Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari etosert 100mg/10mg 50g tashqi foydalanish uchun krem
Faol moddalari: etofenamat 100 mg, benzilnikotinat 10 mg.
Yordamchi moddalari: benzil spirti, setil spirti, limon kislotasi suvdan holi, glitserin monostearat, makrogol stearat, izopropilmiristat, tozalangan suv.
Qo'llanilishi
Suyak-mushak tizimi yumshoq to‘qimalarining surunkali yoki subakut revmatik kasalliklari, jumladan:
- mushak revmatizmi;
- "muzlagan yelka" (yelka periartriti) bilan bog‘liq mushak spazmi;
- lumbago;
- ishalgiya;
- tenosinovit;
- bursit;
- umurtqa va bo‘g‘imlar kasalliklari.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- etrofenamat, flufenam kislotasi va benzilnikotinatga, shuningdek, Etosert tarkibiga kiruvchi har qanday modda yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlikning oxirgi trimestri;
- laktatsiya davri;
- ushbu yosh guruhida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar cheklanganligi sababli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.
Qo'llash usuli
Tashqi qo‘llash uchun.
Etosert kremi og‘riqli soha terisiga 2 g gacha (findiq hajmida) miqdorda kuniga 3-4 marta ehtiyotkorlik bilan massaj harakatlari bilan surtiladi.
Davolash kursi: 2 haftagacha. Agar simptomlar yo‘qolmasa, davolashni qayta ko‘rib chiqish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.
Maxsus bemor guruhlari
Buyrak va jigar yetishmovchiligi
Dozani tuzatish talab qilinmaydi.
Bolalar
Dorivor vositani bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Etosert bolalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.
Keksalar
Dozani tuzatish talab qilinmaydi
Farmakologik xususiyatlari
Etrofenamat nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, analgetik xususiyatlarga ega. Etrofenamatning aniq yallig‘lanishga qarshi ta’siri turli mexanizmlar bilan bog‘liq va hayvonlarda o‘tkazilgan turli tajribalarda hamda odamlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan. Etrofenamat yallig‘lanish jarayonining turli nuqtalariga ta’sir qiladi: prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishdan tashqari, u gistamin va gialuronidaza ajralishini ingibitsiya qiladi, bradikinin va serotonin ga nisbatan antagonistik ta’sir ko‘rsatadi, komplement tizimi komponentlari faolligini ingibitsiya qiladi.
Etrofenamatning membranalarni barqarorlashtirish xususiyati proteolitik fermentlarning ajralishini oldini oladi. Shu tariqa, uning qo‘llanilishi ekssudativ va proliferativ yallig‘lanish hodisalarini oldini oladi, anafilaktik reaksiyalar va begona agentlarga nisbatan reaksiyalarni kamaytiradi.
Benzilnikotinat gipermik ta’sirga ega bo‘lib, bu qo‘llash sohasida issiqlik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Etosertni shikastlangan yoki ekzematöz yallig‘langan teriga surish tavsiya etilmaydi.
Etosertni shilliq qavatlarga yoki ko‘zga surish tavsiya etilmaydi.
AVTOTRANSPORT BOSHQARISH VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA’SIRI
Etosert preparatining transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga biron-bir ta’siri aniqlanmagan.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!