Maxsus ko'rsatmalar
Gipertireoz, ko‘tarilgan ko‘z ichki bosimi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Davolash davrida alkogolli ichimliklar va UF-nurlanishdan saqlanish lozim. Ushbu preparatni qo‘llash haqida shifokorga xabar berish zarur: qusishga qarshi ta’siri appenditsitni tashxislash va boshqa dori vositalari dozasi oshib ketishining simptomlarini aniqlashni qiyinlashtirishi mumkin. Dori vositasini qabul qilayotgan shaxslarga yuqori diqqat va tez psixik reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Dozani oshirib yuborish Simptomlari: markaziy asab tizimi susayishi, qo‘zg‘alish rivojlanishi (ayniqsa bolalarda) yoki depressiya, qorachiqning kengayishi, og‘iz qurishi, me’da-ichak organlarining parezi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, onaga kutilayotgan terapevtik ta’sir homila yoki emizikli bolaga bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsa, ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Preparatning transport vositalarini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.