Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini qo'llashdan oldin quloq parda yaxlitligini ta'minlash zarur. Agar dori vositasi perforatsiyalangan quloq pardasi bilan qo'llanilsa, faol moddalar sistemali qon oqimiga o'tishi mumkin, bu esa asoratlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Dropelks dori vositasini boshqa quloq tomchilari bilan birga ishlatishda tomizishlar orasida kamida 30 daqiqa intervalni saqlash zarur.
Dori vositasi faol komponentni o'z ichiga oladi, bu doping nazoratida ijobiy test natijasini berishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash
Homiladorlik va emizish davrida dori vositasini qo'llash mumkin, agar quloq parda zararlangan bo'lmasa.
Pediatriyada qo'llash
Dori vositasi pediatrik amaliyotda qo'llanilishi mumkin.
Avtomobil boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dropelks avtomobil boshqarish va yuqori tezlikdagi psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositasini bolalardan uzoq joyda saqlash va amal qilish muddati o'tganidan keyin ishlatmaslik zarur.