Maxsus ko'rsatmalar
Farmatex to'g'ri qo'llanilganda homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparat hisoblanadi. Biroq, spermisidli mahalliy kontratseptsiya usuli har doim gormonal kontratseptsiya, bachadon ichiga kontratseptivlar, diafragma, servikal qalpoqcha yoki prezervativga nisbatan kamroq samaralidir. Farmatex preparatining faol moddasini sovun parchalaydi, shuning uchun jinsiy a'zolar gigiyenasi uchun sovunni jinsiy aloqadan 2 soat oldin va 2 soat keyin ishlatish taqiqlanadi. Tashqi jinsiy a'zolar gigiyenasini faqat oddiy suv bilan, har ikki hamkor uchun ham, amalga oshirish mumkin. Vaginal yuvish (sprinsevaniye) jinsiy aloqadan kamida 2 soat o'tgach amalga oshirilishi mumkin. Vaginalga kiritilgan Farmatex preparati bilan vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va ochiq suv havzalarida cho'milish mumkin emas, chunki bu uning kontratseptiv ta'sirini kamaytirishi mumkin. Vaginal qo'llash uchun mo'ljallangan preparatlar bilan davolash zarur bo'lsa, Farmatex preparatini davolash tugaguniga qadar vaqtincha to'xtatish kerak. Ushbu kontratseptsiya usuli jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar yoki inson immunitet tanqisligi virusi bilan chaqirilgan kasalliklardan himoya qilmaydi. Bu kasalliklardan faqat bitta to'siq kontratseptsiya usuli – prezervativ – himoya qiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat kontratseptiv hisoblanadi, homiladorlik davrida qo'llanilmaydi. Benzalkoniya xlorid bilan kontratseptsiya fonida homiladorlik yuzaga kelganda, homiladorlik kechishiga ta'siri aniqlanmagan. Ona suti bilan ajralmaydi, laktatsiya davrida qo'llanilishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumot yo'q.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborish