Nojo´ya ta´sirlar
Ellesusga individual yuqori sezgirlikda ayrim bemorlarda mumkin:
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi (papulyar, petehiyal, eritromatoz), qichish, terining gipermiyasi, gipertemiya, qichitqi, ayrim hollarda Kvinke shishi, anafilaktik shok.
Markaziy va periferik nerv tizimidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tremor, paresteziya, ayrim hollarda notekis yurish, muvozanatni yo'qotish, qisqa muddatli ongni yo'qotish.
Jigar va biliyar tizimdan: transaminazlar va bilirubin darajasining oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimidan: qayt qilish, ayrim hollarda qusish, diareya, qorin og'rig'i.
Yurak-qon tomir tizimidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, takikardiya, ko'krak ortida og'riq.
Nafas olish organlaridan: ayrim hollarda havo yetishmasligi, nafas qisilishi, bronxobstruktsiya, quruq yo'tal.
Mahalliy reaksiyalar: kiritish paytida vena bo'ylab kuyish hissi, flebit, kiritish joyida og'riq va shish.
Boshqalar: umumiy zaiflik, titroq, issiqlik hissi, bel og'rig'i, terlash.