-
Tarkibi
Tashqi qo'llash uchun maz.
1 g
diklofenak natriy 10 mg
-
Qo'llanilishi
Revmatoyid artrit, ankilozlovchi spondilit, osteoartroz, spondiloartroz; revmatik periartikulyar tuzilmalar zararlanishi, travmadan keyingi og'riqli sindromlar, yallig'lanish bilan kechuvchi, operatsiyadan keyingi og'riqlar, podagra.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenakka (shu jumladan boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga) va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me'da-ichak trakti eroziya-yara shikastlanishlari (kuchayish bosqichida), bronxial astma, burun yoki burun atrofidagi bo‘shliqlarning qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi hamda boshqa NYAQPga to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan muvofiqlik (shu jumladan anamnezda), gemopoez buzilishi, homiladorlik (III trimestr), kichik yoshdagi bolalar (6 yoshgacha), laktatsiya davri, teri butunligi buzilishi.
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar porfiriyasi (kuchayish), jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, yurak yetishmovchiligi, keksalik yoshi.
Preparat faqat butun teri sohalariga surtilishi kerak. Ko‘zga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish lozim.
Agar Sizda yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar/holatlardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan albatta maslahatlashing.
-
Qo'llash usuli
Tashqi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar. Maz 2 — 4 g (zararlangan o'choqqa qarab) miqdorda zararlangan joyga kuniga 3-4 marta surtiladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1-2 g dan kuniga 2-3 marta. Maksimal sutkalik doza — 8 g. Davolash kursi — 7 — 14 kun. Okkluzion bog'lam qo'yilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Teri qoplamalari tomonidan: ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (qichishish, giperemiya, ishlov berilgan teri sohasining shishishi, papulyoz-vesikulyoz toshmalar, qobiq tashlash).
Allergik reaksiyalar (teri qichishishi va kuygani, eritematoz teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, tizimli anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan shok)).
Preparat tavsiya etilgan dozalarda ko'rsatilgan holatlarda qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar kam uchraydi. Uzoq muddatli qo'llash va/yoki keng yuzalarga surtishda rezorbtiv ta'sir tufayli tizimli nojo'ya ta'sirlar mumkin. Har qanday noxush nojo'ya reaksiya yuzaga kelganda imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qiling.
Agar ko'rsatmada keltirilgan nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki siz ko'rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Gipertermiyani, og‘riqni bartaraf etadi, qo‘llanilgan joyda shish, eritemani kamaytiradi. Bo‘g‘imlarning yallig‘lanishli shikastlanishlarida yallig‘lanishli shish, shishish va ertalabki qotishishni kamaytirishga, harakat hajmini oshirishga, harakat paytidagi og‘riqlarni yengillashtirishga yordam beradi. Ko‘rsatilgan qo‘llash usulida deyarli tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat butun teri sohalariga surtiladi. Qo‘llangandan so‘ng o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilmasligi kerak. Uzoq muddatli qo‘llash va/yoki keng yuzalarga surtilganda rezorbtiv ta'sir natijasida tizimli nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin. Preparatning ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Faqat tashqi qo‘llash uchun.
Preparatning transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Ta'sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: mazni qo'llashda past tizimli so'rilish tufayli dozani oshirib yuborish ehtimoli kam. Tasodifiy ichga qabul qilinganda tizimli nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Tasodifiy ichga qabul qilinganda davolash: oshqozonni yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir, majburiy diurez, simptomatik terapiya. Dializ samarali emas, chunki diklofenak plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanadi (taxminan 99 %).