-
Qo'llanilishi
Joyklav-228,5 suspenziyasi, kuniga ikki marta dozalash bilan, quyidagi bakterial infeksiyalarni qisqa muddatli davolash uchun ko'rsatilgan, ular amoksitsillinga chidamli, beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar tomonidan chaqirilgan (amoksitsillin bilan monoterapiya samarasiz bo'lganda): - Yuqori nafas yo'llari infeksiyalari (shu jumladan LOR a'zolari infeksiyalari), masalan, qaytalanuvchi tonzillit, sinusit, o'rta otit. - Pastki nafas yo'llari infeksiyalari, masalan, surunkali bronxitning zo‘rayishi, lobar pnevmoniya va bronxopnevmoniya. - Siydik-jinsiy yo'llar infeksiyalari, masalan, tsistit, uretrit, pielonefrit. - Terining va yumshoq to'qimalarning infeksiyalari, masalan, sellyulit, hayvon chaqishi. - Dental infeksiyalar, masalan, sellyulit tarqalgan og'ir tish abscessi. Amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar va beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi, Joyklav-228,5 ga sezgir mikroorganizmlar bilan chaqirilgan aralash infeksiyalarni Joyklav-228,5 suspenziyasi 228 mg/5 ml bilan davolash mumkin, beta-laktam antibiotiklarni qo'shimcha qabul qilish zarur emas.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
amoksitsillin yoki klavulan kislotasiga yuqori sezuvchanlik;
β-laktam antibiotiklarga (shu jumladan, penisillinlar guruhi, sefalosporinlar guruhi) yuqori sezuvchanlik;
anamnezda amoksitsillin/klavulan kislotasi qabul qilish natijasida yuzaga kelgan xolestatik sariqlik yoki jigar funksiyasi buzilishi mavjudligi;
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tana vazni <40 kg).
Preparat ehtiyotkorlik bilan sefalosporin qatoridagi antibiotiklarga ma’lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, anamnezida soxta membranoz kolit, jigar yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga buyuriladi.
-
Qo'llash usuli
Optimal so‘rilishini ta’minlash va me’da-ichak yo‘llari tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun Joiklav-228,5 ni ovqatlanish boshida qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi ko‘rsatmalarga bog‘liq, lekin klinik vaziyat qayta ko‘rib chiqilmasdan 14 kundan oshmasligi kerak. Suspenziya birinchi qo‘llashdan oldin to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyorlanadi, quruq kukunga mos miqdorda suv qo‘shish orqali. Ishlatishdan oldin qopqoq yaxlitligini tekshiring. Quruq kukunni oldindan bo‘shatib olish, so‘ngra kerakli miqdorda suv qo‘shib, yaxshilab chayqatish kerak. Yoki flakon yorlig‘idagi belgi darajasidan pastroq miqdorda suv qo‘shib, yaxshilab chayqatiladi, so‘ngra suv bilan belgi darajasigacha yetkaziladi va yana yaxshilab chayqatiladi. To‘liq erishini ta’minlash uchun taxminan 5 daqiqa turg‘azib qo‘yiladi. Har bir qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak. Odatda tavsiya etiladigan kunlik doza: • O‘rtacha va yengil og‘irlikdagi infeksiyalarda (yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, masalan, qaytalanuvchi tonzillit; pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari) 25/3,6 mg/kg/kunga bolalarga 2-6 yosh (13-21 kg) – 5,0 ml/kuniga ikki marta; 7-12 yosh (22-40 kg) – 10,0 ml/kuniga ikki marta; • Og‘irroq infeksiyalarni davolashda (yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, masalan, sinusit, o‘rta otit; pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, masalan, bronxopnevmoniya; siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalari) 45/6,4 mg/kg/kunga bolalarga 2-6 yosh (13-21 kg) – 10,0 ml/kuniga ikki marta; 7-12 yosh (22-40 kg) – 20,0 ml/kuniga ikki marta. 2 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar Doza tana vazniga qarab hisoblanadi 2 oylikkacha bo‘lgan bolalar. Hozirda Joiklav-228,5 suspenziyasi 228 mg/5 ml ni 2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun yetarli klinik ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun, 228 mg/5 ml suspenziyasini ushbu populyatsiyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar Kreatinin klirensi >30 ml/min bo‘lgan bolalarda doza tuzatish talab qilinmaydi. Kreatinin klirensi <30 ml/min bo‘lgan bolalar uchun Joiklav-228,5 suspenziya 228 mg/5 ml tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyati yetarli rivojlanmagan chaqaloqlar Buyrak faoliyati yetarli rivojlanmagan chaqaloqlarda Joiklav-228,5 suspenziya 228 mg/5 ml tavsiya etilmaydi. Jigar faoliyati buzilgan bemorlar Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi; jigar faoliyati muntazam monitoring qilinadi. Bunday bemorlarda doza tavsiyalarini o‘zgartirish uchun yetarli ma’lumotlar yo‘q.