Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari essencecaps № 50 kapsulalar
bitta kapsula tarkibida "essentsial" fosfolipidlar - 300 mg lechitin (Soleka V-10, soya suyuq) ko'rinishida mavjud.
Kapsula qobig'i tarkibi: jelatin, glitserin, natriy benzoat, tozalangan suv, titan dioksid E-171, temir oksidi qora E-172, temir oksidi qizil E-172, temir oksidi sariq E-172.
Qo'llanilishi
Essentsikaps quyidagi sub'ektiv simptomlarni yaxshilash uchun qo'llaniladi: ishtahaning yo'qolishi, o'ng yuqori qorin sohasida bosim hissi, shuningdek, quyidagi kasalliklarni kompleks davolashda:
- o'tkir va surunkali gepatitlar;
- turli etiologiyali jigar yog'li degeneratsiyasi (shu jumladan qandli diabetda);
- turli genezli lipid almashinuvi buzilishlari;
- jigar toksik shikastlanishlari;
- alkogolli yoki narkotik intoksikatsiya.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Essentsikaps bolalarga 12 yoshdan boshlab va kattalarga kuniga 3 marta 2 kapsuladan ovqat vaqtida, butun holda yutib va ko'p miqdorda suyuqlik (eng yaxshisi 200 ml stakan suv) bilan ichiladi.
Qo'llash davomiyligi bo'yicha asosan hech qanday vaqt cheklovlari mavjud emas.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ba'zan Essentsikapsning katta dozalari qo'llanganda diareya va qorin sohasida noqulaylik hissi paydo bo'lishi mumkin.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida soya yog‘i bo‘lgani sababli, kamdan-kam hollarda og‘ir allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Ushbu dori terapiyasi jigarni shikastlovchi omillardan (masalan, spirtli ichimliklar) saqlanishni almashtirmaydi.
Surunkali gepatitda qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, agar davolash vaqtida sub’ektiv simptomlarning yaxshilanishi aniq bo‘lsa, o‘rinli hisoblanadi. Shikoyatlar soni ko‘payganda, shuningdek, boshqa tushuntirib bo‘lmaydigan simptomlar paydo bo‘lganda, shifokor maslahat o‘tkazishi kerak.
Bolalar
Essentsikapsni bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun u 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmasligi kerak.
Avtomobil haydash, texnika bilan ishlashga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!