Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, yurak urishini sezish, taxikardiya, ekstrasistoliya.
Nafas olish tizimi tomonidan: burun va tomoq shilliq qavatining qurishi, balg'amning quyuqlashishi, ko'krak yoki tomoqda bosim hissi, aksirish, burun bitishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, sedativ ta'sir, uyquchanlik, bosh aylanishi, muvozanatning buzilishi, holsizlik, ongning chalkashishi, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlik, asabiylik, tremor, jizzakilik, uyqusizlik, eyforiya, paresteziya, nevrit, tutqanoq.
Sezgi organlari tomonidan: ko'rish qobiliyatining buzilishi, diplopiya, vertigo, quloqda shovqin, o'tkir labirintit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, epigastriy sohasida og'riq, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.
Siysiq chiqarish tizimi tomonidan: siydik chiqarishning tezlashishi yoki qiyinlashishi, siydik tutilishi, erta hayz ko'rish.
Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulositoz.
Allergik reaksiyalar: toshma, dori toshmasi, anafilaktik shok, fotosensibilizatsiya.
Boshqalar: terlashning kuchayishi, sovuq urishi.