Maxsus ko'rsatmalar
Faqat tashqi qo‘llash uchun. Gel faqat butun teriga surtilishi kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Gel surtilgandan so‘ng o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilmasligi kerak. Preparatni me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, jigar, buyrak yoki gemopoez tizimi funksiyasi buzilgan bemorlarga, shuningdek boshqa YOKV bilan bir vaqtda qo‘llashda shifokor bilan maslahatlashish zarur. Diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birga qo‘llanganda maksimal sutkalik doza hisobga olinishi kerak. Uzoq muddatli qo‘llash va/yoki keng yuzalarga surtishda rezorbtiv ta’sir natijasida tizimli nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Preparatning ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushishidan saqlanish kerak. Preparat tarkibida propilenglikol mavjud, u mahalliy teri tirnashini keltirib chiqarishi mumkin. Preparat surtilgandan so‘ng teri toshmasi paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlikning III trimestrida qo‘llash mumkin emas.
I va II trimestrda faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng, ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo‘llash tajribasi yo‘q.
Preparatning ko‘krak suti tarkibiga o‘tishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli, emizish davrida uni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, uni sut bezlariga yoki katta teri yuzasiga surmaslik va uzoq muddat qo‘llamaslik kerak.
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishingiz mumkin deb hisoblasangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz, diklofenakni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.