Maxsus ko'rsatmalar
Qo‘llashdan oldin nasos-dozatorning himoya qopqog‘ini olib tashlang. Barmoqlaringiz bilan yengil bosib, 2 marta sinov purkashini bajaring (burunga emas), so‘ngra shifokor tomonidan belgilangan dozalarda burunga purkang. Foydalanishdan so‘ng har doim nasos-dozatorni himoya qopqog‘i bilan yoping.
Homilador va emizikli ayollarda qo‘llanilishi
Terapik dozalarda qo‘llanganda preparat lokal ta’sir ko‘rsatadi va tizimli ta’sir qilmaydi, shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan kontingentda preparatni terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin.
Arterial gipertenziya, gipertireoz, yurak-qon tomir patologiyasi, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan, arterial bosim (oshishi) va yurak faoliyati (yurak urishi, yurak ritmining buzilishi) buzilishlari yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olib qo‘llash kerak.
Ayniqsa, α-adrenomimetiklarni sportchilar musobaqa vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtotransport boshqarish vaqtida ta’siri
Avtotransport boshqarish yoki diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri