-
Tarkibi
Bitta tabletka quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
faol modda - doksilamin suktsinat 15 mg,
yordamchi moddalari natriy gidrokarbonat, limon kislotasi anhidrid, natriy gidrofasfat anhidrid, natriy sulfat anhidrid, natriy benzoat, makrogol 6000.
-
Qo'llanilishi
Periodik / tranzitor uyqusizlik.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat tarkibiga kiruvchi faol modda yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; - oilaviy anamnezda yoki bemor anamnezida yopiq burchakli glaukoma; - siydik tutilishi xavfi bilan bog‘liq uretroprostatik buzilishlar; - emizish davri; - 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Tavsiya etilgan doza sutkada 7,5-15 mg ni tashkil etadi, ya'ni ½ - 1 tabletka sutkada. Tabletka bir stakan suvda eritiladi va uyqudan 15-30 daqiqa oldin og'iz orqali qabul qilinadi.
Zaruriyat tug‘ilganda shifokor tavsiyasiga ko‘ra doza sutkada 30 mg gacha, ya’ni 2 tabletka sutkada oshirilishi mumkin.
Keksalar va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi holatlarida dozani kamaytirish tavsiya etiladi.
Davolash davomiyligi – 2-5 kun. Agar uyqusizlik 5 kundan keyin ham o‘tmasa, davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
- Antixolinergik ta'sirlar: qabziyat, siydik tutilishi, og'iz qurishi, ko'rish buzilishlari (ko'rishning xiralashishi, ko'rishning bulutlanishi, gallyutsinatsiyalar, ko'rish buzilishlari), yurak urishining tezlashishi, ongning chalkashishi.
- Rabdomioliz, qonda kreatinfosfokinaza (KFK) darajasining oshishi.
- Kunduzi uyquchanlik, bu holat dozaning kamaytirilishini talab qiladi.
Shuningdek, birinchi avlod H1-antigistamin preparatlari, ma'lumki, sedativ ta'sir, kognitiv va psixomotor buzilishlarni chaqirishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Doksilamin suktsinat – etanolaminlar sinfiga mansub H1-gistamin retseptorlari blokatori bo‘lib, sedativ va atropinga o‘xshash ta’sirga ega. U uxlab qolish vaqtini qisqartiradi, shuningdek, uyqu davomiyligi va sifatini yaxshilaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar Etanol ko‘pchilik H1-antigistamin preparatlarning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Diqqatning pasayishi avtotransport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug‘dirishi mumkin. Spirtli ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Natriy oksibutirat markaziy asab tizimini bosuvchi ta’sirni kuchaytiradi. E’tiborga olish zarur bo‘lgan kombinatsiyalar Atropin va boshqa atropinga o‘xshash dori vositalari (imipramin antidepressantlari, ko‘pchilik H1-antigistamin preparatlar, antixolinergik parkinsonga qarshi preparatlar, atropinli spazmolitiklar, dizopiramid, fenotiazinli neyroleptiklar, klozapin) quyidagi nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishiga olib keladi: siydik tutilishi, qabziyat, og‘iz qurishi. Boshqa sedativ preparatlar (morfin hosilalari (analgetiklar; yo‘talni davolash va o‘rinbosar terapiyada qo‘llaniladigan vositalar), neyroleptiklar, barbituratlar, benzodiazepinlar, nebenzodiazepin anksiolitiklar (meprobamat), uyqu dori vositalari, sedativ antidepressantlar (amitriptilin, doksepin, miansarin, mirtazapin, trimipramin), sedativ H1-antigistamin preparatlar; markaziy ta’sirli antigipertenziv vositalar, boshqa preparatlar (baklofen, talidomid)) markaziy asab tizimini bosuvchi ta’sirni kuchaytiradi. Diqqatning pasayishi avtotransport boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug‘dirishi mumkin. Boshqa uyqu dori vositalari markaziy asab tizimini bosuvchi ta’sirni kuchaytiradi. Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinsa, shifokor bilan maslahatlashing.