-
Tarkibi
1 tuba tarkibida: faol moddalar: diklofenak natriy 1%, zig'ir yog'i 3% v/v, metilsalisilat 10% v/v, mentol 5% v/v; yordamchi moddalar: natriy metilgidroksibenzoat, natriy propilgidroksibenzoat, izopropil spirti, polisorbat-80, propilenglikol, karbomer 934, benzil spirti, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Shish va og'riqni kamaytiradi, cho'zilish, bel og'rig'i, bo'g'im va mushaklardagi og'riqlarda qo'llaniladi. Quyidagi og'riq va yallig'lanish bilan kechuvchi tayanch-harakat tizimi kasalliklarida qo'llaniladi: bo'g'imlarning yumshoq to'qimalarining travmadan keyingi yallig'lanishi (cho'zilish, zo'riqish va lat yeyish, sport jarohatlari natijasida); yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarning zararlanishi va boshqalar); mushak va bo'g'im kasalliklari bilan bog'liq og'riq sindromi va shish (revmatoid artrit, osteoartroz, radikulit, lumbago, ishiatik va boshqalar); Dyupley sindromi va orqa oraliq diskining tushib ketishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
terining butunligi buzilishi; homiladorlikning III trimestri; laktatsiya davri; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi; bemorlarda aspirin bilan qo‘zg‘atilgan astmatik holat; preparat komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NPVS ga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Doleks gel faqat tashqi qo'llash uchun. Zararlangan joylarga kuniga 3-4 marta surtiladi va gel yo'qolguncha ishqalash kerak. Qo'llash maydoniga qarab optimal miqdorni qabul qilish va ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Doleks gel kamdan-kam hollarda nojo'ya reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Ba'zan gel surtilgan sohada qizarish, qichishish yoki kuygandek his, papulalar, vezikulalar, terining qobiq tashlashi yuzaga keladi. Ayrim bemorlarda fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda gipersensitivlik reaksiyalari (toshma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) qayd etiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita tashqi qo‘llash uchun. Diklofenak aniq ifodalangan yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi COX-1 va COX-2 ni neselektiv tormozlanishi, araxidon kislotasi almashinuvining buzilishi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar biosintezining bostirilishi bilan bog‘liq. Doleks gelini yallig‘lanish jarayonida qo‘llash og‘riq sindromi va to‘qimalar shishining kamayishi yoki yo‘qolishiga olib keladi. Zig‘ir yog‘ining asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to‘yinmagan yog‘ kislotalarining etil efiri) bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Mahalliy qo‘llanganda diklofenak va metilsalisilat tez so‘riladi va teri osti yog‘ qavati, mushak to‘qimasi, bo‘g‘im kapsulasi va bevosita bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirib, bo‘g‘imlardagi og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf etadi, bo‘g‘imlarning qattiqligi va shishini kamaytiradi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi. Mentol teriga surtilganda qon tomirlarini kengaytiradi, sovuqlik va og‘riqsizlantiruvchi hissi paydo qiladi, shuningdek, kuchsiz antiseptik xususiyatlarga ega. Farmakokinetika: Doleks gelining teri orqali rezorbsiyalanadigan miqdori surtilgan maydonga proporsional, shuningdek, preparatning umumiy dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Preparat tashqi qo‘llanganda diklofenakning 6% dan ko‘pi so‘rilmaydi. Metabolizm asosan gidroksillanish yo‘li bilan amalga oshiriladi, natijada bir nechta hosilalar hosil bo‘ladi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, lekin diklofenakka nisbatan ancha past darajada. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Diklofenakning umumiy tizimli klirensi qon plazmasida o‘rtacha 263-56 ml/min, yakuniy yarim chiqarilish davri esa 1-3 soatni tashkil etadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
O'zaro ta'sirlar ehtimoli ahamiyatsiz, chunki Doleks gelining tashqi qo'llanilganda tizimli so'rilishi juda past. Preparatni boshqa NPVPlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Doleks geli fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Doleks gelini mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Doleks gelini faqat butun teriga surtish kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Surtgandan so'ng o'ramli bog'lam qo'yish tavsiya etilmaydi. Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Doleks geli ehtiyotkorlik bilan jigar porfiriyasi (kuchayish bosqichida), me'da-ichak yo'llarining eroziya-yara shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatining og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalar uchun buyuriladi. Homiladorlik va laktatsiya davri Doleks geli homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas. 1 va 2 trimestrda faqat onaga foydasi homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa qo'llash mumkin. Diklofenak va uning metabolitlari ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Bolalar Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ta'sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish ehtimoli past, chunki diklofenakning tashqi qo'llanilganda tizimli so'rilishi juda past. Tasodifan og'iz orqali qabul qilinganda preparat diklofenakning peroral shakllariga xos nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganda me'dani yuvish va adsorbent qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash: simptomatik.