Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastral sohada og'riq va noqulaylik, meteorizm, qabziyat, diareya; ayrim hollarda - eroziya-yarali shikastlanishlar, qon ketish va me'da-ichak traktining perforatsiyalari; kamdan-kam hollarda - jigar funksiyasining buzilishi. Rektal qo'llashda yakka hollarda yo'g'on ichak yallig'lanishi qon ketish bilan, yarali kolitning kuchayishi kuzatilgan.
Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, qo'zg'aluvchanlik, uyqusizlik, asabiylik, charchoq hissi; kamdan-kam hollarda - paresteziya, ko'rishning buzilishi (xiralashish, diplopiya), quloqda shovqin, uyqu buzilishi, tutqanoq, asabiylik, tremor, psixik buzilishlar, depressiya.
Qon yaratuvchi tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - anemiya, leykopeiya, trombotsitopeniya, agranulositoz.
Siydik ajratuvchi tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - buyrak funksiyasining buzilishi; moyil bemorlarda shishlar paydo bo'lishi mumkin.
Dermatologik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - soch to'kilishi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish; ko'z tomchilari shaklida qo'llanganda - qichishish, qizarish, fotosensibilizatsiya.
Mahalliy reaksiyalar: mushak ichiga yuborish joyida kuydiruvchi hissiyot, ayrim hollarda infiltrat, abstsess, yog' to'qimasi nekrozi; rektal qo'llashda mahalliy tirnash xususiyati, shilliq ajralmalar va qon aralashmasi, og'riqli defekatsiya; tashqi qo'llashda kamdan-kam hollarda - qichishish, qizarish, toshma, kuydiruvchi hissiyot; oftalmologiyada mahalliy qo'llashda tomizilgandan so'ng o'tkinchi kuydiruvchi hissiyot va/yoki vaqtincha ko'rishning xiralashishi mumkin.
Uzoq muddatli tashqi qo'llash va/yoki tananing katta yuzalariga surtilganda diklofenakning rezorbtiv ta'siri natijasida tizimli nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin.