Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, yurak urishini sezish, taxikardiya, ekstrasistoliya. Nafas olish tizimi tomonidan: burun va tomoq shilliq qavatining qurishi, balg'amning quyuqlashuvi, ko'krak yoki tomoqda bosim hissi, aksirish, burun bitishi. Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, sedativ ta'sir, uyquchanlik, bosh aylanishi, muvozanatning buzilishi, holsizlik, ongning chalkashligi, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlik, asabiylik, tremor, jizzakilik, uyqusizlik, eyforiya, paresteziya, nevrit, tutqanoq. Sezgi organlari tomonidan: ko'rish qobiliyatining buzilishi, diplopiya, vertigo, quloqda shovqin, o'tkir labirintit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, epigastriy sohasida og'riq, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik chiqarishning tezlashuvi yoki qiyinlashuvi, siydik tutilishi, erta hayz ko'rish. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulositoz. Allergik reaksiyalar: toshma, dori toshmasi, anafilaktik shok, fotosensibilizatsiya. Boshqalar: terlashning kuchayishi, sovuq urishi.