-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: enalapril maleat - 5 mg, 10 mg, 20 mg;
yordamchi modda: laktosa monogidrat, magniy karbonat yengil, natriy kraxmal glikolyat, kartoshka kraxmali, aerosil, magniy stearat, temir oksid jigarrang.
-
Qo'llanilishi
arterial gipertenziyaning turli shakl va og‘irlik darajalari (shu jumladan, renovaskulyar gipertenziya);
I-III bosqich yurak yetishmovchiligi, shu jumladan, simptomlarsiz chap qorincha disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlarda kompleks terapiya tarkibida;
chap qorincha disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar ishemiyani oldini olish
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
enalapril va boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik;
anamnezda angionevrotik shish mavjudligi;
porfiriya;
homiladorlik II va III trimestri;
laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan: birlamchi giperal'dosteronizmda, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozida, yagona buyrak arteriyasining stenozida, giperkaliemiyada (5,5 mmol/l dan yuqori), buyrak ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi holatda; aortal stenozda, mitral stenozda (gemodinamik buzilishlar bilan), idiopatik gipertrofik subaortal stenozda, biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklarida, yurak ishemik kasalligida, serebrovaskulyar kasalliklarda, qandli diabetda, buyrak yetishmovchiligida (proteinuriya 1 g/kundan ortiq), jigar yetishmovchiligida, tuz cheklangan dietada bo‘lgan yoki gemodializda bo‘lgan bemorlarda, immunodepressantlar va saluretiklar bilan birga qabul qilganda, keksalarda (65 yoshdan katta).
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar.
Arterial gipertenziya
Yengil darajada boshlang'ich doza 5 mg, boshqa darajalarda - 10 mg 1 marta sutkada. Ta'sir bo'lmagan taqdirda, doza haftasiga 5 mg ga oshiriladi. Qo'llab-quvvatlovchi doza - 20 mg 1 marta sutkada. Doza sutkada 40 mg dan oshmasligi kerak.
Renovaskulyar gipertenziya
Qabul qilish past doza - 2,5 mg dan boshlanadi. Doza individual tarzda tanlanadi. Maksimal sutkalik doza - 40 mg enalapril.
Diuretiklar bilan birga davolash
Enalaprilning birinchi qabulidan so'ng og'ir gipotenziya rivojlanishi mumkin, shu sababli ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Diuretiklar bilan davolash enalapril bilan davolash boshlanishidan 2-3 kun oldin to'xtatilishi kerak. Enalaprilning boshlang'ich doza 5 mg yoki undan kam, preparatning individual ta'siri aniqlanmaguncha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Umuman olganda, Enalapril yaxshi ko'tariladi. Nojo'ya ta'sirlar umumiy tez-tezligi platsebo qo'llangandagi kabi yuqori emas.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: 2% dan kam arterial yoki ortostatik gipotenziya, hushdan ketish; ayrim hollarda - miokard infarkti, insult, ko'krak sohasida og'riq, yurak urishining tezlashuvi, yurak ritmining buzilishi, stenokardiya, Reyno sindromi.
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: eng ko'p - bosh aylanishi, bosh og'rig'i; 2-3% hollarda - tez charchash, asteniya; ayrim hollarda - depressiya, ongning chalkashligi, uyqu buzilishi, qo'zg'alish, paresteziya, quloqda shovqin, ko'rishning noaniqligi.
Hazm qilish tizimi tomonidan: 2% dan kam - ko'ngil aynishi, diareya; ayrim hollarda - ichak tutilishi, pankreatit, jigar yetishmovchiligi, gepatit, sariqlik, qorin sohasida og'riq, qusish, dispepsiya, qabziyat, anoreksiya, stomatit, ta'm sezishning buzilishi, glossit, transaminazalar va bilirubin faolligining qaytariluvchi oshishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: 2% dan kam - yo'tal; ayrim hollarda o'pka infiltratlari, bronxospazm, bronxial astma, nafas qisishi, rinoreya, tomoqda og'riq, ovozning xiralanishi.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: kamdan-kam - buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, siydikda mochevina va kreatin miqdorining qaytariluvchi oshishi.
