-
Tarkibi
Magniy stearat - 13,1 mg, metilmetakrilat va etilakrilat sopolimeri [1:2] 30 % dispersiya (30 % dispersiya poliakrilat) - 10,4 mg, talk - 4,9 mg, gipromelloza - 0,1 mg, metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri [1:1] 30 % dispersiya - 15,2 mg, triatsetin - 2,9 mg;
Qattiq jelatin kapsula: jelatin - 75,9 mg, titana dioksid (E 171) - 1,5 mg, siyoh (shellak (E 904), propilenglikol, ammiak vodniy, kaliy gidroksid, temir oksid qora bo'yoq (E 172)) - taxminan 0,15 mg.
-
Qo'llanilishi
qo‘llash uchun simptomatik davolash abdominal og‘riq va spazmlar, ichak buzilishlari va noqulaylik hissi, irritabl yo‘g‘on ichak sindromi bilan bog‘liq, ichki organlarning organik kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan me’da-ichak trakti spastik holatlarini davolash
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlariga gipersensitivlik, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi
-
Qo'llash usuli
Kapsulalar og'iz orqali, yetarli miqdorda suv bilan ovqatdan 20 daqiqa oldin qabul qilinadi. Butun holda yutish, chaynash mumkin emas. Kattalar 200 mg (1 kapsula) 2 marta sutkada (ertalab va kechqurun). Qo'llash davomiyligi cheklanmagan.
-
Nojo´ya ta´sirlar
bosh aylanish (alohida hollarda), diareya, qconstipatsiya, allergik reaktsiyalar (qichish, urtikarija, ekzantema, yuzning shishishi, Kvinke shishi)
-
Farmakologik xususiyatlari
Miyotopik spazmolitik, me’da-ichak trakti silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi va ichakning normal peristaltikasiga ta’sir qilmaydi. Ko‘plab mexanizmlar, masalan, ion kanallari o‘tkazuvchanligini kamaytirish, noradrenalin qayta qabul qilinishini bloklash, mahalliy anestezik ta’sir, shuningdek, suv so‘rilishini o‘zgartirish, mebeverinning me’da-ichak traktiga mahalliy ta’sirini chaqirishi mumkin, biroq ta’sir mexanizmi aniq emas. Ushbu mexanizmlar orqali mebeverin spazmolitik ta’sirga ega, ichak peristaltikasini normallashtiradi va me’da-ichak trakti silliq mushak to‘qimalarining doimiy bo‘shashishini («gipotoniya») chaqirmaydi. Tizimli nojo‘ya ta’sirlar, shu jumladan antixolinergik ta’sirlar, mavjud emas.
Preparatni qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Davolashning dastlabki 2-4 haftasida simptomlarning barqaror yaxshilanishi kuzatiladi. Eng yaqqol samaradorlik 6-8 haftalik davolashdan so‘ng kuzatilishi mumkin. Davolash kursi davomiyligini tanlashda kasallik kechishining individual xususiyatlari va simptomlar og‘irligini hisobga olish zarur.
Irritabl ichak sindromida simptomlarni yanada yaxshilash maqsadida, uzluksiz davolash sxemasi bo‘yicha 12 oy davomida yoki «talab bo‘yicha» davolashda 6 oy davomida shifokor nazorati ostida davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Klinik tadqiqotlar natijalari 2-4 hafta davomida me’da-ichak trakti simptomlari va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishini, davolash 6-8 haftagacha uzaytirilganda esa keyingi yaxshilanishni tasdiqladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Faqat ushbu preparatning spirtli ichimliklar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Hayvonlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo tadqiqotlar Dyuspatalin® preparati va etil spirti o‘rtasida biron-bir o‘zaro ta’sir yo‘qligini ko‘rsatdi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatida, nazariy jihatdan, markaziy asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligi oshishi mumkin. Mebeverin bilan dozani oshirib yuborish holatlarida simptomlar yo‘q yoki ahamiyatsiz bo‘lgan va, odatda, tezda qaytuvchan bo‘lgan. Dozani oshirib yuborish simptomlari asosan nevrologik va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Maxsus antidot noma’lum. Simptomatik davolash tavsiya etiladi. Oshqozonni yuvish faqat zaharlanish bir necha dozani qabul qilgandan taxminan bir soat ichida aniqlangan taqdirda zarur. Absorbsiyani kamaytirish bo‘yicha choralar talab etilmaydi.