-
Tarkibi
Diklofenak natriy 10 mg
Yordamchi moddalari: mentol (levomentol), tsetostearyl spirti (Lanette N, emulgator), 2-oktildodekanol (Eutanol G), glitserol, etanol, suyuq parafin, metilparagidroksibenzoat (nipagin), propilparagidroksibenzoat (nipazol), tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
revmatoyid artrit;
psoriatik artrit;
ankilozlovchi spondiloartrit;
periferik bo‘g‘imlar va umurtqa osteoartrozi;
revmatik yumshoq to‘qimalar shikastlanishlari;
yallig‘lanishli yumshoq to‘qimalar shishi;
terining butunligi buzilmagan yumshoq to‘qimalarning travmatik shikastlanishlari (shu jumladan lat yeyish va bog‘lamlar, mushaklar va paylarning cho‘zilishi);
revmatik va norevmatik kelib chiqishga ega bo‘lgan mushak va bo‘g‘im og‘riqlari (shu jumladan og‘ir jismoniy yuklamalar bilan bog‘liq bo‘lganlari).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ksilometazolingа yoki preparatning boshqa biror komponentiga yuqori sezuvchanlik; arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz; ko‘z ichki bosimining oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukoma; atrofik rinit, gipertireoz, miya pardalarida jarrohlik aralashuvlar (anamnezda), burun oldi terisi yoki shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, transsfenoidal gipofizektomiyadan keyingi holatlar, homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (dozali burun spreyi 45 mkg/doza uchun).
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan davolashda (shu jumladan ularni bekor qilgandan keyin 14 kun davomida), trisiklik va tetrasiklik antidepressantlar, boshqa mahalliy tomir toraytiruvchi vositalar (dekongestantlar), shuningdek arterial bosimni oshiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
Saxarli diabet, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan yurak ishemik kasalligi, stenokardiya), prostata bezining giperplaziyasi, feoxromositoma, porfiriya, emizish davri, adrenenergik preparatlarga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa, uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimning oshishi bilan kechsa; QT intervalining uzayish sindromi bo‘lgan bemorlar.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 2-4 g (4-8 sm) kremning kichik miqdori yallig‘lanish o‘chog‘i ustiga teriga yupqa qatlamda surtiladi va to‘liq so‘rilguncha yengil uqalab surtiladi, kuniga 2-3 marta. Teriga surtiladigan preparat miqdori og‘riqli sohaning kattaligiga bog‘liq.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga teriga 2 g gacha preparat surtilishi tavsiya etiladi, kuniga 2 martadan ko‘p emas.
Davolash kursining davomiyligi shifokor bilan maslahatlashmasdan 14 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya ta’sirlar individual sezuvchanlikka, qo‘llanilgan doza miqdoriga va davolash davomiyligiga bog‘liq.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi (jumladan, vezikulyoz, papulyoz), qichishish, kuydiruvchi hissi, qizarish, kontakt dermatiti, ekzema, fotosensibilizatsiya, preparat surtilgan teri sohasining shishishi, qobiq tashlash; uzoq muddatli yoki yuqori dozalarda qo‘llanganda - bronxospazm, anafilaktik reaksiyalar (jumladan, shok), umumiy teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya.
Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, Diklofenakol kremi qo‘llanilishini to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun NPVS. Mahalliy yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir ko‘rsatadi.
Diklofenak - COX-1 va COX-2 ni tanlab olmasdan tormozlaydi, araxidon kislotasi metabolizmi va prostaglandinlar sintezini buzadi, ular yallig‘lanish jarayonining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Diklofenak og‘riq sindromini bartaraf etish, yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq shish va giperemiyani kamaytirishda samaralidir.
Preparat tarkibiga kiruvchi mentol mahalliy "sovutuvchi" ta’sirga ega. Tashqi qo‘llanganda surilgan joyda, shu jumladan bo‘g‘imlarda tinch holatda va harakatda og‘riqning susayishi yoki yo‘qolishiga olib keladi, ertalabki qotib qolish va bo‘g‘imlarning shishishini kamaytiradi. Harakat hajmining oshishiga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Diklofenak faqat butun teriga surtilishi kerak, preparatni ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Krem surtilgandan so'ng o'ramli bog'lam qo'yish tavsiya etilmaydi.
Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Diklofenakolni qo'llashdan oldin quyidagi kasalliklar mavjud bo'lsa, bemorga shifokor maslahati zarur: me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, jigar va/yoki buyrak funksiyasining buzilishi, gemopoez tizimi tomonidan og'ir buzilishlar, bronxial astma, rinit, burun bo'shlig'i shilliq qavatining poliplari, anamnezda allergik reaksiyalar.
Preparatni uzoq muddat va/yoki yuqori dozalarda qo'llashda tizimli nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin.
Pediatriyada qo'llanilishi
Diklofenakolni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda shifokor maslahatisiz qo'llash tavsiya etilmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlar (YQNP) qabul qilayotgan yoki biron-bir kasallik bo‘yicha klinik kuzatuvda bo‘lgan bemorlar Diklofenakol preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Diklofenak fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri tavsiflanmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning tashqi qo‘llanilishida faol komponentlarning past tizimli so‘rilishi dozani oshirib yuborishni deyarli imkonsiz qiladi. Preparatning yuqori dozalari tasodifan ichga qabul qilinganda dozani oshirib yuborish ehtimoli istisno qilinmaydi.
Belgilari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, giperventilyatsiya holatlari va tutqanoqlikka moyillik (bolalarda - mioklonik tutqanoqlar), qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, me’da-ichak qon ketishi, jigar va/yoki buyrak funksiyasining buzilishi.
Davolash: simptomatik.