-
Tarkibi
faol modda: mebhidrolin;
1 draje 100 % quruq modda hisobida 50 mg (0,05 g) yoki 100 mg (0,1 g) mebhidrolin saqlaydi;
yordamchi moddalari: saxaroza, kraxmal patrasi, talk, sariq mum, kungaboqar yog'i.
-
Qo'llanilishi
Mavsumiy va allergik rinit, pollinoz, eshakemi, oziq-ovqat va dori allergiyasi, teri qichishishi bilan kechuvchi dermatitlar (ekzema, neyrodermit)ning oldini olish va davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga gipertuyg‘urlik. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo‘rayish davri, ovqat hazm qilish yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari, pilorostenoz, prostata bezining gipertrofiyasi, yopiq burchakli glaukoma, epilepsiya, yurak ritmining buzilishi.
-
Qo'llash usuli
og'iz orqali, ovqatdan keyin, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100 – 200 mg 1 – 2 marta kuniga buyuriladi. Kattalar uchun maksimal dozalari: bir martalik – 300 mg, sutkalik – 600 mg.
5 – 12 yoshli bolalarga 50 mg 1 – 3 marta kuniga, 3 – 5 yoshli bolalarga 50 mg 1 – 2 marta kuniga buyuriladi. Davolash davomiyligini shifokor kasallik xususiyati, klinik effekti va preparatga toqat qilishiga qarab belgilaydi.
Bolalar. Preparatni 3 yoshdan katta bolalarga qo'llash mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: oshqozon-ichak yo'llarining shilliq qavatlarining qizishi, bu ba'zan dispeptik hodisalar (qayt qilish, ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq) bilan namoyon bo'ladi.
Markaziy nerv tizimidan: bosh aylanishi, paresteziya, ortiqcha charchoq, uyquchanlik, ko'rish qobiliyatining noaniqligi, reaktsiya tezligining sekinlashishi, tremor, bezovtalik (kechasi).
Boshqalar: og'izda quruqlik, siydik chiqarishdagi buzilishlar, allergik reaksiyalar. Juda kam hollarda granulositopeniya va agranulositoz paydo bo'lishi mumkin.
Bolalarda ba'zan paradoksal reaksiyalar kuzatiladi: ortiqcha hayajon, tremor, uyqu buzilishi, asabiylik.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi.
Mebgidrolin antigistamin preparatlariga kiradi, gistaminning Hl-retseptorlari blokatori hisoblanadi. Mebgidrolin gistaminning bronxlar, ichaklarning silliq mushaklariga nisbatan spazmogen ta'sirini, shuningdek, uning tomirlar o‘tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Birinchi avlod antigistamin preparatlaridan (dimeedrol, suprastin) farqli o‘laroq, kamroq ifodalangan sedativ va uyqu keltiruvchi ta'sirga ega. Kam ifodalangan m-xolinobloklovchi va anesteziyalovchi xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi.
Ovqat hazm qilish traktidan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 40 – 60 % oralig‘ida o‘zgaradi. Terapevtik ta'sir 15 – 30 daqiqadan so‘ng rivojlanadi, maksimal ta'sir 1 – 2 soatda kuzatiladi. Ta'sir davomiyligi 2 kungacha yetishi mumkin. Preparat deyarli gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi, jigarda metillanish yo‘li bilan metabolizatsiyalanadi, jigar fermentlarini induktsiyalaydi, buyraklar orqali organizmdan chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Diazolin® uyqu keltiruvchi, sedativ va markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa preparatlar, shuningdek, spirtli ichimliklarning ta'sirini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Diazolin® og'ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (dozani tuzatish va qabul qilishlar orasidagi intervalni oshirish mumkin). Diazolin® bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar sizda ba'zi shakarlarni o'zlashtira olmaslik aniqlangan bo'lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Preparatni qo'llashda avtotransport boshqarish va diqqatni jamlashni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirilganda, mos bo'limda tavsiflangan nojo'ya reaksiyalar xavfi oshadi. Bunday holatda preparat bekor qilinadi, zarur bo'lsa umumiy detoksikatsiya tadbirlari (oshqozonni yuvish, majburiy diurez) va simptomatik terapiya o'tkaziladi.