Allergik reaksiyalar: 2% dan kam - teri cmmm$ kamdan-kam - angionevrotik shish; ayrim hollarda - ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, toshma.
Quyidagi simptomokompleks rivojlanishi mumkin: isitma, serozit, vaskulit, mialgiya/miozit, artralgiya/artrit, antinuklear antitellarga ijobiy test, SOE oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan: gemoglobin va gematokrit darajasining pasayishi mumkin; ayrim hollarda - neyropeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Dermatologik reaksiyalar: ayrim hollarda - terlashning kuchayishi, pemfigus, qichishish, toshma, alopesiya, fotosensibilizatsiya, yuz terisining qizarishi.
Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: giperqaliemiya va giponatriemiya.
Boshqalar: 2% dan kam - mushaklarda tutqanoq; ayrim hollarda - impotensiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Enalaprilning klinik effekti angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) faolligini bostirishi va natijada to‘qimalarda va aylanib yuruvchi qonda angiotenzin I dan angiotenzin II hosil bo‘lishining kamayishi bilan bog‘liq. Angiotenzin II konsentratsiyasining kamayishi o‘z navbatida vazodilatatsiyaga, aldosteron sekretsiyasining kamayishiga, qonda kaliy konsentratsiyasining va renin faolligining oshishiga olib keladi.
Ushbu o‘zgarishlarning gemodinamik oqibatlari periferik tomir qarshiligining (OPSS) pasayishi, sistolik va diastolik arterial bosimning pasayishi, yurak chiqishining oshishi, miokardga post- va prednagruzkaning kamayishi bo‘ladi.
Preparatning gipotenziyal effekti plazmada renin yuqori konsentratsiyada bo‘lganda eng yaqqol namoyon bo‘ladi, uning konsentratsiyasi kamayganda klinik effekt kamroq ifodalanadi. Ba’zi bemorlarda arterial bosimning optimal darajasiga erishish uchun bir necha hafta davomida davolash talab qilinadi.
Enalaprilning vazodilatatsion va biroz diuretik effekti ham bradikininning parchalanishini bloklash orqali ta’minlanadi, u esa o‘z navbatida vazodilatatsion va buyrak prostaglandinlarining sintezini stimulyatsiya qiladi.
Bradikinin miqdorining oshishi, ham plazmada, ham organizm organ va to‘qimalarida lokal ravishda, surunkali yurak yetishmovchiligida miokard, buyraklar, tomirlarning silliq mushaklarida sodir bo‘ladigan patologik jarayonlarni bloklaydi. Shu bilan birga koronar va buyrak qon oqimi kuchayadi, uzoq muddatli qo‘llashda (3-4 haftalik davolashdan boshlab) chap qorincha va rezistent tipdagi arteriyalar devorlarining miofibrillari gipertrofiyasi kamayadi, chap qorinchaning kengayishi sekinlashadi va ishemiyalangan miokardning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi.
Preparatning diuretik effekti tufayli glomerulyar gipertenziya kamayadi, glomeruloskleroz rivojlanishi sekinlashadi va surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi pasayadi.
Terapetik chegaralarda arterial bosimning pasayishi (100 dan 60 mm simob ustunidan past emas; qiymat jinsi, yoshi, hamroh kasalliklarga qarab o‘zgaradi) miya qon aylanishiga ta’sir qilmaydi: miya qon ta’minoti past arterial bosim fonida ham yetarli darajada saqlanadi.
