Qo'llash usuli
Har doim preparatni qo'llashda qo'shimcha varaqaga yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimining tavsiyalariga to'liq muvofiq ravishda amal qiling. Shubhalar paydo bo'lganda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahat qiling.
Tavsiya etilgan dozasi
Gelni kuniga 2 dan 4 marta terining zararlangan joylariga surtiladi.
Bola uchun qo'llanilishi
Preparat 1 oydan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.
1 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun dozani belgilash kattalar bilan bir xil.
1 oydan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash kerak.
Kirish yo'li va (yoki) usuli
Tashqi (teriga).
Terapiyaning davomiyligi
Shifokor bilan maslahatlashmasdan qo'llashning maksimal davomiyligi: 7 kun.
Agar kuchli qichish yoki terining keng tarqalgan zararlanishi bo'lsa, dimetindena maleatining og'iz orqali qo'llanilishini qo'shimcha ravishda ko'rib chiqish kerak.
Preparatni qo'llash bo'yicha savollaringiz bo'lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.