-
Tarkibi
Bitta sasha paket quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol moddalari: paratsetamol - 1000 mg, fenilefrin gidroxlorid - 12,2 mg;
yordamchi moddalari: sukroza, laktosa monogidrat, aspartam, natriy saxarin, natriy sitrat, limon aromatizatori, limon kislotasi bezvodnaya, askorbin kislotasi, sariq bo'yoq, kremniy dioksidi.
-
Qo'llanilishi
O‘tkir nafas yo‘llari kasalliklari simptomlarini qisqa muddatli yengillashtirish, ular titroq, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh va mushak og‘rig‘i, burun bitishi va qiyin ajraladigan quyuq balg‘am bilan yo‘tal bilan kechadi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositasining ayrim komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar funksiyasining buzilishi va og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi; gipertenziya; yurak ishemik kasalligi (o‘tkir miokard infarkti, koronar arteriyalarning aterosklerozi); aortal stenoz; taxiaritmiya; gipertireoz; alkogolizm; qandli diabet; beta-adrenoblokatorlar, trisiklik antidepressantlar, monoaminooksidaza ingibitorlari (shu jumladan ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davomida), paratsetamol saqlovchi vositalar va simpatomimetik dekongestantlarni bir vaqtda qabul qilish; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo‘rayish bosqichi; prostata bezining giperplaziyasi; yopiq burchakli glaukoma; feoxromotsitoma; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 65 yoshdan katta yosh; homiladorlik va laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan: glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qon kasalliklari, tug‘ma gipierbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson, Rotor sindromlari), vazospastik kasalliklar (Reyno sindromi), gipieroksaluriya, bronxial astma, XOBL (surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi).
-
Qo'llash usuli
Preparat faqat og‘iz orqali qabul qilinadi.
1 paket tarkibini stakanga to‘kib, issiq suv (lekin qaynab turgan emas) quying, to‘liq eriguncha aralashtiring. Istalgan taqdirda ta'bga ko‘ra shakar, asal yoki oddiy shirinlashtiruvchi bilan shirinlashtirish mumkin.
Kattalar (qariyalarni ham qo‘shib) va 2 yoshdan katta bolalar: har 4-6 soatda bir dona sasha paket. 24 soat davomida 4 tadan ortiq paket qabul qilinmasin. Preparatni 4 soatdan tez-tez qabul qilmaslik kerak.
Kattalar uchun shifokor bilan maslahatlashmasdan maksimal davolash muddati - 3 kun (isitmani tushiruvchi sifatida qabul qilinganda) va 5 kundan ko‘p emas (og‘riq qoldiruvchi sifatida).
O‘smirlar va 12 yoshdan katta bolalar uchun shifokor bilan maslahatlashmasdan maksimal davolash muddati 48 soat.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Ko‘rsatilgan doza oshirilmasin.
Ta’sirga erishish uchun zarur bo‘lgan eng past doza va minimal qabul qilish davomiyligini qo‘llash kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar rivojlanish tez-tezligi quyidagi darajalarda keltirilgan: juda tez-tez (1/10); tez-tez (1/100, <1/10); kamdan-kam (1/1000, 1/100); kam (1/10000, 1/1000); juda kam (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Paratsetamol
Ushbu reaksiyalar tez-tezligi aniqlanmagan, lekin odatda ular kamdan-kam uchraydi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaksiyalar, teri gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan teri toshmasi, Kvinke shishi va Stivens-Djonson sindromi.
Nafas olish organlari, ko'krak qafasi va o'rtacha ko'krak oralig'i tomonidan buzilishlar: Aspiringa sezgir bemorlarda bronxospazm.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: o'tkir pankreatit.
Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: jigar disfunktsiyalari.
Psixika tomonidan buzilishlar: asabiylik, jizzakilik, bezovtalik va qo'zg'aluvchanlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: arterial bosimning oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya.
Postmarketing qo'llanilish davomida aniqlangan nojo'ya hodisalar quyida keltirilgan. Ushbu hodisalar tez-tezligi noma'lum, lekin, ehtimol, ular juda kam uchraydi.
Ko'rish organi tomonidan buzilishlar: midriaz, o'tkir yopiq burchakli glaukoma (eng ko'p yopiq burchakli glaukoma bo'lgan shaxslarda).
Yurak tomonidan buzilishlar: taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi.
Teri va teri osti yog' qavati tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar (masalan, toshma, eshakemi, allergik dermatit, shu jumladan boshqa simpatomimetiklar bilan o'zaro sezgirlik).
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: dizuriya, siydik tutilishi. Bu eng ko'p infravezikal obstruktsiyasi bo'lgan shaxslarda, masalan, prostata bezi gipertrofiyasida kuzatiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq.
