-
Tarkibi
Faol modda: Difenhidraminning gidroxloridi (dime'drol) – 10 mg.
Yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Tavsifi: Shaffof, rangsiz eritma.
-
Qo'llanilishi
Kompleks davolashda – anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar, Kvinke shishi, zardob kasalligi.
Me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, giperasid gastrit (kombinatsiyalangan davolash tarkibida).
Parkinsonizm, xoreya, uyqusizlik.
Homiladorlarda qusish, Menyer sindromi, dengiz va havo kasalligi, nurlanish kasalligi.
Terining va yumshoq to‘qimalarning keng travmatik shikastlanishlari (kuyliklar, ezilishlar), gemorragik vaskulit.
Premedikatsiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
gipersensitivlik,
- yopiq burchakli glaukoma,
- prostata bezining giperplaziyasi,
- me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning stenoze qiluvchi yara kasalligi;
- siydik pufagi bo‘ynining stenozi;
- bronxial astma;
- epilepsiya;
- 7 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Extiyotkorlik bilan:
Dimedrolin bilan davolanish vaqtida ultrabinafsha nurlanishidan va spirtli ichimliklar iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Ushbu preparatni qo‘llash haqida shifokorga xabar berish zarur: qusishga qarshi ta'siri appenditsitni diagnostika qilish va boshqa dori vositalari bilan dozani oshirib yuborish simptomlarini aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin.
Dori shakli preparatni teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
-
Qo'llash usuli
Qo‘llash usuli: tomir ichiga yoki mushak ichiga.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar uchun tomir ichiga yoki mushak ichiga 1–5 ml eritma 10 mg/ml (10–50 mg) kuniga 1–3 marta; maksimal sutkalik doza – 200 mg.
Bola yoshiga ko‘ra:
7 oydan 12 oygacha 0,3–0,5 ml (3–5 mg),
1 yoshdan 3 yoshgacha 0,5–1 ml (5–10 mg),
4 yoshdan 6 yoshgacha 1–1,5 ml (10–15 mg),
7 yoshdan 14 yoshgacha 1,5–3 ml (15–30 mg) zarurat tug‘ilganda har 6-8 soatda.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: toshma, fotosensitivlik, teri toshmasi, qichishish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik, asabiylik, uyqusizlik, eyforiya, umumiy holsizlik, charchoq, sedativ ta'sir, diqqatning pasayishi, bosh og'rig'i, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlikning oshishi (ayniqsa bolalarda), asabiylashish, ongning chalkashishi, tremor, nevrit, tutqanoq, paresteziya, ko'rishning buzilishi, diplopiya, o'tkir labirintit, quloqda shovqin, epileptiform tutqanoqni chaqirishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'izda qurish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qisqa muddatli uvishishi, anoreksiya, diareya, qabziyat, ko'ngil aynishi, epigastral diskomfort, qusish.
Nafas olish tizimi tomonidan: og'iz, burun, bronxlar shilliq qavatining qurishi (balg'amning quyuqlashishi), ko'krakda siqilish.
Qon hosil qilish organlari tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulositoz.
Yurak-qon tomir tizimi va qon tomonidan: gipotenziya, yurak urishi, taxikardiya, ekstrasistoliya, agranulositoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishning buzilishi.
Boshqalar: terlash, titroq.
-
Chiqarish shakli
Dori shakli: In'ektsiya uchun eritma 1% 1 ml, 2 ml.
Chiqarilish shakli: 1% eritma tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun, 1 ml yoki 2 ml ampulada. 10 ta ampula va qo'llanma bilan karton qutida yoki 5, 10 ta ampula karton qutida yoki 5, 10 ta ampula konturli yacheykali qadoqda.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas (faqat «hayotiy» ko‘rsatmalar bo‘lgan hollardan tashqari).
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Etanol va markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Monoaminooksidaza ingibitorlari dimedrolinning antixolinergik faolligini kuchaytiradi.
Psixostimulyatorlar bilan birga buyurilganda antagonist ta'sir kuzatiladi.
Apomorfinnning intoksikatsiyani davolashda qusdiruvchi dori sifatidagi samaradorligini pasaytiradi.
m-xolinobloklovchi faollikka ega dori vositalarining antixolinergik ta'sirini kuchaytiradi.
-
Saqlash shartlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 4 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: markaziy asab tizimi susayishi, qo‘zg‘alish rivojlanishi (ayniqsa bolalarda) yoki depressiya, qorachiqning kengayishi, og‘iz qurishi, me’da-ichak tizimi a’zolarining parezi.
Davolash: maxsus antidot yo‘q, me’dani yuvish, zarurat tug‘ilganda – arterial bosimni oshiruvchi dori vositalari, kislorod, tomir ichiga plazma o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish.
Epinefrin va analeptiklarni qo‘llash mumkin emas.