Farmakokinetika
Enalaprilat – enalaprilning faol metaboliti bo‘lib, u AAF ingibitori hisoblanadi. Enalapril prolekardir, chunki asosiy ta’sir qiluvchi modda to‘g‘ridan-to‘g‘ri u emas, balki uning faol metaboliti enalaprilat (jigar sitoxrom P450 3A4 fermenti ishtirokida gidroliz mahsuloti) bo‘lib, u enalaprilga nisbatan AAF ni kuchliroq ingibitsiya qiladi. Preparat og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng so‘rilishi – 60%, ovqat qabul qilish so‘rilish samaradorligiga ta’sir qilmaydi. Maksimal konsentratsiyaga (TCmax) erishish vaqti enalapril uchun 1 soat, enalaprilat uchun taxminan 3-4 soatni tashkil etadi. Enalaprilatning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 50-60% ga yetadi. Preparat ishlab chiqaruvchisi ma’lumotlariga ko‘ra, og‘iz orqali qabul qilinganda gipotenziyal effektning boshlanish vaqti o‘rtacha 1 soat, maksimal ifodalanishi 4-6 soatda kuzatiladi va 24 soatgacha davom etadi. Biroq, mustaqil klinik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, enalapril qabul qilingandan keyingi klinik effekt (ba’zi kombinatsiyalardan tashqari) faqat 12 soatgacha saqlanadi.
Enalaprilat gistogematik to‘siqlardan yaxshi o‘tadi, gematoensefalik to‘siqdan tashqari, oz miqdorda platsentar to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak sutiga o‘tadi. Enalaprilatning yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil etadi, shundan 60% buyraklar orqali (20% enalapril ko‘rinishida va 40% enalaprilat ko‘rinishida) va 33% ichak orqali (6% enalapril ko‘rinishida va 27% enalaprilat ko‘rinishida) chiqariladi. Gemodializ (chiqarilish tezligi 62 ml/min) va peritoneal dializ orqali chiqariladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Enalapril homiladorlikning II-III trimestrida homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda kasallik yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Enalapril qo‘llanishi homilada arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi, giperqaliemiya va/yoki bosh suyaklarining gipoplaziyasini chaqiradi. Oligogidramnion rivojlanishi, oyoq-qo‘llarning kontrakturasi, yuz suyaklarining deformatsiyasi, o‘pka gipoplaziyasi mumkin.
Enalapril qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari rivojlanish nuqsonlarini aniqlash uchun diqqat bilan tekshirilishi kerak. Enalapril yangi tug‘ilgan chaqaloq organizmidan qisman peritoneal dializ yordamida chiqarilishi mumkin.
Enalapril ko‘krak suti bilan ajraladi. Laktatsiya davrida qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: bosimning sezilarli pasayishi, kollaps, miokard infarkti, miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi yoki tromboemboliya, tutqanoq, stupor.
Davolash: bemorga oyoqlari ko‘tarilgan gorizontal holat berish. Faollashtirilgan ko‘mir bilan me’da yuvish. Og‘ir holatlarda – shifoxonaga yotqizish va arterial bosimni barqarorlashtirishga qaratilgan choralar: eritmalar yoki plazma o‘rnini bosuvchilarni tomir ichiga yuborish. Gemodializ o‘tkazish mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Enalapril etanol ta’sirini kuchaytiradi, Li+ chiqarilishini sekinlashtiradi; teofillin saqlovchi dori vositalarining ta’sirini susaytiradi.
Gipotenziv ta’sirini NPVP, estrogenlar susaytiradi; diuretiklar, boshqa gipotenziv dori vositalari (beta-adrenoblokatorlar, metildopa, nitratlar, BMKK, gidralazin, prazosin), umumiy anesteziya uchun dori vositalari, etanol kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar va kaliy saqlovchi dori vositalari giperkaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Suyak ko‘migi funksiyasini bostiruvchi dori vositalari neytropeniya va/yoki agranulositoz rivojlanish xavfini oshiradi.
Immunodepressantlar, allopurinol, sitostatiklar gematotoksikligini kuchaytiradi.