Farmakodinamikasi
Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Ta’sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash va gipotalamusda termoregulyatsiya markaziga ta’sir qilish bilan bog‘liq.
Paratsetamol - narkotik bo‘lmagan analgetik. U siklooksigenazani (SOF) faqat markaziy asab tizimida (MAT) bloklaydi, og‘riq va termoregulyatsiya markazlariga ta’sir qiladi (yallig‘langan to‘qimalarda hujayra peroksidazalari paratsetamolning SOFga ta’sirini neytrallaydi), bu yallig‘lanishga qarshi ta’sirning yo‘qligini tushuntiradi. Periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga ta’sir qilmasligi natijasida suv-tuz almashinuvi (natriy va suvning ushlanishi) va me’da-ichak trakti (MITr) shilliq qavatiga salbiy ta’siri yo‘q.
Fenilefrin - simpatomimetik, aniq alfa-adrenoreseptor faolligiga ega, burun bo‘shlig‘i shilliq qavati tomirlarini toraytiradi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishishi va giperemiyasini bartaraf etadi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol tez va deyarli to‘liq me’da-ichak traktidan so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga og‘iz orqali qabul qilingandan 10-60 daqiqa o‘tib erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil etadi. Paratsetamol asosan jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan glyukuronidlar va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi.
Fenilefrin past biokiraolishlikka ega, chunki u me’da-ichak traktidan notekis so‘riladi va jigarda monoaminooksidaza ishtirokida metabolizmga uchraydi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiya 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi, yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil etadi, siydik bilan sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Paratsetamol
Paratsetamolning so‘rilish tezligi oshqozon bo‘shashishini tezlashtiruvchi preparatlar (masalan, metoklopramid yoki domperidon) bilan bir vaqtda qabul qilinganda oshadi.
Kolestiramin paratsetamol qabul qilinishidan 1 soat oldin yoki keyin buyurilganda uning so‘rilishini kamaytiradi.
Kumarinlar (shu jumladan varfarin) ning antikoagulyant ta’siri paratsetamol saqlovchi preparatlarni uzoq muddat davomida har kuni qabul qilishda kuchayishi mumkin, bu esa qon ketish xavfining oshishiga olib kelishi mumkin. Agar paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan davolash zarur bo‘lsa, antikoagulyantlar dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin. Potensial gepatotoksik preparatlar yoki jigar mikrosomal fermentlari induktsiyasini chaqiruvchi vositalar (masalan, spirtli ichimliklar, barbituratlar, monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar) paratsetamolning gepatotoksikligini kuchaytirishi mumkin, ayniqsa uning dozasi oshib ketganda.
Zidovudin va paratsetamolni bir vaqtda qo‘llash neyropeniya rivojlanish xavfini oshiradi.
Atsetilsalitsil kislotasi paratsetamolning yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Paratsetamolni NPVS bilan bir vaqtda qo‘llash ularning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.
Fenilefrinni monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish gipertonik kriz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Fenilefrinni boshqa simpatomimetik aminlar bilan bir vaqtda qo‘llash yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshirishi mumkin.
Fenilefrin beta-blokatorlar va boshqa antigipertenziv preparatlarning (masalan, debrizoxin, guanetidin, rezerpin, metildopa) samaradorligini kamaytirishi mumkin, bu esa gipertoniya va yurak-qon tomir tizimi tomonidan boshqa noxush hodisalar rivojlanish xavfini oshiradi.
Tritsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin) fenilefrinning yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi.
Fenotiazinlar, sedativ vosita sifatida qo‘llanilganda, markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kuchaytiradi.
Qoqon alkaloidlari (ergotamin va metilserid) ergotizm rivojlanish xavfini oshiradi.
Digoksin va yurak glikozidlari yurak urishining noturg‘unligi va yurak xurujining rivojlanish xavfini oshiradi.
Ingalatsion anesteziklar (shu jumladan xlorofrom, enfluran, galotan, izofluran) og‘ir bo‘lmachalar va qorinchalar aritmiyasi rivojlanish xavfini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Quyidagilarga e'tibor berish lozim, agar simptomlar: 5 kun davomida yaxshilanmasa; 3 kundan ortiq davom etadigan isitma bilan kechsa; 3 kundan ortiq davom etadigan tomoq og‘rig‘i, isitma, bosh og‘rig‘i, toshma, ko‘ngil aynishi yoki qusish bilan birga bo‘lsa.
Surunkali yo‘tal yoki astma bilan og‘rigan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Bemorlar preparatni qabul qilishni to‘xtatishlari va shifokor bilan maslahatlashishlari kerak, agar yo‘tal 5 kundan ortiq davom etsa yoki qaytalanib tursa, yoki isitma bilan birga bo‘lsa.
