Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini uzluksiz uzoq muddat (10 kundan ortiq) davomida, surunkali rinitlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Dori vositasini uzoq muddat qo'llash teskari ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak, ayniqsa bolalar va qariyalar davolashda.
Dori vositasini yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertoniya, yopiq burchakli glaukoma, diabet, qalqonsimon bez kasalliklari bo'lgan bemorlarga, adrenerjik dori vositalarini qo'llaganda kuchli reaktsiyalar (uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning oshishi) paydo bo'ladigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dori vositasining qon tomirlarini toraytiruvchi ta'siri tufayli ichki ko'z bosimini oshirish mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo'llash
Dori vositasini homiladorlik paytida qo'llash mumkin emas.
Xilometazolin emizikli sut bilan ajralib chiqishi noma'lum, shuning uchun bolalarni emizayotgan ayollarga dori vositasini faqat shifokor fikriga ko'ra, onaga kutilayotgan foyda bolaga potentsial xavfdan oshsa, qo'llash mumkin.
Bollar
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga 3 oydan oldin dori vositasini qo'llash tavsiya etilmaydi.
3 oydan katta va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolashda dori vositasini faqat shifokor buyurganida qo'llash kerak.
Farmazolin® 0,05% eritma 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ko'rsatilgan.
Farmazolin® 0,1% eritma 6 yoshdan katta bolalarga ko'rsatilgan.
Avtomobil boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Dori vositasi tavsiya etilgan dozalarida qo'llanganda transport vositalarini va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositasini amal qilish muddati o'tganidan keyin qo'llash tavsiya etilmaydi va uni bolalar uchun yetarli bo'lmagan joyda saqlash kerak.