,5 mg; stearin kislotasi - 50,05 mg; mikrokristallik tsellyuloza - 910 mg gacha;
Sepifilm® 002 plyonka qobig‘i tarkibi: gipromelloza (E 464) - 9,832 mg, mikrokristallik tsellyuloza - 7,866 mg, makrogol 8 stearat 1-turi - 1,967 mg). Sepispers® AR 5523 pushti (propilenglikol - izlari, gipromelloza (E 464) - 0,458 mg, titan dioksid (E 171) - 4,026 mg, bo‘yoq puntsoviy [Ponso 4R] (E 124) - 0,401 mg, temir oksid qora (E 172) - 0,130 mg, temir oksid qizil (E 172) - 0,020 mg;
Opaglos® 6000 plyonka qobig‘i tarkibi: karnaub mumi (E 903) - 0,075 mg, asalari mumi (E 901) - 0,075 mg, shellak (E 904) - 0,150 mg, etanol 95° - izlari.
-
Qo'llanilishi
Kompleks terapiya tarkibida:
pastki oyoq-qo‘llarning limfovenoz yetishmovchiligi simptomlarini bartaraf etish uchun: oyoqlarda og‘irlik yoki charchoq hissi, og‘riq;
mikrosirkulyatsiya buzilishida qo‘shimcha davolash;
o‘tkir gemorroy simptomatik terapiyasi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi, homiladorlik (I trimestr) (qo‘llash tajribasi cheklangan).
-
Qo'llash usuli
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Pastki oyoq-qo‘llar varikoz kengayishi va surunkali limfovenoz yetishmovchiligida (shish, og‘riq, tutqanoq) kuniga 1 tabletka ertalab och qoringa buyuriladi. Davolash muddati odatda 2 oy. Gemorroy zo‘rayishida preparat ovqat paytida kuniga 2-3 tabletka 7 kun davomida buyuriladi. Agar preparatni bir yoki bir necha marta qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, preparatni odatdagi tartibda va odatdagi dozada davom ettirish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kam hollarda preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, davolashni to‘xtatishni talab qiladi: me’da-ichak yo‘llari tomonidan – dispeptik buzilishlar (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i), markaziy asab tizimi tomonidan – bosh og‘rig‘i.
Agar ko‘rsatmada keltirilgan har qanday nojo‘ya ta’sirlar kuchaysa yoki siz ko‘rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparat flebotoniziruvchi ta'sirga ega (venalarning cho‘ziluvchanligini kamaytiradi, venalarning tonusini oshiradi (dozaga bog‘liq ta'sir), venoz dimlanishni kamaytiradi), limfa drenajini yaxshilaydi (limfa kapillyarlarining tonusi va qisqarish chastotasini oshiradi, ularning funksional zichligini oshiradi, limfa bosimini kamaytiradi), mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi (kapillyarlarning rezistentligini oshiradi (dozaga bog‘liq ta'sir), ularning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi), leykotsitlarning venoz devorga yopishishini va ularning paravenoz to‘qimalarga migratsiyasini kamaytiradi, teri to‘qimasida kislorod diffuziyasi va perfuziyasini yaxshilaydi, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Adrenalin, noradrenalinning tomir toraytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi, erkin radikallar ishlab chiqarilishini, prostaglandinlar va tromboksan sintezini bloklaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik
Flebodia 600 preparatining faol moddasini (diosmin) homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Eksperimental tadqiqotlarda homilaga teratogen ta'sir aniqlanmagan. Hozirgi vaqtgacha klinik amaliyotda homilador ayollarda preparatni qo‘llashda homilaga malformatsion yoki fetotoksik ta'sir holatlari haqida xabar berilmagan.
Oldini olish chorasi sifatida homiladorlik davrida preparatni qo‘llamaslik afzal.
Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan ustun bo‘lsa mumkin.
Emizish davri
Preparatning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘qligi sababli, emizikli ayollarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Bolaga emizish foydasi va ayolga terapiya foydasini hisobga olgan holda, emizishni to‘xtatish yoki Flebodia 600 preparati bilan davolashni to‘xtatish/voz kechish haqida qaror qabul qilish zarur.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar tavsiflanmagan. Bemor barcha qabul qilinayotgan dori vositalari haqida davolovchi shifokorga xabar berishi kerak.