Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Fenibut 250 mg №10 tabletkalar
Fenibut 250 mg №10 tabletkalar
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari fenibut 250 mg №10 tabletkalar
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Oq yoki oqsariq tusli, dumaloq, yassi-silindrsimon, qirralari va chizig'i bor tabletkalar. 1 tabletkada aminofenilmaslo kislotasi gidroxloridi 250 mg Yordamchi moddalari: laktoza (sut shakari) - 181,4 mg, kartoshka kraxmal - 63,6 mg, kalsiy stearat - 5 mg.
  • Qo'llanilishi
    astenik va xavotir-nevrotik holatlar, bezovtalik, qo‘rquv, xavotir bilan kechuvchi; – majburiy holatlar nevrozi; – psixopatiya; – totqilik, enurez, tiklar (bolalarda); – uyqusizlik, tungi bezovtalik (keksalarda); – stress holatlarini oldini olish (shu jumladan, operatsiyalar va og‘riqli diagnostik tekshiruvlar oldidan); – abstenensiya (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida); – alkogolli deliriy (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida); – Menyer kasalligi; – turli genezli vestibulyar apparat buzilishlari bilan bog‘liq bosh aylanishlari (shu jumladan, infeksion, travmatik va tomirli); – kinetozlarning profilaktikasi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    individual intolerans; – 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi; – homiladorlik, laktatsiya.
  • Qo'llash usuli
    Fenibut ovqatdan oldin ichga, 4-6 hafta davomida kurs tarzida qo‘llaniladi. Kattalarga preparat o‘rtacha 250-500 mg dan kuniga 3 marta buyuriladi; zarur bo‘lsa, doza 2,5 g/kun gacha oshiriladi. Maksimal bir martalik doza – 750 mg, 60 yoshdan oshganlar uchun – 500 mg. 2 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50-100 mg dan kuniga 3 marta, maksimal bir martalik doza – 150 mg; 8-14 yoshli bolalarga - 250 mg dan kuniga 3 marta, maksimal bir martalik doza – 300 mg. Alkogolli abstinent sindromini bartaraf etish uchun davolashning dastlabki kunlarida preparat 250-500 mg dan kuniga 3 marta va 750 mg tunda buyuriladi, kunlik doza asta-sekin kattalar uchun odatdagi dozaga kamaytiriladi. Otogen labirintit va Menyer kasalligida zo‘rayish davrida - 750 mg dan kuniga 3-4 marta 5-7 kun davomida, vestibulyar buzilishlar og‘irligi kamayganda – 250-500 mg dan kuniga 3 marta 5-7 kun davomida va keyin 250 mg dan kuniga 1 marta 5 kun davomida. Kasalliklar yengil kechganida – 250 mg dan kuniga 2 marta 5-7 kun davomida, so‘ngra doza 250 mg dan kuniga 1 marta 7-10 kun davomida kamaytiriladi. Vestibulyar apparatning tomir va travmatik genezli buzilishlarida bosh aylanishini davolash uchun - 250 mg dan kuniga 3 marta 12 kun davomida. Kinetozlarning oldini olish uchun - 250-500 mg bir marta taxminiy safardan 1 soat oldin (ta’siri doza bog‘liq).
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichish. Markaziy nerv tizimidan: asabiylashish, hayajon, xavotir, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik. Ovqat hazm qilish tizimidan: ko'ngil aynishi (birinchi qabulda).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Nootrop preparat, gamma-amino-beta-fenilmaslo kislotasi gidroxloridi hisoblanadi. GABA vositasida markaziy asab tizimida nerv impulslarini uzatishni osonlashtiradi (GABA-retseptorlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi), shuningdek, trankviliziruyushiy, psixostimulyatsion, antiagregant va antioksidant ta'sir ko'rsatadi. To'qimalar metabolizmini normallashtirish va miya qon aylanishiga ta'sir qilish (miya qon oqimining hajmiy va chiziqli tezligini oshiradi, miya tomirlarining tonusini kamaytiradi, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, antiagregant ta'sir ko'rsatadi) hisobiga miya funksional holatini yaxshilaydi. Tashvish, zo'riqish, bezovtalik va qo'rquv hissini kamaytirish yoki yo'qolishiga yordam beradi, uyquni normallashtiradi, biroz antikonvulsant ta'sir ko'rsatadi. Xolin va adrenoretseptorlarga ta'sir qilmaydi. Latent davrni uzaytiradi va nistagm davomiyligi va ifodasini qisqartiradi. Asteniyaning namoyon bo'lishi va vazovegetativ simptomlarni (shu jumladan, bosh og'rig'i, boshda og'irlik hissi, uyqu buzilishi, asabiylik, emotsional labilitet) kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Psixologik ko'rsatkichlarni (diqqat, xotira, sensor-motor reaksiyalar tezligi va aniqligi) yaxshilaydi. Kursli qabulda jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi, uyquni normallashtiradi; harakat va nutq buzilishlari bo'lgan bemorlarning holatini yaxshilaydi. Asteniyali bemorlarda davolashning dastlabki kunlaridan boshlab ahvol yaxshilanadi; qiziqish va tashabbusni (faoliyat motivatsiyasi) oshiradi, sedativ ta'sir va qo'zg'alishsiz. Og'ir bosh miya jarohatlaridan so'ng qo'llanganda perifokal sohalarda mitoxondriyalar sonini oshiradi va bosh miya bioenergetik jarayonlarini yaxshilaydi. Yurak va oshqozonning nevrogen shikastlanishlarida lipidlarning peroksidlanish jarayonlarini normallashtiradi. Qariyalar orasida toliqish va haddan tashqari sustkashlik chaqirmaydi, bo'shashtiruvchi kechki ta'sir odatda kuzatilmaydi. Ko'z to'qimalarida mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, etanolning markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta'sirini kamaytiradi. Kam zaharli.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Eroziv-yallig‘lanishli oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Uzoq muddat qo‘llanganda jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Kuchli harakat kasalligi (shu jumladan, to‘xtovsiz qusish, bosh aylanishi) belgilari bo‘lsa, kam samarali. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlaridan voz kechish zarur.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Эффективные таблетки, помогли мне справиться со стрессом. Спасибо магазину Oxymed за качественный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукции. Быстрая доставка и удобный сервис. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico