Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari faringomed № 20 tabletkalari d/rass
Kattalar va 5 yoshdan katta bolalarda tomoqning yallig‘lanish kasalliklarini davolash, shu jumladan, kompleks terapiya tarkibida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori individual sezuvchanlik; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli); homiladorlik, emizish davri.
Qo'llash usuli
Qabul qilish uchun bir tabletkani og‘izda to‘liq eriguncha ushlab turiladi. Preparatni kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan qabul qilish maqsadga muvofiq.
Preparat quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilinadi: davolashning dastlabki 2 soatida har soatda 1 tadan, so‘ngra har 3-4 soatda 1 tadan, lekin sutkada 5 tabletkadan ko‘p emas.
Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan 24 soat o‘tib ham kasallikning yaqqol simptomlari saqlanib qolsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va bu haqda davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
Ko‘p komponentli gomeopatik preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar bilan bog‘liq. Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Shish, qizarish, tomoqda qichishish va og‘riqni kamaytiradi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi, LOR-organlar tomonidan asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Gomeopatik dori vositalarini qabul qilganda mavjud simptomlar vaqtincha kuchayishi (birlamchi yomonlashish) mumkin. Bunday holatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Preparatni qo‘llash diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operator ishlari) bajarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishda preparat tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalarga bog‘liq dispeptik hodisalar yuzaga kelishi mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari hozirgacha qayd etilmagan.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!