-
Tarkibi
Gel - 1 g.:
faol modda: diklofenak natriy - 10 mg;
yordamchi moddalari: karbomer - 15 mg, etanol (96%) - 150 mg, izopropanol - 150 mg, trolamin - 30 mg, metilparagidrokisibenzoat - 1 mg, suv - 644 mg.
-
Qo'llanilishi
Orqa og‘rig‘i umurtqa yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarida (radikulit, osteoartroz, lumbago, ishiatik);
bo‘g‘im og‘rig‘i (qo‘l barmoqlari, tizza va boshqalar) osteoartrozda;
mushak og‘rig‘i (cho‘zilish, zo‘riqish, lat yeyish, jarohatlar natijasida);
yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi va shishi jarohatlar va revmatik kasalliklarda (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalar zararlanishi, luchezapyastny sindrom).
Preparat simptomatik terapiya uchun mo‘ljallangan, qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi. Kasallikning rivojlanishiga ta’sir qilmaydi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa YOKV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) qo‘llanganda bronxial astma xurujlari, teri toshmalari yoki o‘tkir rinitlarga moyillik;
qo‘llash mo‘ljallangan joyda teri butunligining buzilishi;
homiladorlik (III trimestr);
emizish davri;
bolalar yoshi (12 yoshgacha).
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar porfiriyasi (kuchayishi); eroziyali-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari; jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari; qon ivishining buzilishi (jumladan, gemofiliya, qon ketish vaqti uzayishi, qon ketishga moyillik); surunkali yurak yetishmovchiligi; bronxial astma; keksalik yoshi; homiladorlik (I va II trimestr).
-
Qo'llash usuli
Gel tashqi qo‘llaniladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat yallig‘lanish o‘chog‘i/zararlangan joy ustiga teriga yupqa qatlam qilib kuniga 2-3 marta surtiladi, teriga yengil ishqalab.
Zarur preparat miqdori og‘riqli soha hajmiga bog‘liq.
Bir martalik preparat doza - 2-4 g (hajmi bo‘yicha mos ravishda gilos yoki yong‘oq kattaligiga teng) 400-800 sm2 maydonni ishlov berish uchun yetarli. Agar qo‘llar og‘riq lokalizatsiyasi sohasi bo‘lmasa, preparat surtilgandan so‘ng ularni yuvish kerak.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kuzatilayotgan ta’sirga bog‘liq. Preparatni shifokor tavsiyasisiz 14 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar 7 kun qo‘llashdan so‘ng terapevtik ta’sir kuzatilmasa yoki holat yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Diklofarm preparatini minimal samarali dozada va minimal qisqa kursda qo‘llash kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar asosan mo'tadil darajada ifodalangan va o'tib ketuvchi teri namoyonlari bilan gel surtilgan joyda xarakterlanadi. Juda kam hollarda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Nojo'ya reaksiyalar yuzaga kelish tez-tezligi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tasnifiga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez - 1/10 dan ko'p; tez-tez - 1/100 dan ko'p, lekin 1/10 dan kam; kamdan-kam - 1/1000 dan ko'p, lekin 1/100 dan kam; kam - 1/10000 dan ko'p, lekin 1/1000 dan kam; juda kam - 1/10000 dan kam.
Immun tizimi tomonidan: juda kam - gipersensitivlik reaksiyalari (shu jumladan, toshma), angionevrotik shish.
Nafas olish tizimi va ko'krak qafasi va o'rtacha ko'krak oralig'i organlari tomonidan: juda kam - bo'g'ilish xurujlari, bronxospazm.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez - eritema, dermatit (shu jumladan, kontakt dermatiti), ekzema, teri toshmasi, teri qichishishi; kam - bulyoz dermatit; juda kam - fotosensibilizatsiya reaksiyalari, püstulyoz toshmalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Diklofenak - nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYQP), feniluksus kislotasi hosilasi bo‘lib, yaqqol yallig‘lanishga qarshi, analgezik va isitmani tushiruvchi ta’sirga ega.
Tsiklooksigenaza 1 (TsOG1) va tsiklooksigenaza 2 (TsOG2) ni tanlamasdan tormozlab, araxidon kislotasi metabolizmini buzadi, yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar miqdorini kamaytiradi, ular yallig‘lanish rivojlanishining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Bo‘g‘imlar, mushaklar va paylarda travmatik yoki revmatik kelib chiqishli og‘riq sindromi va yallig‘lanishni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi, yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq og‘riq va shishning kamayishiga yordam beradi, bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Diklofarm preparatini faqat butun teriga surtish kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Preparatning og‘izga, ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparat surtilgandan so‘ng bintli bog‘lam qo‘yish mumkin, biroq havo o‘tkazmaydigan okklyuzion bog‘lamlarni qo‘ymaslik kerak.
Preparat surtilgandan so‘ng teri toshmasi paydo bo‘lsa, uni qo‘llashni to‘xtatish zarur.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiladigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Gelni mahalliy qo‘llashda past tizimli so‘rilish tufayli dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.
Belgilari: Tasodifiy ichga qabul qilinganda tizimli noxush reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Davolash: oshqozonni yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik terapiya. Gemodializ samarasiz, chunki diklofenak plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanadi (taxminan 99%).