-
Tarkibi
Bitta tuba (30 g maz) tarkibida faol modda diklofenak natriy – 0,3 g, yordamchi moddalardan dimetilsulfoksid, propilenglikol, makrogol 1500, makrogol 400 mavjud.
-
Qo'llanilishi
Travmatik sababli paylar, boylamlar, mushaklar va bo'g'imlarning yallig'lanishi (cho'zilish, zo'riqish va lat yeyish natijasida). Yumshoq to'qimalarning lokalizatsiyalangan revmatik shakllari, masalan, "yelkadan-kaftgacha" sindromi, tendovaginit, bursit, periartropatiya. Lokalizatsiyalangan revmatik kasalliklar, masalan, bo'g'imlarning artrozi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenak natriy yoki dori vositasining boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa YOKVQga yuqori sezuvchanlik, "aspirin" astmasi, homiladorlik (III trimestr), laktatsiya davri, bolalar yoshi (12 yoshgacha), teri butunligining buzilishi. Ehtiyotkorlik bilan: Jigar porfiriyasi (kuchayishi), oshqozon-ichak trakti eroziyali-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik, homiladorlik I va II trimestr.
-
Qo'llash usuli
Tashqaridan, 2-4 g maz (hajmi bo'yicha gilos yoki yong'oq kattaligiga mos keladi va 400-800 sm2 tana yuzasini davolash uchun yetarli) yallig'lanish o'chog'i ustidagi teriga yupqa qatlamda, biroz ishqalab surtiladi, kuniga 2-3 marta. Maz surtilgandan so'ng, agar qo'llar davolash sohasi bo'lmasa (qo'l barmoqlari artrozi bo'lsa), qo'llarni yuvish kerak. Maksimal sutkalik doza - 8 g. Davolash davomiyligi ko'rsatmalarga va kuzatilayotgan ta'sirga bog'liq (ta'sirini kuchaytirish uchun mazni diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birga qo'llash mumkin). Dori vositasidan 2 hafta foydalanilgandan so'ng shifokor bilan maslahatlashish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Teri tomonidan ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatiti (qichishish, giperemiya, davolangan teri sohasining shishishi, papulyoz-vesikulyoz toshmalar, qobiq tashlash). Allergik reaksiyalar (terining qichishishi va kuygandek hissi, eritematoz teri toshmasi, toshma, angionevrotik shish, tizimli anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan shok)).
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, feniluksus kislotasi hosilasi, yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir ko‘rsatadi. Siklooksigenaza 1 va siklooksigenaza 2 ni tanlab olmasdan tormozlab, araxidon kislotasi almashinuvini buzadi, prostaglandinlar miqdorini, shu jumladan yallig‘lanish o‘chog‘ida, kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat butun teri sohalariga surtiladi. Qo‘llangandan so‘ng o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilmasligi kerak. Uzoq muddatli qo‘llash va/yoki keng teri yuzalariga surtilganda tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi oshadi, shu jumladan jigar fermentlari faolligining oshishi kuzatilishi mumkin. Jigar tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun Diklofenak natriyni minimal samarali dozada va minimal qisqa muddatda qo‘llash kerak. Mazni ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Faqat tashqi qo‘llash uchun. Homiladorlik davrida qo‘llash Homilador ayollarda nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlar mavjud emas, shuning uchun Diklofenak natriy homiladorlik davrida qo‘llanmasligi kerak. III trimestrda qo‘llash ayniqsa xavfli, chunki botallov kanalining muddatidan oldin yopilishi va tug‘ruq qisqarishlarining bostirilishi ehtimoli mavjud. Emizish davrida qo‘llash Mahalliy qo‘llanadigan Diklofenak natriyning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun dori vositasi emizikli ayollarda qo‘llanmasligi kerak. Zaruriy sabablarga ko‘ra buyurilganda dori vositasi ko‘krak sohasiga surtilmasligi, keng yuzalarga ishlatilmasligi va uzoq muddat davomida qo‘llanmasligi kerak. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanmasligi va bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlanishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Mazni qo'llashda past tizimli so'rilish tufayli, dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.