-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda: xifenadin gidroxlorid 10 mg;
yordamchi modda: kartoshka kraxmali 14,5 mg, saxaroza 25,0 mg, kaltsiy stearati 0,5 mg.
-
Qo'llanilishi
Pollinoz, o‘tkir va surunkali toshma, angionevrotik shish, allergik rinit, dermatozlar, jumladan ekzema, neyrodermit, teri qichishishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga gipersensitivlik. Homiladorlik, laktatsiya davri. Suxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi, chunki dori vositasi saxaroza saqlaydi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (50 mg dozalash uchun). Oshqozon-ichak trakti, jigar va buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kasbiy faoliyati yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan shaxslarga preparat sedativ ta'sir ko‘rsatmasligini (qisqa muddatli buyurish orqali) oldindan aniqlash tavsiya etiladi.
-
Qo'llash usuli
Preparat og'iz orqali, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun davolash kursi - 10-20 kun, zaruriyat tug'ilganda - takroran. Bolalar uchun davolash kursi davomiyligi 10-15 kun.
Tavsiya etilgan dozalash: kattalar uchun - 25-50 mg dan kuniga 3-4 marta (maksimal kunlik doza - 200 mg); 2 dan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 5 mg dan kuniga 2-3 marta; 3-7 yoshli bolalar uchun - 10 mg dan kuniga 2 marta; 7-12 yoshli bolalar uchun - 10-15 mg dan kuniga 2-3 marta.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining quruqligi, qayt qilish, qusish.
Markaziy nerv tizimidan: uyquchanlik, bosh og'rig'i.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Xifenadin - N1-gistamin retseptorlari blokatori, allergik reaksiyalar rivojlanishini oldini oladi va ularning kechishini yengillashtiradi. Allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, to‘qimalarda allergik yallig‘lanish rivojlanishini oldini oladi. Gistamin ta'sirini susaytiradi, uning tomirlar o‘tkazuvchanligiga ta'sirini kamaytiradi (o‘tkazuvchanlikni kamaytirib, shishka qarshi ta'sir ko‘rsatadi), uning bronxospastik ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini kamaytiradi, gistaminning gipotenziyal ta'sirini susaytiradi. Xifenadin to‘qimalarda gistamin miqdorini kamaytiradi (bu gistaminni inaktivatsiyalovchi ferment - diaminooksidazani faollashtirish qobiliyati bilan bog‘liq). Kursli davolashda xifenadinning antigistamin ta'siri kamaymaydi. O‘rtacha antiserotonin ta'siriga ega, kuchsiz M-xolinobloklovchi faollik namoyon qiladi. Markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Xifenadin alkogol va uyqu dori vositalarining markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega bo‘lib, me'da-ichak trakti motorikasini kamaytirishi va sekin so‘riladigan dori vositalarining (masalan, bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar - kumarin hosilalari) so‘rilishini oshirishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: shilliq qavatlarning qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, qorin og‘rig‘i va boshqa dispeptik holatlar. Davolash simptomatik. Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.