-
Tarkibi
Bitta tuba (30 g maz) tarkibida faol modda diklofenak natriy – 0,3 g, yordamchi moddalardan dimetilsulfoksid, propilenglikol, makrogol 1500, makrogol 400 mavjud.
-
Qo'llanilishi
Travmatik sababli paylar, boylamlar, mushaklar va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi (cho‘zilish, zo‘riqish va lat yeyish natijasida). Yumshoq to‘qimalar revmatizmining lokalizatsiyalangan shakllari, masalan, "yelkama-barmoqlar" sindromi, tendovaginit, bursit, periartropatiya. Lokalizatsiyalangan revmatik kasalliklar, masalan, bo‘g‘imlarning artrozi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenak natriy yoki dori vositasining boshqa komponentlariga, atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa YOKVlarga yuqori sezuvchanlik, "aspirin" astmasi, homiladorlik (III trimestr), laktatsiya davri, bolalar yoshi (12 yoshgacha), teri butunligining buzilishi. Ehtiyotkorlik bilan Jigar porfiriyasi (kuchayishi), eroziya-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari, jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlik I va II trimestr.
-
Qo'llash usuli
Tashqaridan, 2-4 g maz (hajmi bo‘yicha mos ravishda gilos yoki yong‘oq kattaligiga teng va tana yuzasining 400-800 sm2 maydonini davolash uchun yetarli) yupqa qatlamda, yallig‘lanish o‘chog‘i ustiga teriga engil surtiladi, 2-3 marta kuniga. Maz surtilgandan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak, agar ular davolash sohasi bo‘lmasa (qo‘l barmoqlari artrozi bo‘lsa). Maksimal sutkalik doza - 8 g. Davolash davomiyligi ko‘rsatmalarga va kuzatilgan ta’sirga bog‘liq (ta’sirini kuchaytirish uchun mazni diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birga qo‘llash mumkin). Dori vositasidan 2 hafta foydalanilgandan so‘ng shifokor bilan maslahatlashish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Teri qoplamasi tomonidan ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (qichishish, giperemiya, davolanayotgan teri sohasining shishishi, papulyoz-vezikulyoz toshmalar, qobiq tashlash). Allergik reaksiyalar (teri qichishishi va kuygandek his, eritematoz teri toshmasi, toshma, angionevrotik shish, tizimli anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan shok)).
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, feniluksus kislotasi hosilasi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tsiklooksigenaza 1 va tsiklooksigenaza 2 ni tanlab olmasdan susaytirib, araxidon kislotasi almashinuvini buzadi, prostaglandinlar miqdorini, shu jumladan yallig‘lanish o‘chog‘ida ham kamaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Oldindan ma'lum gepatotoksikligi bo'lgan boshqa dori vositalari, masalan, antibiotiklar, antiepileptik dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'sir ehtimoli past, chunki tizimli so'rilishi ahamiyatsiz.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat butun teri sohalariga surtiladi. Qo'llangandan so'ng okluzion bog'lam qo'yilmasligi kerak. Uzoq muddatli qo'llash va/yoki keng teri yuzalariga surtilganda tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshadi, shu jumladan jigar fermentlari faolligining oshishi kuzatilishi mumkin. Jigar tomonidan nojo'ya reaksiyalar rivojlanishining mumkin bo'lgan xavfini minimallashtirish uchun Diklofenak natriy minimal samarali dozada va minimal qisqa muddatda qo'llanilishi kerak. Mazni ko'zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushishidan saqlanish kerak. Faqat tashqi qo'llash uchun. Homiladorlik davrida qo'llanishi Homilador ayollarda nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun Diklofenak natriy homiladorlik davrida qo'llanilmasligi kerak. III trimestrda qo'llanishi ayniqsa xavfli, chunki botallov kanalining muddatidan oldin yopilishi va tug'ruq qisqarishlarining bostirilishi ehtimoli mavjud. Emizish davrida qo'llanishi Mahalliy qo'llaniladigan Diklofenak natriyning ko'krak suti orqali o'tishi haqida ma'lumot yo'q. Shuning uchun dori vositasi emizikli ayollarda qo'llanilmasligi kerak. Zaruriy sabablarga ko'ra buyurilganda dori vositasi ko'krak sohasiga surtilmasligi, keng yuzalarga ishlatilmasligi va uzoq muddat qo'llanilmasligi kerak. Preparat amal qilish muddati tugaganidan keyin qo'llanilmasligi va bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlanishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Maz surtilganda tizimli so'rilish pastligi sababli, dozani oshirib yuborish ehtimoli kam