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), ba'zan (>1/1000 va <1/100), kamdan-kam (>1/10 000 va <1/1000), juda kamdan-kam (<1/10 000). Infeksiyalar va invaziyalar Tez-tez – shilliq qavatlarning kandidazi; Qon hosil qiluvchi va limfa tizimi tomonidan: Kamdan-kam – qaytariluvchi leyopeniya (shu jumladan neyropeniya) va trombotsitopeniya; Juda kamdan-kam – qaytariluvchi agranulositoz va gemolitik anemiya, protrombin vaqti va qon ketish vaqti uzayishi; Immun tizimi tomonidan: Juda kamdan-kam – angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar, serum kasalligiga o‘xshash sindrom, allergik vaskulit; Nerv tizimi tomonidan: Ba'zan – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; Juda kamdan-kam – qaytariluvchi giperkativlik va tutqanoq. Tutqanoqlar buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda yoki preparatning yuqori dozalari qabul qilinganda namoyon bo‘lishi mumkin; Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: Kattalar: juda tez-tez – diareya; tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish; Bolalar: tez-tez – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; Barcha bemor guruhlari Ko‘ngil aynishi ko‘pincha preparatning yuqori dozalari bilan bog‘liq. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun Joyklav-228,5 ni ovqatlanish boshida qabul qilish tavsiya etiladi. Ba'zan – ovqat hazm qilishning buzilishi; Juda kamdan-kam – antibiotiklar qabul qilish bilan bog‘liq kolit (shu jumladan soxta membranoz va gemorragik), Qora «sochli» til. Gepatobiliar tizimi tomonidan Ba'zan – AST va ALT darajasining o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarni qabul qilgan bemorlarda kuzatilgan, biroq bu holatlarning klinik ahamiyati noma’lum. Juda kamdan-kam – gepatit va xolestatik sariqlik (boshqa penisillinlar va sefalosporinlar bilan birga davolashda kuzatilgan). Terining va teri osti yog‘ to‘qimalarining tomonidan Ba'zan – teri toshmasi, qichishish, eshakemi; Kamdan-kam – ko‘p shaklli eritema; Juda kamdan-kam – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bulozli eksfoliativ dermatit, o'tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz püstulez. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan Juda kamdan-kam – interstitsial nefrite, kristalluriya
-
Farmakologik xususiyatlari
Joyklav-228,5 – keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo‘lib, umumiy klinik va gospital amaliyotda uchraydigan ko‘plab bakterial patogenlarga nisbatan faol. Klavulanatning beta-laktamazalarga bostiruvchi ta’siri amoksitsillinning ta’sir doirasini kengaytiradi, shu jumladan boshqa beta-laktam antibiotiklarga chidamli ko‘plab mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘plab antibiotiklarga chidamlilik bakterial fermentlar tomonidan yuzaga keladi, ular antibiotikni patogenga ta’sir qilishidan oldin parchalaydi. Joyklav-228,5 siropida mavjud bo‘lgan klavulanat bu himoya mexanizmini oldini oladi, beta-laktamaza fermentlarini bloklab, shu bilan mikroorganizmlarni organizmda oson erishiladigan konsentratsiyalarda amoksitsillinning tez bakteritsid ta’siriga sezgir qiladi. Quyida keltirilgan ro‘yxatda mikroorganizmlar preparatga in vitro sezuvchanligiga qarab tasniflangan. Mikroorganizmlarning preparatga in vitro sezuvchanligi Gram-musbat aeroblarga: Bacillius anthracis, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Nocardia asteroids, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus spp. (boshqa β-gemolitik), Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir), Staphylococcus saprophyticus (metitsillinga sezgir), Koaguloza manfiy stafilokokklar (metitsillinga sezgir); Gram-manfiy aeroblarga: Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida, Vibrio cholera, Boshqalar: Borrelia burgdorferi, Leptospira