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Mavjud ma’lumotlarni hisobga olgan holda, doksilaminni homiladorlik davrida, homiladorlik muddatidan qat’i nazar, qo‘llash mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlikning kech davrlarida dori vositasini qo‘llashda, yangi tug‘ilgan chaqaloqni kuzatishda preparatning atropinga o‘xshash va sedativ xususiyatlarini hisobga olish kerak. Doksilaminning ko‘krak suti bilan ajralishi haqida ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqda sedatsiya yoki paradoksal qo‘zg‘alish ehtimolini hisobga olib, preparatni emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik choralari
Uyqusizlikning sababi ko‘plab omillar bo‘lishi mumkin, ular har doim ham dori vositalarini qabul qilishni talab qilmaydi. Donormil tabletkasida 563 mg natriy mavjud, bu preparatni har kuni qabul qilayotgan, natriy miqdori past bo‘lgan dietaga rioya qilayotgan bemorlarga buyurilganda hisobga olinishi kerak. Doksilamin suktsinat, barcha uyqu dorilari yoki sedativ vositalar kabi, ilgari mavjud bo‘lgan tungi apnoe sindromini kuchaytirishi mumkin (nafas olish to‘xtashlari soni va davomiyligining oshishi). Akkumulyatsiya (to‘planish) xavfi Barcha dori vositalari kabi, doksilamin suktsinat organizmda taxminan besh yarim chiqarilish davri davomida saqlanib turadi. Yarim chiqarilish davri keksalarda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlarda sezilarli darajada oshishi mumkin. Ko‘p martalik qo‘llashda preparat yoki uning metabolitlari muvozanatli konsentratsiyaga ancha kech va ancha yuqori darajada yetadi. Ushbu dori vositasining samaradorligi va xavfsizligi faqat muvozanatli konsentratsiyaga erishilgandan so‘ng baholanishi mumkin. Dozani tuzatish talab qilinishi mumkin. Keksalarda qo‘llanilishi H1-antigistamin vositalarni keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki kognitiv buzilishlar, sedatsiya va/yoki bosh aylanishi xavfi mavjud, bu esa yiqilish xavfini oshirishi mumkin (masalan, odamlar tunda turganda), bu esa ushbu toifadagi bemorlar uchun ko‘pincha jiddiy oqibatlarga olib keladi. Keksalar, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik choralari Keksalar, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda doksilamin suktsinatning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi va plazmadan klirensining kamayishi mumkin. Bunday hollarda doza kamaytirilishi tavsiya etiladi. Agar dori vositasini qabul qilish vaqtida simptomlar saqlanib qolsa yoki holat yomonlashsa, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozalashning birinchi belgilariga uyquchanlik va antixolinergik ta'sirlar simptomlari kiradi: qo'zg'alish, qorachiqning kengayishi, akkomodatsiya falaji, og'izning qurishi, yuz va bo'yinning qizarishi, gipertermiya, sinus taxikardiyasi. Deliriy, gallyutsinatsiyalar va atetoz harakatlari ko'proq bolalarda kuzatiladi, ba'zan ular tutqanoq yoki hatto koma – og'ir intoksikatsiyaning kam uchraydigan asoratlari – oldindan xabardor qiluvchi belgilar bo'lishi mumkin. Hatto tutqanoqlar bo'lmagan taqdirda ham, doksilamin bilan o'tkir intoksikatsiya ba'zan rabdomiolizga olib keladi, bu esa o'tkir buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi mumkin. Ushbu buzilishlar rivojlanish ehtimoli tufayli kreatinfosfokinaza (KFK) faolligini o'lchash orqali tizimli skrining o'tkazish talab etiladi. Dozalash holatida darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Davolash simptomatik. Davolash erta boshlanganida faollashtirilgan ko'mir qo'llash tavsiya etiladi (kattalarda 50 g, bolalarda 1 g/kg).