Farmakologik xususiyatlari
Jigar kasalliklarida gepatotsitlar nobud bo‘ladi, bu esa jigar fermentlarining chiqishiga va ularning qon zardobidagi faolligining oshishiga olib keladi.
Essentiale® N tarkibidagi fosfolipidlarning kimyoviy tuzilishi endogen fosfolipidlarning tuzilishiga o‘xshash, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalarining yuqori miqdori tufayli, Essentiale® N tarkibidagi fosfolipidlar yanada faolroqdir. Yuqori energiyali fosfolipid molekulalari jigar hujayralari membranalari tuzilmasiga qo‘shilib, ularning membranalarining regeneratsiyasini oshiradi.
Essensial fosfolipidlarning kimyoviy tuzilishining o‘ziga xosligi tufayli, hujayra membranalaridagi ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarida tsis-ikki bog‘larning (uglevodorod zanjirlarining ikki bog‘lar bir tomonida joylashishi) mavjudligi yog‘ kislotalari tuzilmasining zichlashishiga to‘sqinlik qiladi. Bu membrana tuzilmasining ko‘proq suyuqlanishiga olib keladi, bu esa organizmdagi ko‘pchilik hujayralarning optimal faoliyati uchun zarurdir. Shu mexanizm orqali essensial fosfolipidlar hujayralarning gormonlar yoki neyrotransmitterlar uchun retseptor bo‘lgan qismlariga ta’sir ko‘rsatadi, natijada modda almashinuvi tezligi, ayniqsa, lipidlar almashinuvi kuchayadi. Fosfolipidlar buzilgan lipid almashinuviga lipoproteidlar metabolizmini tartibga solish orqali aralashadi, shunday qilib neytral yog‘lar va xolesterin tashiladigan shakllarga aylanadi va eng muhimi, bu yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning xolesterinni ushlash qobiliyatining oshishi hisobiga sodir bo‘ladi va shu tarzda uning oksidlanishiga olib kelishi mumkin. Ekzogen fosfolipid molekulalari o‘zining antioksidant xususiyatlari va erkin radikallarni ushlash xususiyati bilan lipidlarni ortiqcha oksidlanishdan ishonchli himoya qiladi, ya’ni oksidlovchi stressni bostiradi va hujayra shikastlanishini kamaytiradi. Essensial fosfolipidlar jigar mikrosomalarida vodorod peroksidi ishlab chiqarilishini kamaytiradi va jigar hamda plazmadagi kamaygan glyutation konsentratsiyasini oshiradi.
Essentiale® N eritmasining tomir ichiga yuborilishi jigar faoliyati buzilgan bemorlarda ichak-jigar safro kislotalari aylanishini yaxshilaydi. Fosfolipidlar safro tarkibi va oqimiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Fosfolipidlarning safro bilan chiqarilishi vaqtida safro toshlari hosil bo‘lishi xavfi kamayadi va safro tarkibi barqarorlashadi.