-
Tarkibi
1 paket tarkibi Faol moddalari Paratsetamol 325 mg Fenilefrin gidroxlorid 10 mg Feniramin maleat 20 mg Askorbin kislotasi 50 mg Yordamchi moddalari kaltsiy fosfat, limon kislotasi, maltodekstrin, natriy sitrat digidrat, saxaroza, titan dioksid, etilmaltol, olma kislotasi; Limon aromatizatori limon, bo‘yoq quyosh botishi sariq, bo‘yoq xinolin sariq, Qora smorodina aromatizatori qora smorodina, bo‘yoq brilliant ko‘k, bo‘yoq quyosh botishi sariq, bo‘yoq Ponso 4R.
-
Qo'llanilishi
- «sovuq» va gripp simptomlarini bartaraf etish - tana haroratining ko‘tarilishi, - bosh og‘rig‘i, - sovqotish, - bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riq, - burun bitishi, - burun bo‘shliqlari va tomoqdagi og‘riq.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari. Gipertireoz (tireotoksikoz). Qandli diabet va irsiy shakar so‘rilishining buzilishi (sakar saqlaydi). Yurak kasalliklari (aorta og‘zi yaqqol stenoz, o‘tkir miokard infarkti, taxiaritmiyalar). Arterial gipertenziya. Trisiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, MAO ingibitorlari qabul qilish, shu jumladan bekor qilingandan keyin 14 kun ichida. Boshqa paratsetamol saqlovchi vositalar va shamollash, gripp va burun bitishi simptomlarini yengillashtiruvchi vositalarni qabul qilish. Prostata bezining adenomasi. Yopiq burchakli glaukoma. 12 yoshgacha bo‘lgan yosh. Glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligida, yaxshi sifatli gipyerbilirubinemiya, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash.
-
Qo'llash usuli
1 sache (paket) tarkibini krujkaga to‘kib, issiq suv quying, eritmaguncha aralashtiring. Zarur bo‘lsa, sovuq suv va shakar qo‘shing. Kattalar har 6 soatda bir paketdan. 24 soat davomida 4 paketdan ko‘p qabul qilinmasin. Preparatni 4 soatdan tez-tez qabul qilmang. 12 yoshdan katta bolalar har 6 soatda bir paketdan. 24 soat davomida 3 paketdan ko‘p qabul qilinmasin. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga shifokor tavsiyasisiz preparat bermang. Shifokor bilan maslahatlashmasdan 5 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Simptomlar saqlanib qolsa, shifokorga murojaat qiling. Ko‘rsatilgan doza oshirilmasin. Doza oshib ketgan taqdirda, hatto ahvol yaxshi bo‘lsa ham, zudlik bilan tibbiy yordam zarur, chunki jigar og‘ir zararlanishi xavfi bor. Paratsetamol bilan zaharlanishda maxsus antidot – atsetilsistein.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Paratsetamol kamdan-kam hollarda nojo‘ya ta’sirlarni chaqiradi. Ba’zan allergik reaksiyalar, teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeiya, agranulotsitoz. Doza uzoq muddat oshirib yuborilganda gepatotoksik va nefrotoksik ta’sir bo‘lishi mumkin. Gepatotoksik ta’sir xavfi bir vaqtda barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin va boshqa jigar fermentlari induktorlarini qabul qilganda oshadi. Fenilefrin ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, arterial bosimning biroz oshishi va juda kam hollarda yurak urishining tezlashishini chaqirishi mumkin, ular preparatni qabul qilish to‘xtatilganda o‘tib ketadi. Noo‘rin reaksiya paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
-
Farmakologik xususiyatlari
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Og‘riq qoldiruvchi ta’sir mexanizmi ham asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash bilan bog‘liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta’siri gipotalamik termoregulyatsiya markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish bilan bog‘liq bo‘lib, natijada tomirlarning kengayishi va terlashning kuchayishi hisobiga issiqlik ajralishi ortadi. Fenilefrin gidroxlorid (sinonimi mezaton) simpatomimetik amin bo‘lib, tomirlarning α-adrenoretseptorlarini stimullaydi, yurakning β-adrenoretseptorlariga kam ta’sir ko‘rsatadi. Arteriolalarni toraytiradi va arterial bosimni oshiradi. Qorachiqni kengaytirishga yordam beradi va glaukoma bo‘lsa, ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Midriatik ta’siri atropin qo‘llangandagi kabi uzoq davom etmaydi. Nafas yo‘llari shilliq qavatidagi α-adrenoretseptorlarga ta’sir qilib, uning tomirlarini toraytiradi. Bu yallig‘lanish natijasida burun yo‘llari shilliq qavatining shishishini vaqtincha kamaytiradi. Feniramin maleat gistamin H1-retseptorlari antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llaniladi. Gistamin bilan effektor hujayralarning H1-retseptorlari uchun raqobatlashib, gistaminning ular orqali ta’sirini (to‘qimalarning shishishi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishi) oldini oladi, biroq agar bu ta’sirlar allaqachon rivojlangan bo‘lsa, ularni bartaraf etmaydi. Preparat tarkibida u burun bitishini, burundan suyuqlik ajralishini va aksirishni qo‘shimcha kamaytirishni ta’minlaydi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, faol foliy kislotasi shaklini hosil qilishda qatnashadi, gemoglobin va oksigemoglobin, P450 sitoxromlaridagi temirni himoya qiladi. Askorbin kislotasi kollagen, serotonin, buyrak usti bezlari gormonlari, karnitin biosintezida muhim rol o‘ynaydi, temirni transferin bilan bog‘langan holatdan ajralishiga va ichakdan so‘rilishiga yordam beradi. Askorbin kislotasi (Vitamin S) hujayra tashqarisi va ichida antioksidant bo‘lib, erkin radikallarni faol bog‘laydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilishdan oldin metoklopramid, domperidon, xolestiramin, antikoagulyantlar (varfarin) qabul qilinayotgan bo‘lsa, shuningdek, giponatriyli dieta saqlash zarurati bo‘lsa (har bir paketda 0,12 g natriy mavjud) shifokor bilan maslahatlashish zarur. Jigarni toksik shikastlanishining oldini olish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar bilan birga qabul qilish, shuningdek, doimiy ravishda alkogol iste’mol qiladigan shaxslarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatning faol komponentlari sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda cheklovlar yo‘q. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: nojo‘ya reaksiyalarning kuchayishi. Davolash: simptomatik.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning effektlarini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi. Glotan qorinchali aritmiya xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidin gipotenziv effektini kamaytiradi. Guanetidin fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsion, tritsiklik antidepressantlar esa simpatomimetik effektlarini kuchaytiradi.