ictterohaemorrhagiae, Treponema pallidum Gram-musbat anaeroblarga: Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus magnus, Peptostreptococcus micros, Peptostreptococcus spp. Gram-manfiy anaeroblarga: Bacteroides fragilis, Bacteroides spp., Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Fusobacterium nucleatum, Fusobacterium spp., Porphyromonas spp., Prevotella spp. Olingan chidamlilik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar: Gram-manfiy aeroblarga: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Proteus spp., Salmonella spp., Shigella spp.; Gram-musbat aeroblarga: Corynebacterium spp., Enterococcus faecium, Streptococcus pneumoniae, Viridans group streptococcus. Tabiiy chidamlilikka ega mikroorganizmlar: Gram-manfiy aeroblarga: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Hafnia alvei, Legionella pneumophila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia, Yersinia enterolitica. Boshqalar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia spp., Coxiella burnetti, Mycoplasma spp.. Joyklav-228,5 amoksitsillinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksiyalarni, shuningdek, amoksitsillinga sezgir va beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi, Joyklav-228,5 ga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan aralash infeksiyalarni davolashda samaralidir.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: qorin og‘rig‘i, diareya, qusish; shuningdek, xavotirli qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh aylanishi mumkin; kam hollarda - tutqanoq.
Davolash: preparat yaqinda (4 soatdan kam) qabul qilingan bo‘lsa, oshqozonni yuvish va preparat so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi; bemor shifokor nazoratida bo‘lishi kerak, zarur bo‘lsa simptomatik terapiya o‘tkaziladi. Gemodializ samarali.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat bir vaqtda antatsidlar, glyukozamin, ich suruvchi vositalar, aminoglikozidlar bilan qo‘llanilganda so‘rilishi sekinlashadi, askorbin kislotasi bilan esa oshadi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va boshqa kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari amoksitsillin konsentratsiyasini oshiradi (klavulan kislotasi asosan klubochkali filtrlash yo‘li bilan chiqariladi). Preparat va bilvosita antikoagulyantlar birga qo‘llanilganda protrombin vaqti oshadi. Shuning uchun bu kombinatsiya ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat metotreksat toksikligini kuchaytiradi. Preparat allopurinol bilan birga qo‘llanilganda ekzantema rivojlanish xavfi oshadi. Amoksitsillin va rifampitsin kombinatsiyasi antagonist sifatida harakat qiladi (antibakterial ta’sir o‘zaro susayadi). Preparatni bakteriostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar), sulfanilamidlar, og‘iz orqali kontratseptivlar bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki preparat samaradorligi kamayishi mumkin. Disulfiram bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kursli davolashda qon yaratish organlari, jigar va buyraklar funksiyalarini nazorat qilish kerak. Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini yetarli darajada tuzatish yoki dozalash oralig‘ini oshirish talab etiladi. Ovqatlanish vaqtida preparatni qabul qilish me’da-ichak yo‘llari nojo‘ya reaksiyalari rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida tavsiya etiladi. Preparat yuqori dozalarda qo‘llanilganda, Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasidan foydalangan holda siydikda glyukoza darajasini aniqlashda soxta musbat reaksiya bo‘lishi mumkin (glyukozaoksidaza bilan fermentativ reaksiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi). Infeksion mononukleoz va limfoleykoz bilan kasallangan va ampisillin olgan ko‘plab bemorlarda eritematoz toshma paydo bo‘lishi kuzatilganligi sababli, bunday bemorlarga ampisillin guruhi antibiotiklarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat homiladorlikda, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin. Amoksitsillin va klavulan kislotasi kichik miqdorlarda ko‘krak suti bilan ajraladi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.