Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar DINAPAR AQ, in'ektsiya uchun eritma va/yoki diklofenakning boshqa dori shakllarini qisqa va uzoq muddatli qo‘llash bilan bog‘liq hodisalarni o‘z ichiga oladi.
Tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha)
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
- vertigo
- ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorin og‘rig‘i, meteorizm, ishtahaning pasayishi
- transaminazalar darajasining oshishi
- suyuqlik ushlanishi, shishlar, arterial gipertenziya
- toshma
- in'ektsiya joyida reaksiya, in'ektsiya joyida og‘riq, in'ektsiya joyida qattiqlashish
Kamdan-kam (≥1/100 dan <1/1000 gacha)
- miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi, yurak urishining tezlashishi, ko‘krakda og‘riq
Noyob (≥ 1/1000 dan <1/10000 gacha)
- gipersensitivlik, anafilaktik va psevdanafilaktik reaksiyalar (shu jumladan arterial gipotenziya va shok)
- uyquchanlik
- astma (shu jumladan dispnoe)
- gastrit, me’da-ichak qon ketishi, qon aralash qusish, gemorragik diareya, melena, me’da yoki ichak yarasi (qon ketishi yoki ketmasdan, perforatsiya)
- gepatit, sariq kasallik, jigar funksiyasining buzilishi
- eshakemi
- shish, in'ektsiya joyida nekroz
Juda noyob (< 1/10000)
- in'ektsiya joyida abssess
- trombotsitopeniya, leyopeniya, anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), agranulotsitoz
- angionevrotik shish (shu jumladan yuz shishi)
- dezorientatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi tushlar, asabiylashish, psixik buzilishlar
- paresteziya, xotira buzilishi, tutqanoq, xavotir, tremor, aseptik meningit, ta’m sezish buzilishi, o‘tkir miya qon aylanishi buzilishi
- ko‘rish buzilishi, ko‘rishning xiralashishi, diplopiya
- quloqda shovqin, eshitish buzilishi
- arterial gipertenziya, vaskulit
- pnevmonit
- kolit (shu jumladan gemorragik kolit va yarali kolit yoki Kron kasalligining zo‘rayishi), qabziyat, stomatit, glossit, qizilo‘ngach tomonidan buzilishlar, diafragmasimon ichak strikturalari, pankreatit
- fulminant gepatit, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi
- bullez dermatit, ekzema, eritema, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, alopesiya, fotosensitivlik reaksiyasi, purpura, Genox-Shenleyn purpurasi, qichishish
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, nefrotik sindrom, tubulointerstitsial nefrite, buyrak papillyar nekrozi
Diklofenak, ayniqsa yuqori dozalarda (150 mg/kun) va uzoq muddatli qo‘llanganda, arterial tromboemboliya (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfini oshirishi mumkin.
Ko‘rish effektlari
Ko‘rish buzilishlari, masalan, ko‘rishning buzilishi, xiralashuvi yoki diplopiya, ehtimol, YOKISh (NPVS) sinfiga xos effektlar bo‘lib, odatda davolash to‘xtatilganda qaytadi. Ko‘rish buzilishlarining ehtimoliy mexanizmi prostaglandinlar va boshqa tegishli birikmalar sintezining inhibatsiyasi bo‘lib, ular to‘r pardadagi qon oqimini tartibga solishni o‘zgartiradi va natijada ko‘rishda potentsial o‘zgarishlarga olib keladi. Agar bunday simptomlar diklofenak bilan davolash vaqtida yuzaga kelsa, boshqa sabablarni istisno qilish uchun oftalmologik tekshiruv o‘tkazish mumkin.