Dorilarning o'zaro ta'siri
Etanol xlorfeniraminning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, antiparkinson vositalari va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari fenilefrin qo'llanilishi fonida siydikni ushlab qolish, og'izda quruqlik, ich qotish rivojlanish xavfini oshiradi.
Xlorfeniramin MAO inhibitorlari, furazolidon bilan birga qo'llanilganda gipertonik kriz, hayajon, giperpireksiya keltirib chiqarishi mumkin.
MAO inhibitorlari (shu jumladan, furazolidon, prokarbazin, selejilin), oksitotsin, sporin alkaloidlari, tritsiklik antidepressantlar, metilfenidat, adrenostimulyatorlar fenilefrinning pressor ta'sirini va aritmogenligini kuchaytiradi.
Tritsiklik antidepressantlar fenilefrinning adrenomimetik ta'sirini kuchaytiradi, galotanning bir vaqtda qo'llanilishi ventrikulyar aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrin guafenizinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, bu esa, o'z navbatida, fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsiyalovchi faoliyatini kuchaytiradi.