Qo'llash usuli
Ekstum quruq kukunli flakon va in'ektsiya uchun steril suv (SVDS) bo‘lgan qadoqda chiqariladi.
Ekstum steril in'ektsiya uchun suvda (SVDS) eritilgandan so‘ng vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilishi mumkin. Preparatning har bir qadoqida mavjud bo‘lgan SVDS ampulalari soni va qo‘llash uchun tavsiya etilgan SVDS hajmi quyidagi jadvalda keltirilgan.
EKSTUM 1,5 g - 1 ampula 10 ml - 5 ml (m/i) - 10-20 ml (v/i)
EKSTUM 0,75 g - 1 ampula 5 ml - 2-3 ml (m/i) - 5 ml (v/i)
EKSTUM 0,375 g - 1 ampula 5 ml - 2 ml (m/i) - 5 ml (v/i)
Stabilitet bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarimiz eritmaning 25°S da 24 soat va 2-8°S da 3 kungacha barqarorligini ko‘rsatdi, biroq eritmani eritilgandan so‘ng darhol ishlatish tavsiya etiladi.
Kattalar
Kattalar uchun odatdagi sutkalik doza (Tseftriakson holatida) 1-2 grammni tashkil etadi, u 1 marta yoki infeksiya og‘irligiga qarab teng bo‘lingan dozada 2 marta yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 4 grammdan oshmasligi kerak.
Buyrak faoliyati og‘ir buzilgan bemorlarda (KK 15-30 ml/min) preparatning maksimal doza har 12 soatda 1 g (sulbaktamning maksimal sutkalik doza – 2 g), KK 15 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarda esa sulbaktamning maksimal doza har 12 soatda 500 mg (sulbaktamning maksimal sutkalik doza — 1 g) ni tashkil etadi.
Pediatrik bemorlar
Terining va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari uchun tavsiya etilgan sutkalik doza (Tseftriakson holatida) 50-75 mg/kg ni tashkil etadi, u 1 marta yoki teng bo‘lingan dozada 2 marta yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1 grammdan oshmasligi kerak. O‘tkir bakterial otitni davolash uchun: bir martalik mushak ichiga yuboriladigan doza (tseftriakson holatida) 250 mg/kg (1 grammdan oshmasligi kerak) tavsiya etiladi.
Og‘ir aralash infeksiyalarni (meningitdan tashqari) davolash uchun Tseftriakson holatida tavsiya etilgan sutkalik doza 50-75 mg/kg ni tashkil etadi, u har 12 soatda bo‘lingan dozada beriladi. Maksimal sutkalik doza (Tseftriakson holatida) 2 grammdan oshmasligi kerak.
Meningitni davolash uchun Tseftriakson holatida boshlang‘ich terapevtik doza 100 mg/kg (4 grammdan oshmasligi kerak) tavsiya etiladi. Sutkalik doza (Tseftriakson holatida) 1 marta yoki har 12 soatda teng bo‘lingan dozada yuborilishi mumkin. Odatda davolash davomiyligi 7-14 kun. Odatda Tseftriakson bilan davolash infeksiya belgi va simptomlari yo‘qolgandan keyin kamida 2 kun davom ettirilishi kerak. Odatda davolash 4-14 kun davom etadi. Murakkab infeksiyalarda uzoqroq davolash talab qilinishi mumkin.
Streptokokk sababli infeksiyalarni davolashda antipiogen terapiya kamida 10 kun davom ettirilishi kerak.