Yo‘tal refleksini bostiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Simpatomimetik preparatlar bosh miya stimulyatorlari sifatida ta’sir qilishi mumkin, uyqusizlik, asabiylik, gipergiperiksiya, tremor va epileptiform tutqanoqlarni chaqirishi mumkin. Boshqa simpatiomimetik preparatlar (dekongestantlar, ishtahani bostiruvchi vositalar, amfetamin qatoridagi psixostimulyatorlar) bilan bir vaqtda buyurishdan saqlanish lozim.
Paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda buyurishdan saqlanish lozim.
Preparat qonda glyukoza va siydik kislotasi miqdorini laborator tekshiruv natijalarini buzadi.
Tarkibida shakar mavjudligi sababli, kam uchraydigan tug‘ma fruktoza intoleransi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya va saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat tarkibida aspartam mavjud bo‘lib, u fenilalanin manbai hisoblanadi va fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlar uchun toksikdir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanilishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu dori vositasini qo‘llash mumkin emas.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri
Preparat bosh aylanishi, ongning chalkashishi chaqirishi mumkin, shuning uchun davolanish davrida avtomobil boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Paratsetamol.
Jigar shikastlanishi kattalarda 10 g va undan ortiq paratsetamol qabul qilganda yuzaga kelishi mumkin. 5 g yoki undan ortiq paratsetamol qabul qilish jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin, agar quyidagi xavf omillari mavjud bo‘lsa: karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki boshqa jigar fermentlarini faollashtiruvchi preparatlar bilan uzoq muddatli davolanish; spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish; glyutation yetishmovchiligi (masalan, noto‘g‘ri ovqatlanish, mukovistsidoz, VICh-infektsiya, ochlik, kaxeksiya).
Paratsetamol bilan dozani oshirib yuborish simptomlari dastlabki 24 soatda: teri oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya va qorin sohasida og‘riq. Jigar shikastlanishi paratsetamol qabul qilingandan keyin 12-48 soat ichida namoyon bo‘lishi mumkin. Glyukoza almashinuvining buzilishi va metabolik atsidoz yuzaga kelishi mumkin. Og‘ir zaharlanishlarda, jigar yetishmovchiligi ensefalopatiya, qon ketishi, gipoglikemiya, miya shishi va o‘limga olib kelishi mumkin. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi o‘tkir nekroz, bel sohasida og‘riq, gematuriya va proteinuriya bilan, hatto jigar jiddiy shikastlanmagan hollarda ham rivojlanishi mumkin. Yurak aritmiyalari va pankreatitlar haqida xabarlar bo‘lgan.
Davolash. Paratsetamol bilan dozani oshirib yuborishni davolashda zudlik bilan choralar ko‘rish muhim ahamiyatga ega. Dozani oshirib yuborishning erta simptomlari bo‘lmasa ham, bemor darhol statsionarga yetkazilishi kerak. Simptomlar faqat qusish bilan cheklanishi va dozani oshirib yuborish og‘irligi yoki organlar shikastlanishi xavfiga mos kelmasligi mumkin. Yordam ko‘rsatish belgilangan davolash standartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash paratsetamol qabul qilingandan keyin 1 soat ichida dozani oshirib yuborish aniqlansa ko‘rib chiqilishi kerak. Paratsetamolning plazmadagi konsentratsiyasini dori vositasi qabul qilingandan keyin har 4 soatda o‘lchash kerak. N-atsetilsistein bilan davolash paratsetamol qabul qilingandan keyin 24 soat ichida qo‘llanilishi mumkin, biroq maksimal himoya ta’siri dori vositasi qabul qilingandan keyin 8 soat ichida erishiladi. Antidot samaradorligi ushbu vaqtdan keyin keskin kamayadi. Zarur bo‘lsa, N-atsetilsistein vena ichiga yuborilishi mumkin. Agar bemorda metioninga yuqori sezuvchanlik bo‘lmasa, u shoshilinch tibbiy yordam uchun mos alternativ bo‘lishi mumkin.
Fenteferin. Fenilefrin bilan dozani oshirib yuborish «Nojo‘ya ta’sirlar» bo‘limida keltirilgan ta’sirlarga o‘xshash ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Qo‘shimcha simptomlar asabiylashish, bezovtalik, gipereksitabilnost va, ehtimol, reflektor bradikardiyani o‘z ichiga olishi mumkin. Og‘ir hollarda hushning buzilishi, gallyutsinatsiyalar, tutqanoq va aritmiyalar yuzaga kelishi mumkin.
Davolash. Arterial bosim oshishini alfa-retseptor antagonistlari, masalan, vena ichiga fentolamin yuborish orqali bartaraf etish kerak.